Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment (tbb) guruhi talabasi Karimova Asaloy


Turistik bozorning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 257,89 Kb.
səhifə6/14
tarix23.06.2023
ölçüsü257,89 Kb.
#118562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TBB kurs ishi

Turistik bozorning o‘ziga xos xususiyatlari



Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar xajmiga bog‘liq (shakllanadi) bo‘ladi.

Turistik aylanma harakat - iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm soxasini rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib beradi.
Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
1.Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‘laydi.
2.Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi.
3.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik industriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistik mahsulotni sotib oladi.
4.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.

Mehnat bozori - ushbu bozor turistik faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan intelekt va ishchi kuchi jalb qilinuvchi jabxa hisoblanadi.
Moliyaviy bozor - ushbu bozor davlat - kredit siyosati tomonidan boshqariluvchi bo‘lib shaxsiy jamg‘armaga ta’sir o‘tkazadi, yig‘ilgan mablag‘larni iste’mol va investitsiyaga bo‘linishini belgilaydi.

Yüklə 257,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə