Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

3.4. Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
Yer va 
suv resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish uchun 
quyidagi tadbirlami amalga oshirish lozim:
- yer-suv islohotlarini doimiy takomillashtirib borish;
- meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya 
tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
- zamonaviy, samarali texnilcalami, ilg‘or texnologiyalami qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etish;
- ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo‘lga qo'yish;
- ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahalliy va mineral 
o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
- agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish;
- ishchi va xizmatchilami moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan 
bog'liq bo'lgan masalalami hal etish;
- yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish.
Qishloq xo'jaligi yerlaridan oqilona foydalanish tadbirlarini quyidagi 
to‘rtta gumhga ajratish mumkin:
1) tashkiliy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- ilmiy asoslangan yer tuzish;
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


- hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish;
- yagona yer monitoringi tizimini olib borish;
- davlat yer kadastrini to‘liq amalga oshirish;
- davlat va jamoat ekspertizasini yo‘lga qo‘yish;
- yerdan foydalanish va uni muhofazalash nazoratini kuchaytirish va 
hokazo.
2) huquqiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
- tabiiy resurslar qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
- yerdan foydalanish normalarini takomillashtirish;
- ekologik huquqiy mexanizmni takomillashtirish;
- yer huquqbuzarligiga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlash va 
hokazo.
3) iqtisodiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- holati yomon yerlami imtiyozli soliqqa tortish;
- tuproq muhofazasi tadbirlarini kreditlash;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning yer va suvdan 
samarali foydalanish bo‘yicha manfaatdorligini oshirish;
- yerlarni rekultivatsiya qilish(qayta tiklash) va meliorativ holatini yaxshi- 
lashga davlat tomonidan beriladigan ko'makni takomillashtirish va hokazo.
4) texnologik tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- yerlami tubdan rekultivatsiyalash va meliorativ holatini yaxshilash 
texnologiyalarini ishlab chiqish;
- almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat'iy amal qilish;
- noqishloq xo'jalik va sanoat o'zlashtirishning yagona texnologiyasini 
yaratish;
- suvlami muhofaza qilish texnologiyasini joriy etish;
- yerlami qayta tiklash texnologiyalarini joriy etish;
- talab etiladigan joylarda ixotazorlar tashkil etish;
- erroziyaga qarshi kurash tadbirlari va sellaming salbiy oqibatlari oldini 
olish inshootlarini barpo etishni yanada rivojlantirish va hokazo.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə