Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Qisqacha xulosalar
Qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish negizida 
rivojlantirish hamda samaradorligini yuksaltirish uchun ma’lum miqdorda 
moddiy, mablag1 va mehnat sarflar talab etiladi. Ular yordamida ishlar, 
xizmatlar bajarilib, turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Bunday sarflar 
doimiy va o'zgaruvchan xarajatlardan iborat bo'ladi. Xarajatlar iqtisodiy 
elementlar, mahsulot yetishtirish texnologik jarayonlari, muddatlari va boshqa 
maqsadlarga ko‘ra turkumlashtiriladi. Ular yalpi va o'rtacha xarajatlardan 
tashkil topadi. Qishloq xo'jalik korxonalarida xarajatlami tejash va mahsulot 
tannarxini pasaytirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki u korxonaning yil 
yakuni bo‘yicha oladigan foydasi summasiga bevosita ta'sir qiladi.
Yalpi va o'rtacha xarajatlar miqdorini kamaytirish maqsadida 
tarmoqdagi barcha jarayonlami mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, 
elektrlashtirish natijasida xarajatlami tejash, ekinlar hosildorligini, chorva 
hayvonlari mahsuldorligini oshirib, mahsulotlar sifatini yaxshilashga erishish 
lozim.
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida xarajatlami 
tejash, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, tannarxni pasaytirish evaziga 
ichki va jahon bozorida mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish 
Inqirozga qarshi choralar dasturining asosiy yo'nalishlaridan biridir.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Qishloq 
xo‘jaligida 
amalga 
oshiriladigan 
xarajatlar 
qanday 
turkumlanadi?
2. Jami va o‘rtacha xarajatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Qanday xarajatlami doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar deb atash 
mumkin?
4. Xarajatlar elementlari va moddalari haqida qanday tushunchaga egasiz?
5. Mahsulot tannarxi deganda nimani tushunasiz?
6. Mahsulot tannarxining qanday turlari mavjud?
7. Mahsulot tannarxi tarkibiga qanday xarajatlar kiradi?
8. Xarajatlami kamaytirish, tannarxni pasaytirishga qanday chora-tadbirlar 
yordamida erishish mumkin?
221
www.ziyouz.com kutubxonasi


9. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tannarxni pasaytirish 
bo'yicha qanday tadbirlar amalga oshrilmoqda?
10. Inqirozga qarshi choralar dasturida xarajatlami tejash bo‘yicha qanday 
choralar belgilangan?

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə