Urganch innovatsion university



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə12/101
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#150850
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
O`z. eng y.tarixi o`quv uslubiy majmua 2023

Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin "Temur Malik" romani (1986)ni yozgan.
Ashrafiy "Temur Malik" nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatrida uning "Temur Malik" baleti (1970) qoʻyilgan.
Toshkent shahridagi shoh koʻchalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.
Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi370-328-yillar), sug'dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329–328-yillarda Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari.Spitamen(yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sug'diyonada Vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (Spitamen qoʻzg'oloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanning yozishichaSpitamenning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro III ning , soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng , yunon-makedon istilochilariga qarshi 3 yil davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arrianning yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget qabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning qizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.

Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan.Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayxonlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qo‘shinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan ko‘pi o‘lgan, yarador bo‘lgan.Makedon qo‘shini ko‘p talafot bergach, to‘rtburchak bo‘lib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi o‘rtasida joylashgan oroldagi to‘qayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qo‘ymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshlig‘idan beruxsat daryoni kechib o‘ta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan o‘tganlarni o‘ldirib, o‘tishga harakat qilayotganlarni esa kamondan o‘qqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi bo‘lgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qo‘ygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari betma-bet jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik mag‘lubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi o‘zi otlanadi, Spitamen atayin cho‘lga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga o‘t qo‘yib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi.Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning ko‘chmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor bo‘lgach, ularga qarshi qo‘shin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan to‘satdan Baqtriyada paydo bo‘lib, Aleksandr qo‘shiniga hujum qilgan. Biroq jangda mag‘lub bo‘lgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan cho‘lga yashirinadi. Aleksandrning o‘ch olishidan qo‘rqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qo‘zg‘olon rahbari halok bo‘lishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan.


Jaloliddin Manguberdi 1198 yilda tavallud topgan bo‘lib, so‘nggi xorazmshoh hisoblanadi. Uning otasi xorazmshohlar mamlakati hukmdori Sulton Alovuddin Muhammad bo‘lgan.
Jaloliddin harbiy muhitda ulg‘aygan va jang san’atini erta o‘zlashtiradi. G‘azna (hozirgi Afg‘oniston) uning qaramog‘ida bo‘lishiga qaramay, otasi fitnalardan saqlanib, o‘g‘lini o‘zini oldida Gurganjda ushlab turadi. Ammo, yosh Jaloliddin dushmanlar bilan tinimsiz janglar bo‘lib o‘tuvchi chegaraga chiqishga harakat qilardi.
Chingizxonning rejalashtirgan bosqinidan xabardor bo‘lib, Jaloliddin otasidan qo‘shinini Sirdaryoga qo‘yib, dushmanni o‘sha yerda kutib olishini so‘raydi, lekin otasi himoya devorlari va qal’asi dushmanni mamlakatga qo‘ymasligiga amin bo‘ladi va qo‘shin to‘plamaslikka qaror qiladi. Mo‘g‘ullar shaharni shiddat bilan bosib oladi. Avvaliga, 1220 yil Buxoro, keyin Samarqand o‘rab olinadi. Jiddiy xastalangan Muhammad Kaspiyga qochadi. Uchta o‘g‘lini to‘playdi, Jaloliddinning beliga o‘z shamshirini osib, uni taxt vorisi etib tayinlaydi va boshqa ukalarini akasiga itoat qilishlarini undaydi. Muhammadning o‘limidan so‘ng Jaloliddin taxtga o‘tiradi, lekin Gurganj aslzodalari yangi hukmdorni bepisand qilib, xalq madadidan chetda qoldirishadi.
Jaloliddin uch yuz sodiq turkman jigitlaridan iborat qo‘shin to‘playdi va Xurosonga yo‘l oladi. Niso atrofida ular yetti yuz kishilik mo‘g‘ul qo‘shinini kutib olishadi va ularni osonlikcha yengishadi.
Jaloliddin vasiyat qilib qoldirilgan yeri tomon yo‘l olarkan, Marv noibi Xon Malik va uning qirq ming kishilik lashkari, turkman xoni Sayfiddin va uning qirq ming kishilik lashkari bilan ittifoqdosh tutinadi. Qandahor yaqinida birlashgan lashkarlar qo‘shini mo‘g‘ullarni yo‘q qiladi va Jaloliddin G‘aznagacha yetib boradi. G‘aznaga keliboq, Jaloliddin tez orada, o‘n ming kishilik qo‘shin to‘plab, Qandahorni qamal qilgan mo‘g‘ullarga qarshi yurib, uni tor-mor etadi. Bo‘lingan xorazmlik lashkarlarning harbiy qo‘mondonlari o‘z hukmdorining muvaffaqiyati haqida eshitib, G‘aznaga to‘plana boshlaydi va tez orada, Jaloliddin ko‘l ostida 70 mingga yaqin askar yig‘iladi. U bilan birga og‘asi Amin al Mulk, sarkarda Temur Malik, qarluqlar xoni A’zam Malik va afg‘onlar muallimi Muzaffar Maliklar ham keladi. Chingizxon hali xorazmshoh kuchidan bexabar bo‘lib, unga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligidagi 30 minglik qo‘shin jo‘natadi.
Bahorda Jaloliddinning qo‘shini G‘ori daryosidagi Valian qishlog‘ida Shiki Xutuxuning yetakchi lashkariga duch keladi. Mo‘g‘ul qo‘shini, deyarli butunlay yakson etiladi: bor-yo‘g‘i yuzta askar jon saqlab qolgan. Ta’kidlab o‘tish joiz, bu Chingizxon qo‘shinining G‘arbga yurishi chog‘ida O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistonda olib borgan harbiy harakatlari davomidagi yagona yirik mag‘lubiyatidir.
Jaloliddinga nafaqat jangchilari, balki aholisi ham odil va haqqoniy hukmdor o‘rnida madad ko‘rsatgan. Parvonadagi mag‘lubiyatdan so‘ng mo‘g‘ullar Afg‘oniston hududini tark etadi. Ularga javoban, Chingizxon xorazmshohlarga qarshi yangi jangda ishtirok etishga qaror qiladi. Ammo, Jaloliddin endigina Chingizxon bilan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqt uni qo‘llab-quvvatlovchi sarkardalar orasida nizo kelib chiqib, qipchoq, qarluq va afg‘onlar Jaloliddinni tark etishadi.
Parvonadagi mag‘lubiyatdan so‘ng Chingizxonning o‘zi Jaloliddinga qarshi yurish qiladi. Hal qiluvchi jang 1221 yilning 9 dekabr kuni Sind daryosi bo‘yida ro‘y beradi. Ushbu jangda Jaloliddin qo‘shinlari tor-mor etiladi. Shunday qaltis vaziyatda, Jaloliddin o‘z haramini daryoga cho‘ktirishni amr etadi. So‘ngra, asir tushmaslik uchun tulpori bilan o‘zini Sind daryosining katta qoyasiga tashlaydi. Afsonaga ko‘ra, Chingizxon yosh sultonning jasoratiga tan berib, o‘g‘illariga “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan ekan. Chingizxonni ta’qib etish uchun Balo noyon va Burbon ismli tuman begilar boshchiligidagi lashkarni yuboradi. Biroq Multan shahrigacha yetib borgach, mo‘g‘ullar sulton izini yo‘qotib qo‘yishgan.
1224 yilning boshigacha Jaloliddin Hindistonda yashaydi, Eron va Mesopotamiyaga yurishga kirishadi. To‘rt yil davomida Jaloliddin Hindistonda mo‘g‘ullar bilan jang olib boradi.
U turkmanlardan iborat yangi qo‘shin to‘playdi va G‘arbiy Eronga – Kavkazga yo‘l oladi. 1225 yil Jaloliddin janubdan shimoliy Eronga bostirib kiradi. Jiddiy qarshiliksiz Marvni egallab, Tabrizga yo‘l oladi va bu shaharni zabt etadi. 1225 yil Jaloliddin qo‘shini qisman Gruziya va Armanistonni egallaydi.
Jaloliddin dushmanlariga qarshi dovyurak qarshiliklar ko‘rsatgan. 1230 yil Iroqdagi Xilot qal’asi zabt etilgach, xorazmshoh Mesopotamiya va Kichik Osiyo hukmdorlarining ittifoqi natijasidagi hujumda mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qo‘shiniga yakuniy zarbani Charmag‘on boshchiligidagi mo‘g‘ullarning Ugedey lashkari yetkazadi. Jaloliddin jangda og‘ir jarohatlanadi, so‘ngra u Kurdiston tog‘lariga yashirinishga harakat qiladi. O‘sha yerda qaroqchilar hujumi paytida halok bo‘ladi.
Jaloliddin Manguberdi o‘zbek xalqining milliy qahramonlardan biridir. 1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng nishonlangan. O‘zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial bunyod etilgan.
2000 yilning 30 avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə