Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o



Yüklə 285,83 Kb.
səhifə15/26
tarix27.12.2023
ölçüsü285,83 Kb.
#162123
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)

Jаmi

16 sоаt

Mа’ruzа mаshg‘ulоtlаri multimеdiа qurilmаlаri bilаn jihоzlаngаn аuditоriyadа аkаdеmik guruhlаr оqimi uchun o‘tilаdi.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgʻulotlari multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga alohida oʻtiladi. Mashgʻulotlar faol va interfaol usullar yordamida oʻtiladi, “Keys-stady” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni oʻqituvchi tomonidan belgilanadi. Koʻrgazmada materiallar va axborotlar multimediya qurilmalari yordamida uzatiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari, oksidlar, kislotalar, gidroksidlar, tuzlar, ularning struktura tuzilishlari, dissotsiyalanishi, olinish usullari, kimyoviy xossalarini o‘rganish.

  2. Kimyoning asosiy qonunlari. Reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalari, tarkibi, tuzilishi.

  3. Atom tuzilishi va elementlarning davriy sistemasi. Atom tuzilishi to‘g‘risidagi nazariyalar, kvant mexanikasi va kvant sonlari, atomning elementar zarrachalari – protonlar, neytronlar, elektronlar.

  4. Elementlarning elektron formulalarini tuzish. Elementlarning normal va qo‘zg‘algan holatlaridagi valentliklarini namoyon bo‘lishini, guruhlar, davrlari va oilalari va elementlarning davriy o‘zgaradigan xossalari. Elementlar birikmalarining gidratlanishga intilishi.

  5. Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod bog‘lanishlar. Kovalent bog‘lanish xossalari. Donor-akseptor kimyoviy bog‘lanish, murrakab birikmalardagi kimyoviy bog‘lanishlar tabiati, molekulaning dipol momenti va uni hisoblash.

  6. Termodinamika asoslari, entalpiya, Gibbs energiyasi, kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti.

  7. Kimyoviy kinetika va muvozanat: kimyoviy reaksiya tezligining moddalar tabiatiga, temperaturaga, konsentratsiyaga, reaksiyaning faollanish energiyasiga, katalizatorga bog‘liqligi. Kimyoviy muvozanat siljishi.

  8. Eritmalar. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari. Protsent, molyal, molyar, normal konsentratsiyalar tayyorlash.

  9. Elektrolitik dissotsiyalanish. Kislotalar, gidrooksidlar, tuzlarning dissotsiatsiyalanishi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlarning dissotsiatsiyalanish darajasi va doimiysi. Tuzlarning gidrolizi. Gidroliz darajasi. pH.

  10. Metallarning umumiy xossalari. Metallarni kislorod, suv, kislota, ishqor va metallmaslar bilan o‘zaro ta‘sirlanish reaksiya tenglamalari va ularni faoligiga qarab reaksiya mahsulotlarini aniqlash. Metallarning kuchlanishlar qatori. Galvanik elementni ishlash prinsipi

  11. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Turli tipdagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarinining elektron balans tenglamalari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini sodir bo‘lishiga muhit va elektrod potensiallarining ta‘siri.

  12. Elektrokimyo. Turli tuzlarning suyuqlanmalarida va suvli eritmalarida sodir bo‘ladigan elektroliz va korroziya jarayonlari.

  13. Koordinatsion birikmalar. Qo‘shaloq tuzlar bilan koordinatsion birikmalar farqlash, oksidlanish-qaytarilish, almashinish, sifat reaksiyalarni yozish. Kompleks birikmalarning tuzilishi va nomenklaturasini o‘rganish.

  14. s-blok elementlarning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalarini hamda ishlatilish sohalarini o‘rganish. Mavzuga oid misol va masalalar yechish.

  15. p,d-blok elementlarning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalarini hamda ishlatilish sohalarini o‘rganish. Mavzuga oid misol va masalalar yechish.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.




Yüklə 285,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə