Urganch davlat universiteti geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi zamonaviy geodezik asboblar va jihozlar



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/22
tarix29.11.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#143064
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ZGA amaliy ishlanmalar

Nur qaytargichning ko'rinishi:
B nuqtada turgan nur qaytargichga ko'rish moslamasi yordamida dastkabki qarash bajariladi.


Shundan so'ng, mikrometrli, yo'naltiruvchi vint bilan iplar to'rining o'zaro kesishgan qismi nur 
qaytargichning markaziga yo'naltiriladi. Bu zarur, chunki bu holda biz eng kuchli aks ettirilgan 
nurni olamiz. Agar biz nur qaytargichning chetiga qaratadigan bo`lsak, u holda umumiy 
taxeometrdan energiyaning bir qismi nur qaytargich chekkasidan o'tadi va energiyaning qolgan 
qismi kamroq bo'ladi. 200 m gacha bo'lgan kichik masofalarda energiya yo'qotilishi 
masofalarni o'lchashga imkon beradi. S = 5 km,10 km. larda biz masofani o`lchamaymiz.
Ko'rish nishoniga mos ravishda qaratilgandan so'ng, biz displeyda burchaklarni o'lchash 
tugmachasini yoqamiz (burchaklarni o'lchash uchun nur qaytargich kerak emas). Va displeyda 
vertikal va gorizontal doirada sanoqlar paydo bo'ladi.
Agar ishni bajarish jarayonida adilak nol punktdan chiqib ketgan bo'lsa, indikator blokida xato 
raqami ko'rsatiladi va doiralardagi natijalar ko'rinmaydi.
Zamonaviy taxeometrlar burchaklarni 1" dan 10"gacha aniqlik bilan o'lchashga imkon beradi. 
Masofa o`lchash esa 1 km uchun 10 mm xato bilan amalga oshiriladi. Yanada aniqroq 
o`lchashlarda 1 km uchun 2 mm dan iborat.
Talaba mustaqil ravishda o`zlashtirishi kerak:

TS600E elektron taxeometrini tuzilishini o'rganish;
- elektron taxeometr yordamida gorizontal burchak va masofani o'lchash bo'yicha amaliy 
ko'nikmalarga ega bo'ling;

har qanday elektron taxeometrning texnik xususiyatlarini bering (talaba tanlovi uchun);

elektron taxeometrning afzalliklari va kamchiliklarini keltiring;

elektron taxeometrlar uchun o'tkazilgan tekshiruvlarning qisqacha tavsifini bering.
Auditotiya va mustaqil mashg'ulotlar oxirida o'qituvchi talabaning gorizontal burchak va 
masofani elektron taxeometr yordamida o'lchash qobiliyatini, talabalarning TS600E elektron 
taxeometrning asosiy qismlarini bilishini tekshiradi.
Amaliy ish bo'yicha test uchun rasmiylashtirilgan amaliy ishini, burchaklarni o'lchash jurnalini 
taqdim etish va test savollariga og'zaki javoblarni tayyorlash kerak.
Test savollari:
1. Taxeometr nima?
2. Elektron taxeometr yordamida burchakni o'lchash usulini aytib bering.
3. Elektron taxeometr yordamida masofalarni o'lchash usulini aytib bering.
* Izoh: Agar ushbu turdagi taxeometr kafedrada mavjud bo`lmasa, talabalar bor bo`lgan turdan 
foydalanishlari mumkin.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə