Urganch davlat universiteti geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi zamonaviy geodezik asboblar va jihozlar


-rasm.   Doiraviy adilakni tekshirish



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix29.11.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#143064
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
ZGA amaliy ishlanmalar

3-rasm.
 
Doiraviy adilakni tekshirish.
2.Silindrik adilakni tekshirish. Silindrik adilakining o'qi teodolitning vertikal o'qiga 
perpendikulyar bo'lishi kerak. 
Silindrik adilakining o'qi har qanday ikkita ko’tarish vintga parallel bo'ladigan tarzda 
o'rnatiladi. Ushbu ikki ko’tarish vintni bir yo'nalishda yoki bir-biriga qarama-qarshi buralib, 
silindrik adilakdagi pufakcha nol punktga (o'rtaga) keltiriladi (4
a
-rasm). 
4-rasm.
 
Silindrik adilakni tekshirish.
Shundan so'ng, teodolit vertikal o'q atrofida shunday aylantiriladiki, bunda silindrik adilak 
o’sha ikkita ko’tarish vintga perpendikulyar bo'lsin. Uchinchi ko’tarish vintni buralib
adilakdagi pufakcha nol punktga keltiriladi(4
b
-rasm). Keyin teodolit dastlabki holatiga 
qaytariladi va pufakchaning nol punktga kelishi tekshiriladi. 


Bundan keyin alidada 180

ga buraladi; agar adilak pufakchasi o’rtada qolsa, shart 
bajarilgan hisoblanadi. Agar adilak pufakchasi o’rtadan chetlashsa, demak, shart bajarilmagan 
hisoblanadi va aniqlangan o’qlarni perpendikulyarmasligini tuzatish ishlari bajariladi.
 
3.Optik vizirni tekshirish. Optik kolimator markazining to'rlari proyeksiyasi ko‘rish 
trubasi iplar to’ri markazining proyeksiyasiga to'g'ri kelishi kerak.
Teodolitni shtativga o'rnatib ishchi holatiga keltiriladi. Vizir markasini teodolitdan 50 m 
masofada o'rnatiladi. Ko’rish trubasi yordamida, iplari to'rining kesishgan qismini vizir 
markasining o'rtasiga yo'naltiriladi. Bunda optik kollimatorli vizir vizir markasining markaziga 
to’g’ri kelganiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda tuzatish ishlarini bajarish talab qilinadi. 
5-rasm. Optik kolimatorli vizir.
 
4.Lazerli shovunni tekshirish. Lazerli shovunni nurlari teodolitning vertikal aylanish 
o'qiga ustma-ust tushishi kerak.
 
 
Teodolitni shtativga o'rnatib ishchi holatiga keltiriladi. Lazerni yoqiladi. Lazerli shovunni 
nuqtaga markazlashtirishni shtativni yoki qotirish vintini bo'shatib teodolitni siljitish orqali 
amalga oshirish mumkin. Teodolitni yana ishchi holatga keltiriladi. Keyin teodolit 180° ga 
aylantiriladi. Agar lazer nuri nuqtaning markazida bo'lsa yoki 2 mm dan kamroq farq qilsa, u 
holda shart bajarilgan hisoblanadi Aks holda, tuzatish kerak bo’ladi. 
5.Ko’rish trubasi iplar to’rini tekshirish. Iplar to’rini vertikal ipi teodolitning gorizontal 
o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak. 
Ko’rish trubasi
 
to'rning vertikal ipi aniq ko'rinadigan, uzoq nuqtaga qaratiladi. Vertikal 
doirasidagi yo'naltiruvchi vinti bilan trubani aylantirish orqali, qidirilayotgan nuqtadan vertikal 
ipning o'tishini kuzatish orqali tekshiriladi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə