Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

11.4-chizma
Ushbu o‘zgarishga ta'sir etgan asosiy omillar quyidagilar:
- ma'lumotlarga qaraganda 2007-yilda dunyo bo‘yicha so'nggi 30 yil 
mobaynida eng kam bug'doy yetishtirilgan. Natijada bug‘doy bahosi 
Yevropa Ittifoqida 64,3 foiz, AQShda 54,4 foiz, Avstraliyada 23,3 foiz, 
0 ‘zbekistonda esa 17,0 foizga oshgan;
- Kanadada bug‘doy maydoni 17 foizga qisqargan, ob-havoning issiq-quruq 
kelishi sababli oxirgi 37 yilda (1970-yildan keyin) eng kam hosil 
yetishtirilgan, eksport hajmi 22 foizga kamaygan;
- Avstraliyada bug‘doy hosildorligi oldingi yillarga nisbatan past bo'lgan;
- Argentinada bug‘doy eksportiga cheklovlar o‘matilishi mumkinligi 
bildirilgan;
234
www.ziyouz.com kutubxonasi


- G‘arbiy Yevropada kuchli yog'ingarchiliklar sababli hosildorlik keskin 
kamaygan;
- Ukrainada bug‘doy eksportiga cheklov joriy qilingan;
- Shimoliy Afrikada qurg‘oqchilik sababli hosildorlik 76 foizga kamaygan, 
importga talab 2 baravar (3 mln. tonna) oshgan;
- AQShda bug‘doy hosili kutilgan natijalami bermagan;
- yaqin 30 yil ichida dunyo bug‘doy zahiralari eng past darajaga tushgan, 
eksport qiluvchilaming zahiralari 40 foizga qisqargan.
Qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish 
maqsadida yetishtirilgan mahsulotlarining ma’lum bir qismini o‘z ehtiyojlari 
uchun (urug‘lik, yem-xashak, umumiy ovqatlanishga va hokazo) ishlatadilar. 
Bu jarayonda qatnashadigan mahsulotlami xo‘jalikda hisobga olishda 
tannarxlari bo‘yicha baholanadi. Shuning uchun bunday baholar tannarx 
baholari ham deyiladi.
Xo'jaliklar ma'lum miqdordagi ortiqcha mahsulotlarini fiiqarolarga 
chakana baholarda sotishlari mumkin. Har bir fuqaro o‘z ehtiyojlari uchun 
kerak bo‘ladigan mahsulotlami dehqon bozorlaridan, do‘konlardan sotib olishi 
mumkin. Bu jarayonda foydalanilgan baholar chakana baholar hisoblanadi.
Korxonalar iqtisodiyotining bir necha yillik ko'rsatkichlarini tahlil 
qilishda qiyosiy baholardan foydalaniladi. Qiyosiy baholar asosida mamlakat 
miqyosidagi ma’lum bir yilning haqiqiy o‘rtacha bahosi yotadi. Hozirgi davrda 
qiyosiy 
(taqqoslama) 
baho 
sifatida 
1996-yildagi 
qishloq 
xo'jalik 
mahsulotlarining haqiqiy baholari olingan. Kelajakda qiyosiy baho uchun 
inflyatsiya va boshqa iqtisodiy masalalami e'tiborga olgan holda boshqa 
yilning haqiqiy bahosi asos qilib olinishi mumkin.
Transfert baholar - bir birlashma yoki korporatsiya ichidagi o‘zaro 
hisob-kitobda qoTlaniladigan baholardir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining mutlaq miqdori bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish davrida talab va taklifdan, fan-texnika taraqqiyoti 
talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgarib bormoqda.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə