Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi I



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

223
www.ziyouz.com kutubxonasi


I
11-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BAHOLARNING
SHAKLLANISHIVA UNITAKOMILLASHTIRISH
YO‘LLARI
• Qishloq xo'jaligida bahoning iqtisodiy mohiyati, shakllanishi va funksiyalari.
• Qishloq xo'jaligida qo‘llaniladigan baholaming turlari.
• Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jalik mahsulotlari baholarining 
shakllanishini takomillashtirish yoilari.
11.1. Qishloq xo‘jaligida bahoning iqtisodiy mohiyati, shaldlanishi va
funksiyalari.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan boiib, 
bu munosabatlar baholar yordamida amalga oshadi. Baho tovar qiymatining 
puldagi ifodasidir. Uning darajasi bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali, 
cheklangan xarajatlarga asoslanadi, ya’ni ular bahoning iqtisodiy asosini tashkil 
etadi. Har qanday xarajatlar ham samarali hisoblanmaydi. Shuning uchun 
ma'lum bir miqdorgacha boigan, ya’ni maqsadga muvofiq sarflangan 
xarajatlargina e'tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqoridagi holat 
bilan birgalikda talab va taklif o‘rtasidagi munosabat ham baho shakllanishiga 
ta'sir ko'rsatadi. Raqobatli bozorda talab va taklifning o‘zgarishi baholar 
darajasi o'zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun korxonalar bozor 
talabini hamda taklifini chuqur o'rgangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
yetishtirishlari lozim. Bunda ular imkoniyat doirasida ishlab chiqarish 
xarajatlarini tejashga alohida e'tibor berishlari kerak. Buning uchun mahsulot 
yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga, ilg‘or texnologiyalami 
joriy etishga hamda mavjud bo'lgan barcha tabiiy va iqtisodiy resurslardan yil 
davomida oqilona va samarali foydalanishga alohida e'tibor berishlari lozim.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo'lgan talab hozirgi davrda quyidagi 
omillarga bog‘liq: iste'molchilarning daromadi, didi, o‘rindosh tovarlarning 
bahosi, xaridorlar soni va boshqalar. Mahsulotlarga bo‘lgan talabni o'rganishda 
xalqimizning milliy urf-odatlarini, albatta, e'tiborga olish kerak. Jumladan, 
xalqimizning non va non mahsulotlarini, gumchni, go'sht mahsulotlarini 
ko'proq iste'mol etishga moyilligini inobatga olish lozim. Qishloq xo‘jalik 
korxonalari o‘z mahsulotiarini xaridorlaming talabini e'tiborga olgan holda 
taklif etishlari shart. Bunda ular yetishtiriladigan mahsulotlar uchun
224
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlatiladigan resurslar bahosiga, qollanilayotgan texnologiyalar darajasi va 
samarasiga, soliq stavkasiga, raqobatchi ishlab chiqaruvchilarning soniga va 
boshqalarga asoslanishlari lozim.
Qishloq 
xo‘jalik 
mahsulotlari 
bahosining 
shakllanishiga 
mahsulotlaming naflilik darajasi ham ta'sir ko‘rsatadi. Agar mahsulot insonlar 
ehtiyojini qondirishda qanchalik yuqori naflilik darajasiga ega bo‘lsa, uning 
bahosi shunchalik yuqoriroq shakllanadi va aksincha bo‘lsa baho pastroq 
shakllanadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining bahosi shakllanishiga tarmoqning 
quyidagi o‘ziga xos xusuiyatlari ham ta'sir ko‘rsatadi:
- qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi. Qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirishda o‘simliklar ma’lum vegetatsion davrni bosib o‘tadi 
va barcha ishlab chiqaruvchilaming mahsuloti deyarli bir vaqtda tayyor bo‘ladi. 
Bu esa qishloq xo'jalik mahsulotlarining taklifi keskin ortishi va o‘z navbatida 
bahoning pasayishiga olib keladi;
- qishloq xo'jalik mahsulotlarining saqlash uchun noqulayligi. 0 ‘zida 
qayta ishlovchi korxonalari boMmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari 
yetishtirgan mahsulotlarini tezroq sotishga harakat qiladi. Bu ham qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari bahosining pasayishiga olib keladi;
- turli tabiiy-iqlim sharoitlari ham baho shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, 2007-yilning qish oylarida haroratning keskin pasayib ketishi 
natijasida ayrim o'simliklar va chorva mollari nobud bo‘ldi. Bu esa qishloq 
xo'jalik mahsulotlari taklifini kamaytiradi va bahoning ko‘tarilishiga olib 
keladi. 2008-yilda suv taqchilligi oqibatida mamlakatimizda sholi hosili keskin 
kamaydi, bu hol bozorlarda guruch bahosining 3-4 barobar oshib ketishiga olib 
keldi.
Qishloq xo'jaligida shakllanayotgan muvozanatli baholar xo‘jalik 
nuqtai nazaridan quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- qishloq xo'jalik korxonasining ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash;
- qishloq xo‘jalik korxonasining davr va moliyaviy xarajatlarini hamda 
tasodifiy zararlarini qoplash;
- xo'jalikka kelajakda rivojlanishini ta'minlaydigan optimal miqdorda 
foyda keltirish.
Muvozanatli baholar 
iste’molchilar 
hamda 
mahsulot 
ishlab
chiqaruvchilaming xarajatlarini, daromadlarini, foydalarini to‘g‘ri taqsimlab, 
ulaming iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga samarali ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida 
shakllangan baholar yuqorida 
keltirilgan
xarajatlami qoplash 
imkonini 
bermasa, oxir-oqibat qishloq xo‘jalik
korxonasining faoliyatida salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli 
xarajatlami tejash, 
mahsulot 
sifatini 
yaxshilash, 
sotish 
jarayonini
225
www.ziyouz.com kutubxonasi


takomillashtirish va boshqalar orqali muvozanatli bahoni shakllantirishga 
erishish lozim.
Demak, talab va taklif omillari hamda korxonalaming maqsadiarini 
e’tiborga olgan holdagina muvozanatlashgan baho shakllanadi. Muvozanatli 
baho esa iqtisodiy jihatdan asoslangan hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan 
asoslangan muvozanatli baho 11.1-chizmada keltirilgan fiinksiyalami bajaradi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə