Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Sapayev Umidbek Abdullaevichning


“Talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini loyihalash va amalga oshirish”



Yüklə 28,47 Kb.
səhifə3/3
tarix17.12.2023
ölçüsü28,47 Kb.
#150131
növüReferat
1   2   3
Taqriz - 1

“Talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini loyihalash va amalga oshirish” deb nomlanadi va unda tadqiqotning pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni, tashkil qilinishi, natijalari va ularning matematik-statistik tahlili amalga oshirilgan.
Talabalarning innovatsion faoliyat madaniyati shakllanganligi va rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan metodlar ichida quyidagi tanlanganlariga alohida etibor qaratilgan:
Birinchidan: Talabalarning shaxsiy qobiliyatlarini va ilmiy intelektual sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar;
Ikkinchidan: Talabalarning innovatsion faoliyat madaniyatini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlarini va yaratuvchanlik, yangi texnika va texnologiyalarni loyihalashga nisbatan intilishlarini aniqlashga qaratilgan so’rovnomalar;
Uchunchidan: Talabalarni, talabalar guruhlarini, jamiyatni va boshqa qatlam vakillarining oily ta’limda va jamiyat hayotida innovatsiyalarning muhimligi va zarurati to’g’risidagi munosabatlarini o’rganishga qaratilgan anketalar.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijasi, shuningdek, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar vositasida oliy ta’lim muassasasining texnika yo’nalishi talabalarining innovatsion faoliyatini shakllantrish va rivojlantrishda texnika fanlarini o’qitishda ta’limning pedagogik-psixologik vazifalari va ishlab chiqarish korxonalarini hamda texnik hizmat ko’rsatish sohalarining integratsiyasini ta’minlash asosida munozarali, rivojlantiruvchi treningli va innovatsion ta’limni qo’llash metodikalari hamda innovatsiyalarga yo’nalgan ta’lim-tarbiyaga qaratilgan jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotni olib borish jarayonida dissertant tomonidan tanlangan tadqiqot muammosi bugunning dolzarb vazifalaridan ekanligi va tadqiqot ishini o’zining ko’p yillik pedagogik tajribalariga tayangan holda olib borganligi, ijodkorligi, o’z ustida qatiyat bilan ishlashi natijasida bir qaror yutuqlarga erishganligini e’tirof etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan ijobiy natijalar bilan birga quyidagi mulohazali fikrlar va ayrim kamchiliklar mavjud:

  1. Ishda ayrim orfografik va texnik xatolar mavjud.

  2. Tadqiqot natijalarini aniq bir diagramma yoki jadval qilib berish maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqot ishi yakunidaga xulosa qismini yanada ixchamlashtirish zarur deb xisoblayman.
Biroq, bu kamchiliklar ishning ilmiy va amaliy ahamiyatiga ta’sir etmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Sapayev Umidbek Abdullaevichning “Texnikа oliy tа’lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrini innovаtsion fаoliyаtgа tаyyorlаsh metodikаsini tаkomillаshtirish” mavzusidagi dissertatsiya avtoreferati pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga qо‘yilgan talablariga tо‘liq javob beradi. Tadqiqotchi Sapayev Umidbek Abdullaevichning 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bо‘yicha pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyaga tavsiya etaman.

Taqrizchi:


: F.I. O
Yüklə 28,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə