Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

7.2. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil
etilishi.
Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi - tarmoqdagi korxonalarning samarali 
faoliyatini ta'minlash, qishloq xo'jaligining pirovard mahsulotini ko'paytirish 
va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan sohalar majmuidir. Qishloq xo'jalik 
korxonalarining faoliyatida infratuzilma sohalari, jumladan elektr energiyasi 
ta'minoti, transport xizmati, aloqa xizmati, mahsulotni saqlash joylari, 
ta'mirlash va texnik xizmat, 
moddiy-texnika ta'minoti tashkilotlari, 
muhandislik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati, mahsulotlami iste'molchiga 
yetkazib berishni ta'minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilaming 
rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining hajmi tarmoqning ishlab 
chiqarish fondlari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan birga 
xizmat qiluvchi sohalaming rivojlanganlik darajasiga ham bevosita bog'liq. 
Infratuzilma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va 
samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Xomashyo, material va 
tayyor mahsulotning o‘z vaqtida olib kelinishi xo‘jalik aylanmasida bo'lgan 
resurs hajmini belgilaydi. Elektrlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va 
ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur'atda o‘sishiga nafaqat 
qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqarish mablag‘larining miqdoran o'sishi 
hisobiga, balki mablag1 resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan 
xizmat tizimi tashkil etilishi hisobiga ham erishiladi. Bozor munosabatlari 
rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish 
vazifalari ham o ‘zgaradi.
Qishloq 
xo‘jaligi 
infratuzilmasining 
asosiy 
maqsadi 
tarmoq 
korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga shart-sharoit yaratish va qishloq 
aholisining turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilishdir. Infratuzilmaga 
kiradigan sohalar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta'sir ko'rsatmaydi va 
ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma 
tarmoqlarini asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha turkumlash muhim ahamiyatga 
ega. Infratuzilma turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun sohaning 
jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o‘rinlarini belgilashga yordam beradi. U 
tannoqlararo aloqalami o‘rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat 
ko'rsatish tarmoqlari orasida optimal muvozanatni belgilashda ko‘maklashadi.
Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi elementlarini quyidagi uch xususiyati 
orqali turkumlashtirish mumkin:
• ishlab chiqarish jarayoniga ta'siri darajasi bo'yicha;
• hududiy xususiyati bo‘yicha;
• tarmoqlar xususiyati orqali.
134
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining turkumlanishi 7.2-chizmada 
keltirilgan.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə