Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Paxta xomashyosi va bug‘doy uchun o‘rnatilgan o‘rtacha davlat xarid



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Paxta xomashyosi va bug‘doy uchun o‘rnatilgan o‘rtacha davlat xarid
narxlari o‘zgarish dinamikasi (so‘m/sentner)
Mahsulotlar
Davlat xarid narxlari
2009-yilda 
1995-yilga 
nisbatan, marta
1995-yil
2002-yil
2009-yil
Paxta xomashyosi
800
10460
50200
62,8
Bug‘doy
250
5295
20300
81,2
Manba: Respublika Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi ma'lumotlari.
Davlat xarid narxlari 1995-2009-yillarda paxta xomashyosi bo‘yicha 
62,8 marta, bug‘doy bo'yicha esa 81,2 marta oshgan. Paxta xomashyosi xarid 
narxlari uning sanoat navlari, sinflari hamda tolasining tiplari bo‘yicha ham 
belgilanadi. Masalan, 2009-yilda paxta xomashyosining sanoat navlari, sinflari 
va paxta tolasining tiplariga qarab 1 sentnerining xarid narxlari 13270 so‘mdan 
89616 so‘mgacha o'zgaradi. Demak, sifatni e’tiborga olgan holda belgilangan 
davlat xarid narxlarining mutlaq miqdori paxta xomashyosining sanoat navlari, 
sinflari va paxta tolasining tiplari bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi. 
Mazkur holat dehqonlami imkon qadar yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega 
mahsulot yetishtirishga rag‘batlantiradi. Boshoqli donlaming ham xarid 
narxlari ulaming sifatlariga qarab o ‘matiladi, ya'ni mahsulot sifati yuqori 
bo‘lsa, xarid narxlari ham yuqori bo‘ladi. Baholar rag‘batlantiruvchi vazifani 
bajarishi lozim, ya’ni 
dehqonlar o‘z mahsulotlarini yuqori sifatda 
yetishtirishdan manfaatdor bo'ladilar. Respublikamiz hukumati mazkur 
masalaga alohida e’tibor bermoqda va bu yaxshi natijalar bermoqda. Jumladan, 
davlatning xo'jaliklami rag‘batlantirish maqsadida o‘z buymtmasi uchun 
bug'doyning xarid narxlarini yil sayin oshirishi uning yalpi hosili oshishiga 
ijobiy ta'sir etmoqda. Bu hol baho va yalpi hosil o‘rtasida o‘zaro bog'liqlik, 
ya’ni elastiklik mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Davlat o‘z buyurtmasi bo‘yicha sotib olayotgan bug'doyning xarid 
narxini so‘nggi yillarda yuqori sur'atlar bilan oshirishi uning yalpi hosili 
oshishiga olib keldi. Bunga davlat xarid baholarining shunday sur'atlarda 
oshishidan ishlab chiqaruvchilar manfaatdor bo‘lganligi tufayli erishilmoqda.
228
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat ehtiyojlari 
uchun yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilib borilmoqda. 
2002-yilgacha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtimvchilarga tayyorlov 
korxonalari tomonidan bo‘nak berilar edi. 2003-2004-yillarda ayrim 
viloyatlarda fermer xo‘jaliklarini bo‘naklashning amaldagi mexanizmi o‘miga, 
xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining imtiyozli kreditlash mexanizmi sinov 
tariqasida joriy etildi. 2005-yil hosilidan boshlab paxta, 2006-yil hosilidan 
boshlab esa g'alla yetishtirish xarajatlarini to'liq hajmda imtiyozli kredit 
ajratish orqali moliyalashtirish yo‘lga qo'yildi.
Davlat ehtiyojlari uchun topshiriladiga paxta xomashyosi va g'alla 
yetishtirishni bo'naklash ayrim kamchiliklardan xoli emas edi, ular quyidagilar:
- bo'nak mablag'lari texnologik xaritaga muvofiq barcha xo‘jaliklarga bir 
vaqtda ajratiladi va bunda mahalliy sharoit, rentabelli faoliyat yuritayotgan, o‘z 
aylanma mablag'iga ega bo'lgan aksariyat xo'jaliklaming moddiy-texnik 
resurslarga bo'lgan ehtiyoji inobatga olinmaydi;
- xo‘jaliklami moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanishga 
rag‘batlantirmaydi va ayrim xo‘jalik rahbarlarida boqimandalik kayfiyatini 
vujudga keltiradi;
- fermerlar o‘z xo‘jaliklarining moliyaviy mablag‘lar oqimini mustaqil 
belgilab borish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar va bu o‘z navbatida fermerlarda 
haqiqiy mulkdorlik hissining to iiq shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
- fermer xo‘jaliklari soni ko'payishi va bu orqali davlat ehtiyojlari uchun 
mahsulot topshiruvchi xo'jaliklar soni keskin oshib borishi natijasida 
ajratilayotgan transh mablagiarini tayyorlov korxonalari tomonidan har bir 
xo'jalikka o‘z vaqtida yetkazib berishda qiyinchiliklar vujudga keladi;
- qishloq joylarda bank amaliyotlari, ayniqsa kredit operatsiyalari rivojlanishi 
sekinlik bilan o‘tadi;
- qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar orasida raqobat tegishli 
darajada rivojlanmaydi.
2005-yil 11-avgustda Adliya vazirligida 1508-raqam bilan ro‘yxatdan 
o'tgan “Qishloq xo'jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid 
qilinadigan paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan 
kreditlash tartibi” to‘g‘risidagi Nizomga asosan:
- kreditlar davlat ehtiyojlariga sotiladigan mahsulot qiymatining 60 
foizigacha miqdorlarda yillik 3 foizlik ustama haq toiash sharti bilan 
(2 
foizlik qismi bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta xomashyosi uchun 
18 oygacha boigan muddatga beriladi. Bunda kreditlar agrotexnik tadbirlar 
muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
a) paxta xomashyosi uchun yilning 1 -yanvariga qadar paxta xomashyosi 
qiymatining 10 foizigacha, 1-aprelga qadar 25 foizigacha, 1-iyulga qadar 50 
foizigacha, 1-sentabrga qadar 60 foizigacha;
229
www.ziyouz.com kutubxonasi


b) g‘alla uchun yilning 1-yanvariga qadar g‘alla qiymatining 35 
foizigacha, 1-aprelga qadar 50 foizigacha, 1-iyunga qadar 60 foizigacha.
- kreditlar ish haqi va unga tegishli ajratmalami to‘lash, MTPlar, Suvdan 
foydalanuvchilar uyushmalari va qishloq xo'jalik texnikasi mavjud boTgan 
boshqa xo‘jalik subyektlarining xizmatlari va olingan urugTik uchun 
toTovlami amalga oshirish, lizingga olingan texnika vositalarining lizing va 
sug‘urta toTovlari, foydalanilgan elektr energiyasi, yagona yer soligT 
toTovlariga, mineral o‘g‘it va o‘simliklami biologik va kimyoviy himoya qilish 
vositalarini, xo‘jalik ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlar va boshqalami 
xarid qilish uchun ajratiladi.
Xo‘jaliklami to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli kreditlash mexanizmining 
afzalliklari quyidagilar:
- mablagTar feimer xo‘jaliklariga ulaming o‘z ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ajratib boriladi, bu esa o‘z navbatida mablagTaming muvaqqat
hisob raqamlarida ishlatilmasdan qolib ketilishi hollariga chek qo‘yadi;
- moliyaviy mablagTami mustaqil ishlatish imkonining yaratilishi olingan 
kreditlardan samarali foydalanishga olib keladi. Fermer xo‘jaliklarining paxta 
xomashyosi va g‘alla yetishtirish xarajatlarining ayrim turlari bo‘yicha 
toTovlarga ehtiyoji boTmagan holda, ular mazkur mablagTami texnologik 
xaritalarda belgilangan boshqa xarajatlarga ishlatishi mumkin;
- moddiy-texnik resurslarga ehtiyoji boTmagan holda asossiz oldindan 
toTovlami amalga oshirish holatlariga chek qo'yiladi, buning natijasida xizmat 
ko'rsatuvchi tarmoq korxonalarining qishloq xo'jalik korxonalari oldida katta 
miqdorda kreditorlik qarzlari vujudga kelishi oldi olinadi;
- xo‘jaliklar tomonidan kredit mablagTaridan mustaqil va oqilona 
foydalanishi natijasida yonilgT-moylash materiallari va mineral o ‘g‘itlami 
samarali ishlatish bo‘yicha manfaatdorlikni oshiradi;
- tijorat banklari va xo'jaliklaming ajratilgan kredit mablagTarini o‘z 
vaqtida qaytarilishida mas’uliyatini va manfaatdorligini yanada oshiradi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya 
shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun ulaming asosiy talab qilib 
olinguncha depozit hisobvaragTga xizmat ko'rsatayotgan tijorat bankiga 
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ariza;
- kontraktatsiya shartnomasining nusxasi;
- kreditga boTgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes reja;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
- debitor-kreditor qarzlar to‘g‘risida maTumotnoma (2a-shakl).
Qishloq xo‘jalik korxonalari uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab 
chiqilgan kontraktatsiya shartnomasining namunaviy shaklida talab etiladigan
230
www.ziyouz.com kutubxonasi


barcha 
bandlar 
kiritilgan. 
Undan 
foydalangan 
holda 
kontraktatsiya 
shartnomalarini tuzish maqsadga muvofiqdir.
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo'jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarilishini imtiyozli kreditlar orqali moliyalash tartibi
11.3-chizmada keltirilgan.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə