Urganch davlat universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə27/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

13 – o‘quvchi: Azizlar har birimizning yutug‘imiz ota – ona duosidir. Ana shu duo g‘oyat hosiyatli bo‘lib bizni har xil balolardan asragay.
14 – o‘quvchi: “Mehribon ona” she’ri
Dunyodan “bolam” deb kuyunib o‘tar,
Farzandidan kutsa shirin so‘z kutar,
Topib – tutganini beminnat tutar –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.

15 – o‘quvchi:
Artar kiprigingga tushgan gardingni,
Yurakdan his qilar quvonch – dardingni,
Anglay olsang agar zarra qadrini –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
16 – o‘quvchi:
Og‘ir damlaringda yoningda bo‘lgan,
Chimdim yutug‘ingdan quvonchga to‘lgan,
Yig‘lasang yig‘lagan, sen kulsang kulgan –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
17 – o‘quvchi:
Onangning mehrini yurakdan tuygan,
Suysang bu dunyoda onangni suygin,
Kuysang “volidam” deb, “onam” deb kuygin –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
Boshlovchi: Qo‘shiq: “Gul tutay Onajon”
1 – o‘quvchi:
Qutlug‘ bo‘lsin bayramingiz
Onajon – onajon!
Sizga shodlik baxt tilayman
Bir jahon – bir jahon
2 – o‘quvchi:
Quyosh bo‘lib yo‘lingizga,
Nur sochay, nur sochay
Bahor bo‘lib yo‘lingizga
Gul tutay gul tutay
Boshlovchi: Raqs: Qizlar ijrosida.

2.Siz quyoshsiz, Onajon!

Boshlovchilar musiqa sadolari ostida bayram ishtirokchilari bilan salomlashdi.
1 – boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz onajonlar, mehribon ustozlar, hurmatli o‘quvchilar!
2 – boshlovchi:
Bugungi “Siz quyoshsiz, Onajon!” deya nomlangan bayramimizga xush kelibsiz!
1 – boshlovchi:
Ha, darhaqiqat, o‘lkamizga bahor keldi. Fasllar kelinchagi bo‘lmish go‘zal ko‘klam o‘z ko‘rki va go‘zalligi bilan tabiatga jon ato etdi. Chunki aynan shu fasl tabiat uyg‘onadi, ko‘k maysalar unadi. Olam yashil libosga burkanadi. Gul-u chechaklar yuz ochadi. Mana shu go‘zal fasl dunyoni mehr qo‘ri bilan tebratuvchi aziz onajonlarimiz, mehribon buvijonu, opa – singillarimiz bayrami keng nishonlanadi.
1,2 – boshlovchi:
Shunday ekan, kelinglar, bugungi munis onalarimizga bag‘ishlangan bayramni tomosha qilaylik.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə