Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

X \ - X 2
Xl =
-xlOO
x \
yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi
Bunda: 
X ) -
xarajatlar (so‘m);
Xi
- yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan keyingi 
xarajatlar (so‘m).
g) 
mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Buni hisoblash 
uchun xo'jalikda foydalanilgan mashina-traktorlar miqdorini unda mavjud 
bo'lgan mashina-traktorlar miqdoriga taqsimlash lozim. Uni quyidagi formula 
yordamida aniqlash mumkin:
84
www.ziyouz.com kutubxonasi


MTPfk
=

Ms
Bunda: 
M T P jk-
mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. 
Fs
- foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona).
Ms -
mavjud bo‘lgan mashina-traktorlarning soni (dona).
h) 
moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi. Bunda 1 
etalon gektarning, 1 tonna-kilometming, 1 kilovat-soatning tannarxi aniqlanadi. 
Ular quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: 
EGt
- 1 etalon gektar tannarxi;
Mx
- mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan 
jami xarajat (ming so‘m);
J l
- jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga, tonna-kilometr,
kilovat-soat).
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni hisoblab, moddiy-texnika resurslarining 
holati, darajasi, foydalanish samaradorligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Natijada 
ulardan foydalanish holatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilanadi.
4.3. Fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga
joriy etish imkoniyatlari.
Qishloq xo'jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-texnika 
resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali foydalanish 
masalalari fan-texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga bevosita bog‘liq. Fan- 
texnika taraqqiyoti deganda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
fanlaming rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi 
natijasida 
samarali 
yangi 
texnikalar 
yaratilishi, 
mavjudlari 
esa 
takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. Buning uchun ta’lim va ixtirochilik 
tizimini yangi bosqichga ko‘tarish talab etiladi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun 
zarur boTgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar 
yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini, serhosil, tezpishar ekin navlari, 
sermahsul chorva zotlari, ilg'or texnologiyalarni yaratadigan fanlaming 
rivojlanishini ta'minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori 
oshadi, sifati yaxshilanadi.
Mamlakatimizda fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishga 
alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati 
korxonalarida zamonaviy, tejamli, unumli haydov, ishlov bemvchi traktorlar, 
mashina va mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda. Yomg'irlatib, tomchilatib,
85
www.ziyouz.com kutubxonasi


tuproq ostidan sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu 
hol qishloq xo‘jaligida samarali, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini 
ta'minlaydi.
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham 
mamlakatimiz qishloq xo'jaligiga tomchilatib sug‘orishni joriy etishga alohida 
e’tibor qaratilgan. Mazkur dastuming VII bo‘limida tegishli asbob-uskunalar va 
tizimlami mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda
2009-2020 yillarda tomchilatib sug'orish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab 
chiqish nazarda tutilgan. Bundan tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda 
jami 3710 gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy etish mo‘ljallangan. 
Tomchilatib sug‘orishni joriy etish uchun zarur asbob-uskunalar va tizimlami 
mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ham ishlar 
amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Saniplast” 
0 ‘zbekiston-lsroil qo'shma korxonasi mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar natijasida 
tashldl etilgan boTib, tomchilatib sug'orish tizimlarini ishlab chiqarish
loyihalami amalga oshirish, materiallami yetkazib berish va montaj qilish, 
ehtiyot qismlami yetkazish va servis xizmatini ko‘rsatish, ekinlami sug‘orish 
va o‘g‘itlash bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ular 
tomonidan ishlab chiqarilgan tizimlar g‘o‘zani, bog‘ va issiqxonalami 
tomchilatib sug‘orishda qoTlaniladi.
Fan-texnika taraqqiyotini joriy etishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar 
tajribasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Isroilda suv 
tanqis bo'lgan adirlarda quyosh batareyalari o‘matilgan boTib, tmung 
yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi va ushbu elektr energiyasi bilan 
ishlovchi nasoslar orqali yer osti suvlari chiqariladi. Ushbu suv yordamida 
ekinlar va bogTar sug‘oriladi.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu 
jarayonda 
qatnashuvchilaming 
tashabbuskorligi, 
tadbirkorligi 
ham 
uyg‘unlashishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq 
xo‘jalik 
texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy 
vositalami, 
yangi 
navlami, 
zotlami 
yaratish, mavjud 
vositalami
takomillashtirish, mehnatning xarakterini o'zgartirib, uning unumdorligini 
oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko'paytirish, sifatini 
yaxshilash, ulami qayta ishlab, iste'molchilarga yetkazib berish orqali aholi, 
korxonalar va nihoyat, davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-texnika taraqqiyoti qishloq xo'jaligida quyidagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
• yangi yerlami kompleks o'zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlaming 
meliorativ 
holatini 
yaxshilash, 
suv 
bilan 
ta'minlanish 
tadbirlarini 
ta'minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;
86
www.ziyouz.com kutubxonasi


• tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini, 
sermahsul chorva zotlarini yaratish;
• qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish, 
elektrlashtirish, 
kimyolashtirish 
hamda 
mexanizatsiyalashtirishni ta’minlaydigan vositalami yaratish, mavjudlarini 
takomillashtirish;
• qishloq xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko'rsatish, tarmoqda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlaming zamr 
miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, 
iste’molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berishni ta'minlashni joriy 
etish;
• qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining erkinlashtirilishini ta'minlovchi 
iqtisodiy mexanizmlami yaratish va ulami hayotga izchillik bilan joriy etish;
• fan-texnika 
taraqqiyoti 
natijalarini 
qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo'lgan 
mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko'rsatayotganlarning malakasini 
oshirish va rag‘batlantirishni takomillashtirish.
Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshirilishi natijasida qishloq xo'jaligi uchun zamr bo'lgan moddiy-texnika 
resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, samarali texnologiyalarni qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etib borish maqsadga muvofiqdir. Bu 
texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga, 
mehnat 
unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Bu 
borada ham mamlakatimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 
g‘o‘zalami «Andijon texnologiyasi» asosida plyonka ostiga ekish, g‘o‘zalami 
sug‘orishda «Isroil texnologiyasi» ni joriy etish va boshqalar. Plyonka ostiga 
g‘o‘zani ekishda mahsulotni yog‘inli kunlarga qolmasdan erta yig'ishtirib olish, 
suv resurslarini tejash, begona o‘tlarga qarshi kurashishda ayrim ustunliklari 
mavjud. «Isroil texnologiyasi»da esa 
asosiy maqsad - suvni tejashga 
qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 gektar paxta maydoniga 4-5 
marta kam suv berish ta'minlanadi. Gollandiyadan keltirilgan kartoshka urug‘i 
ekilib, seleksiya ishlari orqali mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Bu 
jarayonda mahalliy tajribalardan ham keng foydalanildi. Natijada respublikada 
kartoshkachilik rivojlandi, aholi ehtiyoji uchun chetdan kartoshka sotib olishga 
barham berildi. Chorvachilik tarmoqlarida ham ilg‘or texnologiyalar joriy 
etilmoqda. Polsha, Gollandiya kabi mamlakatlardan malisuldor chorva mollari 
olib kelinmoqda hamda mahalliy sharoitlarda ularni ko‘paytirishga e'tibor 
berilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar vaqtni, mehnatni, mablag'ni tejash 
imkoniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi oshishi, 
tannarx pasayishi va nihoyat, sof foyda summasi ko'payishini ta'minlaydi.
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuning uchun samarali texnologiyalami yaratishga, ulami hayotga tatbiq 
etishga doimo katta e'tibor berish lozim.
Mamlakatimizda 
infratuzilma sohalaridan biri bo‘lgan 
elektr 
energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash, tannarxini pasaytirish maqsadida 
quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz olimlari tomonidan quyosh nuridan elektr 
energiyasi oluvchi batareyalar yaratilgan va uni ishlab chiqaruvchi korxonalar 
ham mavjud. Ushbu usulda elektr energiyasi olishni keng joriy etish, ayniqsa, 
chekka 
qishloq joylarda quyosh batareyalarini 
o‘matish va ta’lim 
muassasalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va tayyor 
mahsulot ishlab chiqaruvchi minisexlami elektr energiyasi bilan ta’minlash 
juda yuqori samara beradi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə