Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o


Elementlar davriy sistemasining o‘n beshinchi guruh elementlarining xossalari



Yüklə 285,83 Kb.
səhifə13/26
tarix27.12.2023
ölçüsü285,83 Kb.
#162123
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)

Elementlar davriy sistemasining o‘n beshinchi guruh elementlarining xossalari.
Elementlar sistemasining o‘n beshinchi guruh elementlarining umumiy xarakteristikasi, elektron tuzilishi. Azotning tabiatda uchrashi, laboratoriyada va sanoatda olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak. Azotli o‘g‘itlar. O‘zbekistonda ammiakni va azotli o‘g‘itlarning olinishi. Gidroksilamin, gidrazin, azid kislota. Azotning kislorodli birikmalari, kislotalari, tuzlari. Nitrat kislota va uning olinishi, xossalari, tuzlari, ahamiyati. Fosfor, uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, allotropiyasi, fizik-kimyoviy xossalari. Fosforning vodorodli va kislorodli birikmalari. Fosfin. Fosfat kislota va uning tuzlari. Fosfor va uning birikmalarini ishlatilishi. Mish’yak, sur’ma,vismut, ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik, kimyoviy xossalari. Bu elementlarning vodorod, kislorod, metallar, metalloidlar bilan hosil qilgan birikmalarini olinishi, xossalari. Bu elementlarni tuzlari, kislotalari va ularning gidrolizi. Bu elementlar va ularning birikmalarining xalq xo‘jaligida ahamiyati.




20

Elementlar davriy sistemasining o‘n oltinchi guruh elementlarining xossalari.
Elementlar sistemasining o‘n oltinchi guruh elementlarining umumiy xaraktiristikasi. Kislorod va uning molekula tuzilishi, olinish usulari, xossalari. Ozon va uning olinishi, xossalari. Metall ozonidlar. Suv, fizik va kimyoviy xossalari, holat diagrammasi. Vodorod peroksid, peroksid birikmalar, ularning olinishi va xossalari. Kislorodning sanoatda ishlatilishi. Oltingugurt, tabiatda uchrashi, olinishi, poliamorf modifikatsiyalari, kimyoviy xossalari, vodorodli birikmalari. Sulfidlar, polisulfidlar, kislorodli birikmalari. Oltingugurtning kislorodli kislotalari. Sulfit va sulfat kislotalari ularning tuzlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi. Tiokislotalar va ularning tuzlari. Oltingugurtning galogenli birikmalari va ularning xossalari. Oltingugurt va uning birikmalarining ishlatilishi. Selen, tellur, poloniy, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari va ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.




21


Yüklə 285,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə