Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#126184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
sichqon yili, 
sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, 
tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.
Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy 
afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan 
bog‘liq. 
Shuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (Yoz va Qish munozarasi) 
janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya 
ham bor. 
O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, 
tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-
shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy 
ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. 
Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab 
asarlar va maqolalar yozilgan. 
Mutafakkir yubileyi esa uning ajoyib tarjimai holi hamda jahon madaniyati 
rivojidagi rolini qayta ko‘rib chiqishga da'vat qiladi. 
"Devoni lug‘atit turk"dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim 
ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini 
keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. 
Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda 
7
Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-
yil,1-son


13 
geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim 
shaharlar va qabilalar qayd etilgan. 
Yanada muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha davrning 
ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks 
ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi 
yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, 
boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan. 
Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining 
qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi 
mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi. 
Bilim va boylik go‘yoki atirgul va nargis kabi 
Gullamaydi gar tursalar yonma yon. 
Kimdaki boylik bisyor, uning bilimi yo‘qdir, 
Kimdaki bilim bo‘lsa - boyligi yo‘q hisobi. 
Qadimiy turkiy she'riyatda tilga olingan ushbu muammo - bilim va 
boylikning bir-biriga zidligi to‘g‘risidagi tushuncha o‘sha davr uchun dolzarb 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu masala sharhi o‘rta asrlardagi ko‘plab shoirlar, 
olimlar, mutafakkirlar merosida uchraydi. Ayni paytda u turkiy til va adabiyotining 
asoschisi - Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida alohida o‘rin egallaydi. 
Mahmud Qoshg‘ariy voqelikni jonli bo‘ yoqlarda aks ettiradi, unumli hayot 
kechirish, insofli bo‘lish, ilm egallash, barcha quvonchlardan bahramand bo‘lishga 
da'vat etadi.
8

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə