Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat
resurslari va ularninp bandligi to'g'risidagi ma'lumotlar, ming kishi
Viloyatlar
0 ‘rtacha 
doimiy aholi 
soni
Shu jumladan
Mehnat
resurslari
Iqtisodiyotda 
band bo'lganlar
Respublika bo‘yicha
27313,7
15644,9
11035,4
Qoraqalpog'iston Resp.
1612,3
904,5
561,0
Andijon
2477,9
1433,6
1047,3
Buxoro
1576,8
928,7
729,1
Jizzax
1090,9
601,2
360,6
Qashqadaryo
2537,6
1395,7
908,7
Navoiy
834,1
509,8
396,7
Namangan
2196,2
1246,5
763,2
Samarqand
3032,0
1672,1
1152,0
Surxondaryo
2012,6
1096,5
722,4
Sirdaryo
698,1
401,9
304,1
Toshkent
2537,5
1478,0
1097,5
Farg‘ona
2997,4
1667,2
1280,1
Xorazm
1517,6
847,7
571,1
Toshkent shahri
2192,7
1461,5
1140,8
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizdagi 
eng aholisi ko‘p viloyatlar Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo, Toshkent 
viloyatlaridir. Farg'ona vodiysidagi uchta viloyat aholisi respublikamiz jami 
aholisining 28,1 foizini tashkil etadi. Aholisi eng kam viloyatlar esa Sirdaryo
Navoiy va Jizzax viloyatlaridir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 
68-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy 
tuzilishini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi 
qaroriga binoan respublikamizdagi 965 ta aholi punktlari shahar posyolkalari
115
www.ziyouz.com kutubxonasi


toifasiga kiritilib, ulami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada kuchaytirish 
borasida chora-tadbirlar belgilandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2010-yil holatiga 
0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining 13,4 mln. nafari yoki 48,4 foiz qismi 
qishloqlarda, 14,3 mln. nafari yoki 51,6 foiz qismi shaharda istiqomat qiladi.
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholini ish bilan ta'minlash, 
turmush 
farovonligini 
oshirish 
bevosita 
mazkur 
tarmoqda 
amalga 
oshirilayotgan iqtisodoy va ijtimoiy islohotlarga bog‘liq. Mehnat resursining 
tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi keyingi yillarda o‘zgarmoqda. Mamlakatimiz 
bo'yicha band boigan mehnat resurslarining tarkibida qishloq xo‘jaligi 
tarmogining salm ogi 1995-yilda 40,9 foizni tashkil etgan boisa, ushbu 
koisatkich 2001-yilga kelib 36,1 foizni tashkil etgan. Tarmoqda band boigan 
mehnat resurslari miqdori va salmogining pasayishi respublikada amalga 
oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning m aium darajadagi ijobiy natijasidir. 
Qishloq joylardagi vujudga kelgan ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan 
ta’minlash maqsadida sanoat, xizmat ko'rsatish, savdo va boshqa shu kabi 
tarmoqlami qishloq joylarda rivojlantirish zamr. Shu maqsadda uzoqqa 
mo‘ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ulami bosqichma- 
bosqich amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, aholi juda zich 
joylashgan Andijon viloyatining Asaka tmnanidagi qishloq hududida 
0 ‘zbekiston-Koreya avtomobilsozlik qo'shma korxonasi qurilib, ishga 
tushirildi va aholining ish bilan ta'minlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. 
Qashqadaryo, Toshkent, Farg ona, Navoiy viloyatlarining chekka tumanlarida 
neft, gaz, to'qimachilik sanoatining yirik qo‘shma korxonalari yaxshi faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Shu kabi sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida 
qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli qismi ish bilan 
ta'minlandi. Bu ulaming oilalari real daromadlar bilan ta'minlanishini 
yuksaltirmoqda.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatimizning 
qishloq hududlarida sanoat korxonalari va boshqa turdagi tadbirkorlik 
shakllarini barpo etish va rivojlantirish ishlari izchillik bilan amalga 
oshirilmoqda. Bu jarayon qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari oqilona 
joylashishini ta'minlashga ham ijobiy hissa qo‘shadi. Natijada mehnat 
resurslaridan foydalanish koefEtsiyentining oshishi ham ta'minlanmoqda. 
1999-yilda respublikamizda mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti 
0,995 ga teng yoki iqtisodiy faol mehnat resurslarining 99,5 foizi ish bilan 
ta'minlangan bo‘lsa, 2007-yilda uning darajasi 99,6 foizni tashkil etgan. Bu 
ko'rsatkichni qishloq xo‘jalik tarmog‘i bo‘yicha aniqlash uchun xo‘jalikda 
ishlayotgan kishilar sonini mavjud boTgan mehnat resurslarining umumiy 
soniga taqsimlash lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari jami aholining 50,9 
foizini tashkil etadi. Ular o‘zlarining ongli, maqsadni ko‘zlagan faoliyatlari
116
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan boshqa tarmoqlar qatori qishloq xo'jaligining ham rivojlanishiga, uning 
samaradorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shmoqdalar. Mamlakatimiz 
hukumati tomonidan bandlik Dasturi qabul qilingan boiib, qishloq joylardagi 
mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga juda katta e'tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi 
«Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini 
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-308-sonli 
qarori hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21- 
apreldagi «2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer 
xo‘jaliklarida 
chorva 
mollari, 
birinchi 
navbatda 
qoramollar 
sonini 
ko'paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi 67-sonli qaroriga asosan Surxondaryo viloyati bo'yicha mehnat 
va ijtimoiy ta'minot bo'limlari tomonidan mehnat daftarchalari avvaldan 
mavjud bo'lgan 7232 nafar fuqaroning mehnat daftarchalariga mehnat 
faoliyatining boshlanishi to‘g‘risida yozuv kiritilgan hamda 9584 nafar 
fuqaroga yangi mehnat daftarchalari berilgan. Mazkur qaror asosida kam 
ta’minlangan oilalarga qoramol sotib olish uchun tijorat banklarining kredit 
liniyalari orqali ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish davlat jam g‘armasi 
mablag'laridan imtiyozli kreditlar berilmoqda va shu orqali ularning ish bilan 
bandligiga erishilmoqda.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə