Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda qishloq



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

7.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda qishloq
xo‘ja!igi infratnzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
tadbirlar.
Prezidentimiz Islom Karimov o ‘zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari” 
nomli asarida 2009-yildagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri — bu 
mamlakatimizni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim 
omili 
sifatida 
ishlab 
chiqarish 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmani 
yanada 
rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdilar.
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e'tibor qaratishning bir qator sabablari 
mavjud. Jumladan:
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalami joylashtirish 
va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zamr qulay shart-sharoitlar 
yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish 
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va 
temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab 
chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. 
Bu esa, 
o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun 
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik 
suvi, energiya bilan ta'minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard 
natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
147
www.ziyouz.com kutubxonasi


To‘rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan 
keng koTamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o'rinlarini tashkil etish, aholining, 
ayniqsa, yoshlaming ish bilan bandligini ta’minlash, odamlaming daromadi va 
farovonligini oshirish imkonini beradi.
Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni 
ta'minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko‘p jihatdan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan 
ta’minlanganlik darajasiga bogTiq.
Zamonaviy 
ishlab 
chiqarish 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmani jadal 
rivojlantirishni ta'minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror 
yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida «2009-yilda ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida» maxsus dastur qabul qilindi va uning bajarilishi 
nazoratga olindi.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil 
va temir yoTIami rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2007-2010- 
yillarda umumiy foydalanishda boTgan avtomobil yoTlarini rivojlantirish 
dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha 
mintaqalari o‘rtasida yil davomida ishonchh transport aloqasini ta'minlamoqda. 
Jumladan, 2008-yil davomida 1108,0 mlrd. so'mlik temir yo‘1 transporti 
xizmatlari, 397,2 mhd. so‘mlik avtomobil yoTlari qurish va rekonstruksiyalash 
ishlari, 1375,0 mhd. so‘mlik aloqa xizmatlari, 1786,1 mlrd. so‘mlik elektr 
energiyasi 
ta’minoti 
xizmatlari 
ko‘rsatildi6. 
Buning 
natijasida 
mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji 
va uzluksizligi taTninlandi.
2009-yilda “Toshguzar - Boysun - Qumqo‘rg‘on” temh yo‘1 liniyasida 
obodonlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. 
2009-yilning 20-avgustidan boshlab mazkur tem h yoTdan yoTovchi poyezdlari 
qatnovi yoTga qo‘yildi. Natijada 
Termiz va Toshkent shaharlari orasida 
poyezd qatnovi uchun sarflanadigan vaqt 8 soatga qisqardi. Shuning 5,5 soati 
yangi temh yoTning ishga tushirilishi natijasida Termiz va Toshkent shaharlari 
orasida poyezd qatnovi masofasining 170 kilometrga qisqarishi evaziga, 3 
soatga yaqini esa Turkmanistonda passajir poyezdining ushlanib qolishiga 
barham berilganligi sababli qisqargan. Buning natijasida yoTovchilarga ancha 
qulayliklar yaratildi, chiptalar narxi ham ancha arzonlashdi.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirishda 
mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani
6 Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G'ofurov U.V., To'xliyev B.K. O'zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ’zbekiston shaioitida uni 
bartaraf etishning yo'llari va choralari” nomli asarini oYganish bo'yicha o’quv qoTlanma. -T.: 
Iqtisodiyot, 2009
148
www.ziyouz.com kutubxonasi


rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning ilk 
davridan mamlakatimiz hududi bo'ylab, qolaversa jahonning turli nuqtalari 
bilan tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng muhimi, ishonchli avtomobil yo'llar 
lizimining barpo etishga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra, hozirda 
yuqori darajadagi xalqaro standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning 
barcha hududlarini o‘zaro ishonchli bog'laydigan va mintaqaviy hamda jahon 
bozorlariga chiqishni ta'minlaydigan 0 ‘zbekiston milliy avtomagistralini 
qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha keng ko‘lamli dastur amalga 
oshirilmoqda. 
Buning 
natijasida 
umumiy 
foydalanishdagi 
avtomobil 
yoilarining uzunligi 42530 kilometrga yetdi (7. l-jadval).
7.1-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə