Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment (tbb) guruhi talabasi Karimova Asaloy


-o‘rin O‘zbekiston uchun aslo xos emas



Yüklə 257,89 Kb.
səhifə4/14
tarix23.06.2023
ölçüsü257,89 Kb.
#118562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TBB kurs ishi

150-o‘rin O‘zbekiston uchun aslo xos emas
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.
Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog‘liq. Turizm bo‘yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, xalqaro shaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston 85-o‘rin, Qirg‘iziston 116-o‘rin, Tojikiston 119-o‘rinni egallagan, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida eng oxirgi o‘rinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan. Yaqinda rasmiy saytlardan birida 2017 yilning birinchi yarmida yurtimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani, bu ko‘rsatkich 2016 yilga qaraganda 17 foizga oshgani haqidagi maqolaga ko‘zim tushdi. Nazarimda, ushbu raqamlarda biroz mubolag‘a bordek. Chunki o‘zim aynan sayyohlik sohasida ishlayotganim bois, shunday fikrdaman. Buning sabablarini maqolam davomida ko‘rsatib o‘tishga harakat qilaman. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Sayyohlar oqimini yanada oshirish, ularni ohanrabodek jalb qilish uchun nima qilishimiz kerak? O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Nahotki shuncha tarixiy va boy madaniy meroslarimiz bo‘la turib, ularni dunyoga tanita olmasak? Buning uchun bizda arzigulik va maqtagulik boy tarixiy merosimiz yetarli. Birgina Fransiyaning Parij shahriga yiliga 15 million sayyoh tashrif buyurar ekan. Biz esa har yili sayyohlar sonini sanashdan, o‘tgan yildagidan biroz ko‘paygan bo‘lsa, uni baralla ovoza qilishdan nariga o‘tmayapmiz. Nahotki yirik bir sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo‘la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha olmasak? Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani qayd etilgan. Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining o‘rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so‘ngiga qadar bo‘lsa, shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin. Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo‘lsak, u yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko‘rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga past, ya'ni, yurtimiz bo‘yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat.
Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim. Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».
Yevropaliklarning aksariyati O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakat bo‘lgani bois sayohat qilish uchun juda xavfli hudud, deb hisoblashadi. Eng fojiali tomoni shundaki, aholining ayrim qatlamlari O‘zbekistonni hali ham Rossiyaga tobe' mustamlaka mamlakat, deb bilishar ekan.
Dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk sarkarda va davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur barpo etgan qudratli Mavorounnahr saltanatining dovrug‘i o‘rta asrlarda butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Shunday ekan, o‘sha saltanatning bugungi zamonaviylik kasb etgan ko‘rki va tarovatini yanada kengroq targ‘ib qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, xorijlik sayyohlarni yanada kengroq jalb etish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.


Yüklə 257,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə