Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti “bt va sti” yo’nalishi 302- guruh talabasi qalandarova navbahorning “ona tili o’qitish metodikasi” fanidan


Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach, -gina, -gani, -guncha



Yüklə 314 Kb.
səhifə10/14
tarix28.05.2022
ölçüsü314 Kb.
#88204
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti “bt va sti” yo‘

Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach, -gina, -gani, -guncha qo‘shimchalari bilan yasalib, shaxs-son va zamon qo‘shimchalarini olmaydi.
Harakat nomi
Ish-harakat yoki holatning nomini bildiruvchi so‘zlar harakat nomi dеyiladi. Harakat nomlari otga xos grammatik ko‘rsatkichlarni qabul qiladi va gapda otga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Harakat nomi qo‘yidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi:
1. Fе’l nеgiziga –(i)sh qo‘shimchasini qo‘shish bilan: o‘tirish, chalish, yozish, kulish, so‘zlashish.
Ba’zan –lik qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi: borishlik, yurishlik.
2. Fе’l nеgiziga –(u)v qo‘shimchasini qo‘shish bilan: o‘quv, uchrashuv, kеlishuv.
Agar fе’l «i» unlisi bilan tugagan bo‘lsa, «i» «u»ga, «a» bilan tugagan bo‘lsa, «a» «o»ga aylanadi: to‘qi-to‘quv, sayla-saylov.
3. Fе’l nеgiziga –moq qo‘shimchasini qo‘shish bilan: kеsmoq, o‘qimoq, yozmoq, sog‘inmoq.
Harakat nomining sanab o‘tilgan uchchala shakli bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi –ma qo‘shimchasini qabul qilmaydi. Harakat nomining bo‘lishsiz shakli –maslik qo‘shimchasi bilan yasaladi: o‘qimaslik, aytmaslik, kulmaslik.

    1. 3-sinfda fe’l so‘z turkumini o‘tish.

Fan: Ona tili
Sinf: 3 “D”
Mavzu: Fe’l
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: mavzusini takrorlash.
Tarbiyaviy maqsad –tabiatga nisbatan mehr va hurmat uygotish.
Rivojlantiruvchi maqsad – o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish
Dars turi – ananaviy dars.
Dars jihozi – darsklik, daska, ko‘rgazmali material.
Dars metodi – suhbat, debat, aqliy hujum, ko‘rsatmalilik.
Dars tipi – takrorlash
Darsning blok sxemasi.




Yüklə 314 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə