Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment (tbb) guruhi talabasi Karimova Asaloy


Mamlakatimizda turizm sohasining o’rni va salohiyati



Yüklə 257,89 Kb.
səhifə2/14
tarix23.06.2023
ölçüsü257,89 Kb.
#118562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TBB kurs ishi

Mamlakatimizda turizm sohasining o’rni va salohiyati.
Turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va geografik omillar.
Tabiiy geografik omillar. Kishilar tabiat qo‘yniga chiqib, juda ko‘p manzarali
joylarni ko‘rish va ulardan bahramand bo‘lishga intiladi. Sayyohlik, dam olish
uchun tabiiy sharoitning xilma-xilligi darajasi va xususiyati muhim ahamiyatga
ega. Ya’ni ma’lum bir hududning yer usti ko‘rinish manzarasi (landshafti), iqlimi,
o‘simlik va hayvonat dunyosi xilma-xilligi kishilarning dam olishi, o‘z
salomatligini tiklashi uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi.Shu sababli
sayyohlik firmalari ekzotik, betakror tabiiy ob’ektlarni ko‘proq reklama
qilishadilar. Ayniqsa Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliya va
Okeaniya kabi mamlakatlar o‘zining diqqatga sazavor tabiiy ekzotikalari bilan
Yevropa va Shimoliy Amrikalik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Kolumbiyada
«Kolumbiya qushlari» nomi bilan ataladigan noyob sayyohlik turi, «Pan-
Ameriken» aviakompaniyasining 24 kunlik Avstraliya va Yangi Zelandiyaga
qimmat baho toshlar va minerallarni topish uchun sayohat uyushtirishi misol
bo‘ladi.
Turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o‘rni ya’ni uning
dengiz va okeanga yaqinligi, qirg‘oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv,
avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishish joyi, tog‘li va o‘rmon manzarali joylarga
yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Jumladan,
turizmni rivojlanishda Yevropa mamlakatlari, Vest Indiya, Singapur kabi
mintaqalar va hududlar geografik joylanish xususiyati bilan alohida ajralib
turadi. Ko‘p minglab turistlarning kelib ketishida turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi
relefi katta rol o‘ynaydi. Tog‘li, xush manzarali, murakkab relef tuzilishiga ega
bo‘lgan o‘lkalar turistlar oqimini o‘ziga ko‘proq jalb qilishadi. Murakkab tog‘ relfi
landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko‘proq
jalb etish imkoniyatiga ega. Tog‘li o‘lkalar o‘zining toza va sof havosi bilan ajralib
tog‘ sportini rivojlantirish imkonini tug‘diradi. Yevropaning Alp, Osiyoning
Ximoloy, Afrikaning Atlas, Amerikaning Kordilera va Avstraliyaning Katta suv
ayirg‘ich tog‘lari, Yangi Zellandiyaning Janubiy Alp tog‘lari xalqaro turizm
sohasida yirik markazlarga aylanishi bejiz emas.
Turizmning rivojlanish jarayonlari ko‘p hollarda mamlakatlar va
hududlarning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda tabiiy iqlim
sharoiti yetakchi o‘rinni egallaydi. Tabiiy išlim sharoiti turizm harakatini
mavsumiy harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tabiatda ob-
havoning o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat
injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli
turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga
to‘g‘ri keladi. Jumladan, O‘rtayer dengizi, qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika
dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlarida
joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.
Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari turizm sohasining rivojlanishiga katta
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirishga sayyohlik, sayr-tomoshalarni uyushtirishda, alohida o‘rinni
egallaydi. Ayniqsa, Fransiya va Italiyaning dengiz qirg‘oqlari, Ruminiya va
Bolgariya sharqiy sohillari, AªShda Koliforniya va Florida dengiz bo‘ylari, Bagam
va Bermud orollari plyajlari bilan so‘zsiz turizm va kurotlar maskaniga aylangan.
Okean va dengiz suvlarining cho‘milishi uchun qo‘lay bo‘lgan qirg‘oqlari tarkibiga
quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka
tutash bo‘lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to‘lqinlari, ko‘tarilishi,
qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining
relefi, suvdagi yirtqich qonxo‘r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-yo‘qligi h.k.,
qirg‘oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi,
shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Daryo va ko‘llar ham turizm resursi yoki boyligi bo‘lib xizmat qiladi. Ular yer
usti landshaftlarini yasatadi, mikroiqlim sharotini hosil qiladi, turistlar uchun baliq
ovlash, suv sporti bilan shug‘ullanish, turistik markazlar, kurort maskanlarini toza
ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda Avstriya,
Shvesariya, Buyukbritaniya, Vengriya, Polsha kabi mamlakatlardagi daryo va ko‘l
suv havzalari turizmning eng rivoj topgan turlari bo‘lib hisoblanadi. Ammo,
keyingi yillarda G‘arbiy Yevropadagi Reyn daryosi suvi haddan tashqari ekologik
jihatdan ifloslanib ketish natijasida, u turizm va dam olishda oldingi o‘z o‘rni va
mavqeini yo‘qotmoqda.
Turizmni rivojlantirishda o‘rmon boyliklarining roli ham anchagina. U
turistlarning dam olishida, hissiyotini (emotsiyasini) muvozanatlantirishda, lirik
shart-sharoitlarni vujudga keltirishda, «tashqi dunyo»dan ajralgan holda, qisqa
vaqtlarda yashashida muhim rol o‘ynaydi. o‘rmonlar toza havoni ishlab
chiqaruvchi asosiy man’ba, salomatlikni qayta tiklovchi maskan, kurort
hududlarida shovqinni qaytaruvchi asosiy vositalardan hisoblanadi.Xorijiy
sayyohlarni o‘ziga ko‘proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g‘alati,
ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo‘riqxonalar, davlat buyurtmalari, milliy
bog‘lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday hayvonat va
o‘simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq bo‘lib, Afrika, Osiyo, Yevropa,
Avstraliya, Amerika (AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va
hududlari hisoblanadi.Ko‘pgina xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qiladigan omillardan
biri, bu shifobaxsh mineral suvlar bo‘lib hisoblanadi. Uning asosiy maskanlariga
Rossiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya, Ukraina kabi bir qator
mamlakatlar misol bo‘ladi.Xorijiy turistlarning tog‘ sharoitidagi sport turlari
alpinizm (Alp, Kordilera, Himolay tog‘lari h.k.), chang‘i sporti (Skandinaviya, Alp
Tatra tog‘lari) suv ustida chang‘ida suzish, suv ostida suzishlar turlari borgan sari
rivojlanib bormoqda. Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Shvesiya,
Buyuk Britaniya, Gresiya hamda AQSH mamlakatlarida xorijiy sayyohlar sport
ovlari, baliq ovlashlarda keng ko‘lamda ishtirok etmoqdalar.
Iqtisodiy geografik omillar. Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy
texnika bazasi, ya’ni mehmonxonalar fondi, umumiy ovqqatlanish korxonalari
(restoran tarmoqlari), sport inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator
servis xizmati ko‘rsatish ob’ektlari ichki va tashqi kommunikatsiya tarmoqlari
avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transporti, aloqa vositalari,
Internet tarmog‘i kiradi. Turizmning jadal rivojlanishiga yangi temir yo‘llar,
avtomobil trassalari, dengiz, daryo, havo transportlari, zamonaviy turistik
avtobuslar, yengil avtomobillar, shu jumladan yotib uxlaydigan komfortabelli
avtomobil tirkagichlar, mototsikllar, motorollerlar, yangi dengiz, daryo passajir
kemalari, teploxodlar, tez uchar reaktiv havo laynerlari h.k. bularning hammasi
xalqaro turizmni rivojlantirishga katta imkoniyatlar tug‘diradi.Ma’lum bir
mintaqada, hududda turizmning rivojiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-geografik
omillarga qo‘yidagilar kiradi:
* turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning
iqtisodiy-geografik joylanishi;
* turistlarni qabul qiluvchi va turistlar yuboruvchi mamlakatlarning
iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi;
* ichki turizm sohasining rivojlanish holati;
* xorijiy turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari
bilan ta’minlanish darajasi, malakali kadrlarning soni, ularning
tayyorgarlik darajasi h.k.
* ma’lum bir hududda rekratsion resurslarning qiymati, transport
xizmatlari turi, oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda
joylashish narxlari, turistik ob’ektlar qurilish maydonlarining bahosi;
* trasport, aloqa vositalarining hududda tutgan o‘rin va holati bilan
harakterlanadi.

XULOSA
Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar (aholining tug‘ilishi, o‘limi,


tabiiy ko‘payishi, aholi migratsiyasi kabilar) ham turizm sohasining rivojlanishiga
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yer sharining turli davlatlarida, hududlarida va
mintaqalarida aholi sonining ko‘payib borishi, ayniqsa shahar aholisi
aglomeratsiya doirasining borgan sari kengayib borishi kishilarning dam olishi va
sayyohlikka chiqishni taqazo qiladi. Shu borada turizmning rivojlanishiga ta’sir
etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:
 dunyo xalqlaridagi bir-biriga o‘xshashlik bo‘lish umumiy tomonlari,
ularning qiziqishlari h.k;
 ayrim malakaviy sohalardagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda faol
ishtirok etishning kuchayib borishi;
 turizm tarkibidagi xotin-qizlar va yoshlar salmog‘ining ortib borishi;
 xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan kurort va sanatoriyalar tarmog‘ining
ko‘payib borishi, ularda davolanishga moil bo‘lgan kasallar sonining
ortib borishi;
 kishilarning atrof muhitga bo‘lgan qarashlari, tushunchalari va
munosabatlarning o‘zgarib borishi h.k. juda katta rol o‘ynaydi.
Turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy obidalar, etnik shart-sharoitlar
bilan qushilib ketadi. Arxitektura ob’ektlari, muzeylar, rasmlar galereyasi,
mahalliy musavvirlar ishlari, tarixiy yodgorlik obidalari ham xorijiy turistlarni
o‘ziga jalb qiladilar. Tarixiy yodgorliklar va boshqa xalqlar madaniyatiga qiziqish
turizmning eng muhim stimullaridan biridir. Turizmning rivojlanishida etnik shart-
sharoitlar ham alohida ahamiyatga ega. Dunyo aholisi irqi, millati, tili, dini,
turmush tarzi, madaniyatining xilma-xilligi bilan ko‘pgina turistlarda qiziqish
uyg‘otdi.
Bu ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, xizmat koʻrsatish sohasi umuman olganda oʻsish tendensiyasiga ega. Mazkur qarorda koʻrilgan chora–tadbirlar va ularga berilgan imtiyozlar kelajakda ushbu sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash bilan birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning xalqaro andozalar darajasidagi holatining shakllanishiga olib keladi. Oʻzbekistonda xizmat sohalarini ragʻbatlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan biri xisoblanadi. Xizmat sohasi korxonalari umuman olganda, mamlakat boʻyicha iqtisodiy faol korxonalarning asosiy qismini tashkil etadi Shuni alohida ta’kidlash joizki, aynan koʻp sonli korxonalar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish sohalarini qamrab oladi. Xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari 80 ming 400 tani yoki umumiy xizmat sohasi korxonalarining 80 foizini tashkil etadi. Bunday turdagi korxonalar aholiga koʻrsatilayotgan moddiy va nomoddiy xizmat turlarini tashkil etadi. Moddiy xizmatlarga, savdo va umumiy ovqatlanish, transport, aloqa, maishiy xizmat va uy-joy kommunal xoʻjaligi kiradi. Ushbu korxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar insonni turli xil moddiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatining qulayligi va afzalligi shundaki, uni tashkil etishning osonligi va ixchamligi, ishchi kuchi va mehnat resurslarining oiladan yetishib chiqishi, aniq mijozlar talabi uchun turli xil xizmatlar koʻrsatish, mahaliy xom ashyolardan keng foydalanilishi hamda tovar va xizmatlarni sotish esa mahaliy bozorlarda amalga oshiriladi. Xulosa qilish mumkinki, kichik biznes oʻz oʻrnini aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohalarida ham topmoqda. Bugungi kunda madaniy-maishiy uskunalarini ijaraga berish va ta’mirlash ishlari xususan, kiyim kechaklarni ta’mirlash, aholiga yuqori saviyada transport xizmatini koʻrsatish, xonadonlarga zarur xoʻjalik buyumlarini yetkazib burish uchun kerakli xizmatlar koʻrsatilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda uy-joy qurilishi va komunal komleksida islohatlar jarayoni kechishi munosabati bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan aynan shu sohalarda aholining maishiy xizmatga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada kichik korxonalar uy-joy ekspluatasiyasi, ularni suv, issiqlik manbai, elektr energiyasi bilan ta’minlash boʻyicha ham oʻz xizmat turlarini taklif qilishmoqda. Tabiiyki ta’mirlash-qurilish ishlari bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan, dala hovli madaniy–maishiy imoratlarni qurish va ta’mirlash amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bu ishlar koʻllamida ham aholining uy-joy qurilishi va kommunal xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojlari u yoki bu darajada qondirilmoqda. Shunday qilib, xizmat sohasi tadbirkorlik faoliyatiga quyidagilar kiradi: umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash; kiyimlar, oyoq kiyimlar, ichki kiyimlarini tikish va ta’mirlash; mebellar, xoʻjalik va madaniy maishiy jihozlar, inventarlar, idishlar, yengil transport vositalarini ta’mirlash; uy-joy qurish va ta’mirlash; dehqonchilikda kartoshka, sabzovot, mevalar va boshqa mahsulotlarini yetishtirish; mahsuldor hayvon va oʻsimliklarni saqlash kabi agroservis xizmatlari. Yuqorida nomi koʻrsatilgan “Harakatlar strategiyasi”, farmonlar, qonunlar va nizomlar xizmat sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Demak, xizmat sohasi kelajakda iqtisodiyotning muhim sohasiga aylanadi. Shu munosabat bilan viloyatimiz shahar va qishloqlarida quyidagi yoʻnalishlar hayotga tadbiq etilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:  Qishloq joylarda xizmat va servis sohasini jadal rivojlantirish, xususan, qishloq aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar bilan shugʻullanuvchi sub’ektlar faoliyatini tiklashni ragʻbatlantirish;  qishloq xoʻjalik maxsulotlarini ishlab chiqarish va agroservis yoʻnalishidagi korxonalarnga, ularga oʻz faoliyatlarini boshlab olishi uchun zarur boʻlgan boshlangʻich mablagʻ bilan ta’minlashda iimtiyozli kreditlarni yoʻlga qoʻyish lozim. Xulosa qilib aytganda, xizmat sohasini rivojlantirish, bandlik muammosini ayniqsa, xotinqizlar, qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlash va butun mamlakatimiz aholisining farovonligini oshirish imkoniyati yaratadi.

Yüklə 257,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə