Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «kimyoviy texnologiyalar»


«Erkaklar shimini tikish ketma-ketligini tuzish va mayda bo’laklarini tayyorlash»



Yüklə 374,6 Kb.
səhifə2/8
tarix23.05.2022
ölçüsü374,6 Kb.
#87797
1   2   3   4   5   6   7   8
Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «k

3.«Erkaklar shimini tikish ketma-ketligini tuzish va mayda bo’laklarini tayyorlash»


Shim mayda bo’laklarini tikish ketma-ketligi qo’yidagicha amalga oshiriladi:



Shim bichig’ining bo’laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari
Bichiq bo’laklari. Shim avra, astar va qo’shimcha qatlam bo’laklaridan iborat bo’ladi. (ularning soni va shakli modelga bog’liq). Shim avrasining bo’laklari avra gazlamadan bichiladi. Ular quyidagilardan iborat old bo’laklar – 2 ta, ort bo’laklar – 2 ta, belbog’lar ikki qismdan iborat – 1 ta, cho’ntak mag’izlari – 4 ta, ko’rinmalar 2 ta.
Qo’shimcha materiallarga shim yuqori qirqimiga ishlov berish uchun korsot tasma shim pochasiga ishlov berish uchun tasma va qotirma materiallar kiradi. Qotirma materiallardan ostki belbog’ ikki qismdan iborat – 1 ta belboqqa korsaj tasmasiz ishlov berilganda yon cho’ntak xaltalar – 2 ta bichiladi.
Bichiq bo’laklarining chiziqlari va qirqimlarining nomlari.
Shim bichig’ida quyidagi nomdagi chiziqlar va qirqimlar bo’ladi: shim old bo’lagida yuqori qirqim 1, oldingi qirqim 2, odim qirqim 3, pocha qirqim 4, yon qirqim 5 va uloqlar ulash chizig’i T.83-moduldan andozalar spetsifikatsiyasiga qarang.

1-rasm. Erkaklar shimining mayda bo’laklari.


Bichiq bo’laklarini tikishga tayyorlash
Bo’laklarni tayyorlash, bir-biriga ulash va cho’ntaklarni joylashtirish uchun kerakli nazorat belgilari old va ort bo’laklarda borligi tekshiriladi.
Ort bo’lakda uloqlar bo’lsa, odim qirqim bo’ylab uloqning ulama choki uchun tikish haqqi kerak bo’ladi. Uloqlar shakli va o’lchami andozaga binoan aniqlanadi. Ort bo’lakdagi gazlama guli uloq guliga to’g’ri kelishi kerak.
Old va ort bo’lak yuqori qirqimidagi nazorat belgilari, vitochka-taxlamalar joylashishini andozalarga binoan tekshirib bo’lakning teskrisi tomondan aniqlanadi. Ulashning aniq va shim balansi to’g’ri bo’lishi uchun, yon va odim qirqimlarda nazorat belgilari borligi tekshiriladi. Gazlamaning juda ko’zga tashlanadigan katak yo’l-yo’l guli yon choklarida bir-biriga to’g’ri kelishi kerak.
Shim taqilma oxirini aniqlash uchun, nazorat belgisi oldingi qirqimning pastki qismida bo’lishi kerak.



Yüklə 374,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə