tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari aniq va ravshan belgilab
qo‘yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlashda lizing imkoniyatlaridan keng foydalanishga
alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan Prezidentimiz farmoniga ko‘ra qishloq
xo'jalik texnikalarining lizing muddati 7 yildan 10 yilga uzaytirildi hamda
qishloq xo'jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha tashkil etilgan
Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008-yili 43 milliard so'mdan ziyod
mablag* ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag'
yo'naltirilgan.
2008-yilda lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd.
so‘mlik 3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham
7547 ta texnikani lizing va kredit asosida olingan bo‘lib, shu orqali qishloq
xo‘jalik korxonalarining texnika ta'minotini yaxshilashga ijobiy ta’sir
ko‘rsatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: