Urganch davlat universiteti


Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə26/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

2.Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar
Ona borki olam munavvar
Boshlovchi:
Olloh bizga buyurgan avval
Salom berish bizning burchimiz.
Shuning uchun aziz do‘stlar
Assalomu – alaykum deymiz!
Boshlovchi:
Assalomu alaykum muhtarama onajonlarimiz! Munis opa – singillarimiz! Qadrli qalbi daryo ustozlarimiz. Avvalo barchani 8 – mart mehr – muruvvat va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Boshlovchi:
Ayolni Alloh yaratgan! Tabiatning eng buyuk mo‘jizasidir. Tabiat aziz ayollarimizga munislik, ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan.
Boshlovchi:
Har bir insonning ko‘nglini munavvar qilgan, oilaga, butun jamiyatga ahllik – totuvlik, mehr – oqibat bag‘ishlovchi ham ayoldir.

Boshlovchi: Jannat onalar oyog‘i ostida deb bejiz aytmagan.


1 – o‘quvchi:
Onalarning oyog‘i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar bo‘lsang
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.

2 – o‘quvchi:
Oyog‘ingiz osti jannatdir,
Izingizdan unadi gullar,
Siz gullarga alla aytganda
Jim qoladi xatto bulbullar.
3 – o‘quvchi:
Mehnatingiz dunyoga bezak,
Aqlingizga men qolaman lol.
Siz shunchalar aziz erursiz,
Muqaddassiz mo‘tabar Ayol!
4 – o‘quvchi:
O‘ynoqi xayollar olib qochganda,
Atirgul ilk marta g‘uncha ochganda.
Ko‘kda oy, yulduzlar yog‘du sochganda,
Tilayman Ollohim asra onamni!

Boshlovchi: Endigi navbat “Onajonim” qo‘shig‘iga.
Raqs.
Sahna ko‘rinishi: “Ona allasi”.
Boshlovchi:
Oilani ham jamiyatni ham birlashtirib unga fayz-u barokat kiritadigan, nafosat, ezgulik urug‘i bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa – singillarimizdir.
“O‘zbek onasi” she’ri.
Raqs.
Boshlovchi: Allohning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot bu – Onadir!
5 – o‘quvchi:
Sadoqat bog‘ida ungan chechaklar,
Yulduzlar yuzidan tomgan ertaklar,
Buloqlar ko‘zida kulgan tilaklar
Jannat farishtasi emasmi ayol?
6 – o‘quvchi:
Ona qimmatin ta’riflash uchun,
So‘zlar xazinasi o‘zi yetmaydur!
Hayotimni hadya etaman deyman
Bu kichik jonimni o‘zi yetmaydur!

7 – o‘quvchi:
Onajonim mehribonim,
Siz dunyoda borimsiz.
Sizdan o‘zga inson yo‘q!
Qadrdonim jonimsiz
Yashashni o‘rgatdingiz.
Oq qorani tanitib,

Bag‘ringizni keng ochib


Qalbingizni yayratib.

Boshlovchi: Raqs.



8 – o‘quvchi:
Onani e’zozlash bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga yetgandir. Buyuk allomalarimizni onalarimiz haqidagi fikrlari: qahramon shoirimiz Abdulla Oripov aytganlaridek:
Bu yorug‘ dunyoda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda ona degan nom.
She’rlar:
9 – o‘quvchi: “Onajon” she’ri.
Bu kun sochingizda oq qirov ko‘rdim,
Qora sochlaringiz qordek bo‘libdi.
Go‘zal chehrangizda ajinni ko‘rdim,
Yillar o‘z izini unga solibdi.
10– o‘quvchi:
Onajon, ming afsus payqamadim men,
Yoshigiz o‘tib, keksayganingiz.
O‘zimni qandayin kechiray, ayting,
Menga qurbon bo‘ldi axir boringiz.
11 – o‘quvchi:
Onajon, ming jonni menga berdingiz,
Siz uchun bir jonni bera olmadim.
Men uchun ming kecha azob chekdingiz,
Siz uchun bir kecha tura olmadim.
12 – o‘quvchi:
O‘zimni kechirmayman, kechirolmayman hech,
Sizning oldingizda ko‘pdir gunohim.
Baxtimga bor bo‘l deb, har ertayu kech,
Qilgan duoingiz mening panohim.

Boshlovchi: sahna ko‘rinishi: “Ona jasorati”



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə