mumkin. Bundan tashqari, mazkur holat aholini yil davomida qishloq xo'jalik
mahsulotlari bilan ta'minlashga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosini takomillashtirishda qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy
minitexnologiyalarga asoslangan kichik korxonalami barpo etishga alohida
e'tibor berish lozim. Shu orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabni oshirish,
mahsulotlami sotishda erkin bozomi shakllantirish ta'minlanadi va qishloq
hududlarida qo'shimcha ish o ‘rinlari tashkil etishga ham erishiladi.
Shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalarining o‘z mahsulotlarini tashqi bozorda
erkin sotish jarayonini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholari barcha xarajatlami qoplab,
optimal miqdorda foyda olishni ta’minlashi maqsadga muvofiqdir. Buning
uchun qishloq xo‘jalik korxonalari fan-texnika yutuqlarini, samarali
texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etishlari, ishchi va xizmatchilarning
bilim va malakalarini hamda tadbirkorlik faoliyatlarini yuksaltirishga erishish
orqali mahsulot sifatini yaxshilash va xarajatlami tejashga erishishlari lozim.
Bunday tartibda shakllangan baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan
bo‘lib, ular o‘z vazifalarini to‘liq bajarishlari mumkin. Shtmday baholargina
tomonlaming manfaatlarini samarali ravishda qondirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: