Urganch davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"


-Modul. YOSH DAVRLARI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANI VA BOLALAR PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISHI



Yüklə 404,5 Kb.
səhifə6/15
tarix19.12.2023
ölçüsü404,5 Kb.
#153322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Pedagogika sirtqi sillabus yangi baholash tartibi (1)

5-Modul. YOSH DAVRLARI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANI VA BOLALAR PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISHI.

Soat

11

Yosh va pedagogik psixologiya fanining vazifalari va rivojlanish bosqichlari. Ontogenezning ilk bosqichlarida psixik rivojlanish xususiyatlar. Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi, fanning asosiy sohalari, yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Yosh va pedagogik psixologiyaning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni, yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Rivojlanishni davrlashtirish muammosi psixik rivojlanish va ta’lim o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. Turli yosh davrlarda yetakchi faoliyat turlari.
Perinatal davrining o‘ziga xos hususiyatlari, chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha, tug‘ilish davri inqirozi, go‘daklik davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari, ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari, ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yoshlilar inqirozi haqidagi nazariy bilimlarni tarkib toptirish.
Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi, o‘yin - maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida, maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar, maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Yosh davrida motivatsion sohadagi o‘zgarishlar, 7 yoshlilar inqirozi, uning sabablari va alomatlari, maktabga psixologik tayyorlik muammosi haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish.
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi, kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi, kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o‘quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari), kichik maktab yoshi davrida bolaning o‘zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori, kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari haqida ilmiy bilimlarni shakllantirish.

2








Yüklə 404,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə