Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 12-BOB



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

239
www.ziyouz.com kutubxonasi


12-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQITSODIY
SAMARADORLIK VA UNIOSHIRISH YO‘LLARI
• Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlik tushunchasi, uning ahamiyati.
• Qishloq xo‘jalik 
korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi 
ko'rsatkichlar, ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo'jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari.
12.1. Qishloq xo‘ja!igida iqtisodiy samaradorlik tushunchasi, uning
ahamiyati.
Qishloq xo'jaligi tarmog'ida mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan korxonalar ishlab chiqarish faoliyatida har xil qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari yetishtiradilar, xizmatlami bajaradilar. Ular dastavval natural 
shaklida hisobga olinadi, keyin ular sotiladi va bir qismi ichki iste'mol uchun 
ishlatiladi. Bunda mahsulot yetishtirish, ish va xizmatlar bajarish jarayonining 
samaradorligi tovar-pul munosabatlari yordamida aniqlanadi.
Iqtisodiy fanlarda «samara» va «iqtisodiy samaradorlik» tushunchalari 
mavjud. Ular mamlakat, tarmoq, korxona va ayrim mahsulotlar bo‘yicha 
aniqlanishi 
mumkin. 
«Iqtisodiy 
samaradorlik» 
tushunchasi 
«samara» 
tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega. Iqtisodiy samaradorlik 
deganda ma’lum davrda amalga oshirilgan tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar ular natijasida olingan sof foyda summasi bilan taqqoslanadi. Shunda 
sarflangan xarajatlar evaziga olingan sof foyda summasi qancha ko‘p bo‘lsa, 
iqtisodiy samaradorlik darajasi shuncha oshgan hisoblanadi va aksincha. 
Samara esa biror tadbimi amalga oshirish orqali erishilgan natijani ifodalaydi. 
Masalan, mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida hosildorlikning oshishi va 
boshqalar.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yalpi mahsulot miqdorini ko'paytirish 
va sifatini yaxshilash, xarajatlami tejash iqtisodiy samaradorlik darajasini 
oshirishga olib keladi. Bu hol, o‘z navbatida, korxona ishchi-xizmatchilarini 
moddiy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning ish 
haqlarini oshirish hamda mukofotlash uchun, mahalliy va davlat byudjetiga 
to'lovlami o‘z vaqtida amalga oshirish va nihoyat, korxona ishlab chiqarishini
240
www.ziyouz.com kutubxonasi


kengaytirilgan takror ishlab chiqarish zaminida rivojlantirish imkoniyatini 
yaratadi. Natijada ishlab chiqarishga yangi texnikalar, samarali texnologiyalarni 
joriy etish ta'minlanadi. Bu hol mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasini 
yuksaltirib, unumdorligi oshishini ta’minlaydi.
Demak, iqtisodiy samaradorlikning o'sishi korxonalaming ham, 
davlatning ham iqtisodiyoti yuksalishi negizidir. Shuning uchun bu masalaga 
respublikamizda alohida e'tibor berilmoqda. Respublikamiz hukumati 
tomonidan qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatining samaradorlogini 
oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, ularga kredit olishda, soliqlar 
toMashda imtiyozlar yaratilmoqda, chet el investitsiyalarini jalb etishda yordam 
ko‘rsatilmoqda. 
Bulaming 
barchasi 
korxonalar 
faoliyatining 
iqtsodiy 
samaradorligi 
yuksalishini 
ta’minlashga 
qaratilgandir. 
Buning 
uchun 
korxonalar o‘z faoliyatlari bilan bog'Iiq bo‘lgan huquqiy, tashkiliy, texnologik 
hamda iqtisodiy tadbirlami o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishIari zamr.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə