University of econimocs and pedagogy iqtisodiyot va pedagogika fakulteti


Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish



Yüklə 177,57 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü177,57 Kb.
#160422
1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja

11.1. Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish
modellarining klassifikatsiyasi Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan

bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga obyekt yoki jarayonni dastlab о‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida modellarni tuzish, modellarni nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalarni obyekt yoki jarayon tо‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni tо‘g‘rilash va aniqlashtirish kabilar kiradi.


Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini о‘rganish vositasi iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik modeli о‘z mohiyatiga kо‘ra iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy о‘zaro aloqasini izohlab beruvchi rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi.


Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan imkon qadar kо‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi.


Q iziqarli ma’lumotlar1

Vaqt omilini hisobga olgan holda modellar statistik (ya’ni modelda rejali davr mobaynida muayyan bir vaqt kesimi uchun chegaralar qо‘yilgan va bu sharoitlarda xarajatalar minimalashtiriladigan yoki


yakuniy natija maksimallashtiradigan holatlar mavjud) yoki dinamik (bu holatda chegaralar butun rejali davr uchun samarani huddi shunday minimallashtirish yoki maksimallashtirish sharoitida bir nechta vaqt kesimi uchun о‘rnatilgan).

Chiziqli, nochiziqli turdagi kо‘p omilli modellar prognoz qilinayotgan kо‘rsatkichning darajasi va dinamikasiga bir vaqtning о‘zida bir nechta omillarning ta’sir etishini hisobga olishga imkon beradi. Ushbu modellar jumlasiga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarni tavsiflovchi modellar, aholi daromadlari, narx, tо‘yinganlik darajasi, unumli iste’mol meyorlari va h.k. ga qarab alohida iste’mol buyum uchun talabni tahlil qilish modellari kirishi mumkin.



Yüklə 177,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə