Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi
7.4-chizma.
143
www.ziyouz.com kutubxonasi


Birinchi gurahga korxonalar hisobidan barpo etilgan, xo‘jalik 
boiimlarida joylashgan hamda mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ishlab 
chiqarish jarayonida ishchilarning hordiq olishi hamda boshqa shart- 
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan obyektlar tegishlidir. Bu guruh tarkibiga 
korxonadagi 
umumiy 
ovqatlanish 
punktlari 
(bufetlar, 
oshxonalar, 
tamaddixonalar), sog‘liqni saqlash va hordiq obyektlari (profilaktoriylar, dam 
olish xonalari, yuvinish xonalari va boshqalar), yong'in xavfsizligi punktlari 
kiradi.
Ikkinchi gurahga qishloq xo'jaligi korxonalarining aholi punktlarida 
joylashgan, aholining talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan va asosan 
davlat resurslari, agrosanoat uyushmalari, agrofirmalar mablag'lari hisobidan 
va xususiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilma 
obyektlari kiradi. Ular jumlasiga kommunal xo‘jaligi korxonalari, sog‘liqni 
saqlash, sport, ta'lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va 
klublar, savdo korxonalari hamda maishiy xizmat korxonalari taalluqlidir. 
Maishiy xizmat turlariga quyidagilar kiradi: poyabzal ta'mirlash, kiyim-kechak 
tikish, to‘qish va ta'mirlash, teleradio, video, audio apparatlari va ro‘zg‘or 
jihozlarini 
ta'mirlash, 
metall 
buyumlarini 
tayyorlash va 
ta’mirlash, 
avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish, mebel yasash va ta'mirlash, kiyimlarni 
kimyoviy tozalash va bo'yash, uy-joylami ta’mirlasb va qurish, suratxona va 
kinolabarotoriya xizmati, hammom xizmati, sartarosh va kosmetolog xizmati, 
buyumlami ijaraga berish xizmati, marosimlar o‘tkazish xizmati va boshqa shu 
kabilar.
Ijtimoiy infratuzilmaning ushbu obyektlari mehnat sohasi va ijtimoiy 
ahvolidan qat’i nazar qishloq joylaridagi aholining hammasiga xizmat 
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va mehnat resurslarini qayta tiklashga 
xizmat ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kommunal uy 
xo'jaliklari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, 
umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport-sog‘Iomlashtirish tashkilotlari, o‘quv 
markazlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha xizmat sohalari, aholiga transport 
hamda aloqa xizmati ko‘rsatuvchilar va boshqa shu kabilar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishchilaming mehnat jarayonida samarali faoliyat 
yuritishi uchun zarur shart-sharoitlami yaratishga yo‘naltiriIgan sohalar 
majmuidir. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining 
madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma 
sohalari yakuniy mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular 
ishlab chiqarish jarayonining normal davom etishi uchun shart-sharoitlami 
ta’minlaydilar. Bu o‘rinda xalqimizning «Yaxshi dam - mehnatga hamdam» 
maqolini misol keltirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi mehnatkashlarining yashash 
sharoiti, madaniy dam olishi, ularga ko'rsatiladigan maishiy xizmatlar
144
www.ziyouz.com kutubxonasi


qanchalik yaxshi bo‘lsa, ulaming mehnat unumdorligi ham shunga yarasha 
bo'ladi.
Ijtimoiy infratuzilmaning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning 
zarur malakadagi kadrlarga bo‘lgan talabini qondirishni tartibga soladi
kadrlarni takror ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligiga bog‘lanib ketishiga 
ko‘maklashadi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlaydi. 
Ijtimoiy infratuzilma bo‘limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ulaming oila 
a'zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlami 
yaratishda qatnashadi.
Ijtimoiy 
infratuzilma 
qishloq 
xo'jaligi 
ishlab 
chiqarishining 
xususiyatlarini aks ettiradigan o‘ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma 
obyektlari qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy resurslari va 
tadbirkorlarning pul mablag‘lari hisobiga yoki davlat investitsiyalarini 
qishloqlarda turar-joylar, bolalar bog'chalari, maktablar, poliklinikalar, aloqa 
tarmoqlari va boshqalar qurilishiga samarali sarflash orqali barpo etiladi. 
Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma bo‘limlari nafaqat qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida band ishchilarga, balki qishloq xo‘jaligi korxonasi hududida 
yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat ko'rsatadi.
Odatda, qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari xo'jalik hududi 
bo'yicha bo‘lib joylashtirilgan bo‘ladi, bu esa ulardan samarali foydalanishni 
qiyinlashtiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiylik xususiyati 
ijtimoiy infratuzilma bo'limlari va xizmat sohalari ishiga ham o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga 
muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo'jaligi korxonasining iqtisodiy 
rivojlanganlik darajasiga bogiiq boiadi. Xo‘jaliklar ijtimoiy infratuzilma 
boiimlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini 
ajratadilar. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirishga 
hukumatimiz 
tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman 
markazlarida ko‘proq joylashgan bo‘lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi 
punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati ortmoqda. Xizmat ko‘rsatish 
sohalarining rivojlanganlik darajasi 
mamlalcatning 
taraqqiy 
etganligi, 
jamiyatning rivojlanganligi va aholining turmush farovonligini ko'rsatuvchi 
muhim mezondir.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə