Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 4-BOB



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

77
www.ziyouz.com kutubxonasi


4-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGINING MODDIY-TEXNIKA
RESURSLARI, FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI, ILG‘()R
TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALIFOYDALANISH
• Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari va ulaming turkumlanishi.
• Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati va 
samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar.
• Fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalami qishloq xo'jaligiga joriy 
etish imkoniyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish yoMlari.
4.1. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari va ularning
turkumlanishi.
Mehnat predmeti va mehnat vositalari birgalikda ishlab chiqarish 
vositalarini tashkil qiladi. Mahsulot ishlab chiqarishda mehnat predmetlariga 
ta'sir ko'rsatuvchi buyumlar mehnat vositalari deyiladi. Inson mehnati ishlab 
chiqarishning qaysi moddiy elementlariga qaratilgan bo‘lsa, u mehnat predmeti 
deb ataladi.
Boshqa tarmoqlarda boigani singari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish uchun ham ishlab chiqarish vositalarining me'yoriy hajmda 
mavjud boiishi taqozo etiladi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari tarmoqdagi barcha 
resurslaming eng muhim qismi hisoblanadi va unga quyidagilar kiradi:
• ajratib berilgan yer maydoni;
• bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari;
• ko‘p yillik mevali daraxtlar va uzumzorlar;
• mahsuldor va ishchi hayvonlar;
• aylanma mablag‘lar (urug‘lik, o‘g‘itlar, YMM, kimyoviy vositalar, hisob 
raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog‘ozlar);
• xo'jaliklarning ta’sischiligi asosida tashkil qilingan MTP, agrofirmalar 
hisobidagi mol-mulki.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari ishlab chiqarish 
jarayonida qatnashishiga ko‘ra, quyidagicha gumhlarga bo'linadi:
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan moddiy-texnika 
resurslari;
- ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan moddiy-texnika resurslari.
Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan moddiy-texnika resurslari 
yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va xizmatlar 
bajariladi. Ularga ekin ekilgan yerlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlami 
sug‘orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydaydigan va ekinlarga 
ishlov beradigan traktorlar, kombaynlar, kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, 
hayvonlarga berilayotgan yem-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar 
va boshqalar kiradi. Korxonalaming ombor, idora binolari, ayrim inshootlari, 
aloqa vositalari, kompyuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita 
qatnashadilar.
Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasi iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, qishloq xo'jaligi moddiy-texnika bazasida yer asosiy rol 
o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi asosiy ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi 
bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog‘liq.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi har doim tabiiy 
sharoitlar ta’sirida bo‘ladi. Qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududiy 
xarakterga ega bo'lib, har bir hududda tabiiy-iqlim sharoitlari har xil bo‘lishi 
tufayli har xil turdagi ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. Shuning uchun turli hududlarda moddiy-texnika bazasining tarkibi ham 
har xil bo'ladi.
Uchinchidan, qishloq 
xo‘jaligida ishlab chiqarish mavsumiy 
xususiyatga ega bo‘lib, bu moddiy-texnika vositalaridan unumli foydalanishga 
salbiy ta'sir etadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo'lishi zahira urug‘lik, yem- 
xashak, yoqilg'i-moylash materiallari va boshqalarga ega bo‘lish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. bundan tashqari, moddiy-texnika resurslaridan yil davomida 
samarali foydalanishga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
To'rtinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi 
jonli organizmlardan (isb hayvonlari, mahsuldor mollar, ko‘p yillik mevali 
daraxtlar va hokazo) iborat boiib, ulardan 
samarali foydalanish 
uchun 
ulaming biologik xususiyatlarini bilish talab etiladi.
Beshinchidan, qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasini yaratish va 
saqlash ko‘p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi.
Moddiy-texnika resurslarming mahsulot yetishtirishda, 
qishloq 
xo‘ja!igini rivojlantirishda ahainiyaii ulkan. Ular mehnatning xarakterini 
o'zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta'minlaydi. Masalan, ilmiy asoslangan 
ma'lumotlarga ko‘ra, paxta yig‘im-terin:uda 1 kishi-soat mexanizator mehnati 
26 kishi-soat qo‘l mehnati o‘mini bosadi.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fan-texnika taraqqiyoti moddiy-texnika resurslarining sifatini, holatini 
yaxshilash, 
yangilarini yaratishga xizmat qiladi. 
Shuning natijasida
o‘simliklarning serhosil, tezpishar navlari, chorva mollarining mahsuldor 
zotlari, har tomonlama qulay va samarali, yuqori unumli va tejamkor 
texnikalar, ilg'or texnologiyalar yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari quyidagi belgilari 
bo'yicha turkumlanadi:
- barpo etilishi bo‘yicha;
- ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra;
- takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari mulk sifatida 
tarmoqning, 
korxonalaming iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. 
Korxonalaming moddiy-texnika bazasi mustahkam bo'lsa, ularda iqtisodiy 
jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini ulaming iqtisodiy 
mazmuni, barpo etilishi va foydalanilishi bo‘yicha 4.1-chizmadagi tartibda 
turkumlash mumkin.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə