Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 10-BOB



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

206
www.ziyouz.com kutubxonasi


10-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA XARAJATLAR
VA MAHSULOT TANNARXI, ULARNIPASAYTIRISH
IMKONIYATLARI
• Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlar va ulaming turkumlanishi.
• Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va 
aniqlanish tartibi.
• Qishloq xo'jaligida xarajatlami tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish 
yo'llari.
10.1. Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlar va ularning turkumlanishi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari turli mahsulotlar ishlab chiqarish, 
xizmatlarni bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga 
oshiradilar. Masalan, urugTik, mineral va mahalliy o ‘g‘itlar, kimyoviy 
vositalar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, yem-xashaklar, asosiy vositalaming eskirish 
qiymati, xodimlaming mehnatlariga toTangan haqlar, soliqlar, mahsulotlami 
sotish bilan bogTiq boTgan xarajatlar va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqda qilinadigan xarajatlaming 
turkumlanishi 
1999-yil 
5-fevralda 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, 
xizmatlarjni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligida amalga oshiriladigan xarajatlar o‘zgaruvchan va 
doimiy xarajatlarga boTinadi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot hajmiga bogTiq boTmagan holda amalga oshiriladi. Mahsulot hajmi 
ko‘payishi yoki kamayishi bilan doimiy xarajatlar miqdori o'zgarmaydi. 
Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga toTanadigan ijara haqi, asosiy 
vositalaming amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga 
kiradi. 0 ‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining 
o'zgarishi bilan bevosita bogTiqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
miqdorining ko'payishi o‘zgamvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo 
etadi. Ularga urugTiklar, 
mineral va mahalliy o‘g‘itlar, yoqiig'i, ozuqa, 
mehnatga toTanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar 
kiradi.
207
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo'jaligidagi doimiy va o'zgaruvchan xarajatlaming harakati 
10.1 -chizmada keltirilgan.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə