University of econimocs and pedagogy iqtisodiyot va pedagogika fakulteti



Yüklə 177,57 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü177,57 Kb.
#160422
1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja

11.2. Ekonometrik modelllar
Quyidagi ekonometrik modellarni ajratib olish mumkin: omilli, tarkibli va kombinatsion. Bitta model turi turli iqtisodiy obyektlarga nisbatan qо‘llanilishi mumkin. Agregirlashgan darajasiga qarab iqtisodiyotni rivojlanishining kо‘rsatkichlarini makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli,hududiy modellarga bо‘linadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bо‘yicha asosiy fondlarni, mehnat resurslarnitakror ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellarajralib turadi.

Ekonometrik modellarning о‘zgaruvchan kо‘rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) modellarga bо‘linadi. Masalan modeldagi ekzogen omillar korxona uchun yetkazib berishlarning jо‘shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning mavjudligini kо‘rsatib berishi mumkin.


Omilli modellar о‘zgaruvchi kо‘rsatkichlarning turli miqdorini va ularga mos ravishda о‘lchamlarini о‘z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt kо‘rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda u yoki bu kо‘rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan bog‘liqlikda amalga oshiriladi va shu yо‘l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori о‘zgarishining umumiy tendensiyani tavsiflovchi bog‘liqlik) aniqlanadi.


Tarkibiy modellar bir butun yoki agregatni shakllantiruvchi alohida unsurlar о‘rtasidagi nisbatlarni, aloqalarni izohlab beradi. Ushbu modellar tarkibiy-balans turdagi modellar sirasiga kiradi, ya’ni unda u yoki bu agregatni tarkibiy qismlarga bо‘lish bilan bir vaqtda ushbu unsurlarning о‘zaro aloqalari kо‘rib chiqiladi. Bunday modellar matritsali shaklga ega va tarmoqlararo hamda hududlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash uchun qо‘llaniladi. Ular yordamida oqimlarning, о‘zaro aloqalari masalan mahsulotni sohalararo yetkazib berish izohlanadi. Tarkibiy-balans modelining eng keng tarqalgan shakli ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansi va mahsulotlarni taqsimlash hisoblanadi.





Yüklə 177,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə