Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining turkumlanishi



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining turkumlanishi.
7.2-chizma.
Qishloq xo'jalik infratuzilmasini ishlab chiqarish jarayoniga ta'siri 
darajasi bo'yicha quyidagi ikki guruhga bo'lish mumkin:
• ishlab chiqarish infratuzilmasi;
• noishlab chiqarish infratuzilmasi.
Hududiy xususiyati bo‘yicha infratuzilma quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi:
• xalq xo'jaligi miqyosidagi infratuzilma;
• mintaqa miqyosidagi infratuzilma;
• mahalliy infratuzilma.
135
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xalq xo'jaligi infratuzilmasi butun xalq xo'jaligining samarali ishlashiga 
xizmat qiladigan soha va xizmatlardan iborat. Unga energetika, transport, aloqa 
tizimlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Mintaqaviy infratuzilma alohida 
iqtisodiy hududlaming rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga xizmat 
qiluvchi sohalar majmui shakllanishi bilan bog‘liq. Mahalhy inffatuzilma esa 
alohida korxonalaming faoliyatiga xizmat ko'rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatlari bo‘yicha inffatuzilma tarmoqlararo inffatuzilma 
va tarmoq ichki infratuzilmasiga bo‘linadi. Tarmoqlararo infratuzilma xalq 
xo'jaligining ko‘pgina tarmoqlariga xizmat qilishga yo‘naltirilgan. Tarmoq 
ichki inffatuzilmasi esa aniq bir tarmoqning ishlashiga yordam beradi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasi. 
Qishloq 
xo'jaligining ishlab chiqarish inffatuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi: ishlab chiqarishga 
yo‘naltirilgan transport, yo‘l xo‘jaligi, ta'mirlash ustaxonalari, ombor 
xo‘jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish 
liniyalari, texnik xizmat stansiyalari, ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari, 
o‘simliklar muhofazasi, veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar 
ko‘rsatuvchilar kiradi (7.3-chizma).
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko'pgina omillar 
ta'sir etadi. Ulaming ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan 
ta'minlanishi, y o ila r holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish 
obyektlarining joylashishi, qoilanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarish 
ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga alohida e ’tibor beriladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda 
agrosanoat majmuasining ham o‘mi katta. Chunki agrosanoat majmuasining 
uchinchi bo‘g‘iniga qishloq xo‘jaligiga turli xizmatlami ko'rsatuvchi sohalar 
kirsa, to‘rtinchi bo‘g‘iniga esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, 
tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish inffatuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi 
faoliyatini takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq 
xo'jalik korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga 
ega.
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan boTib, bular qatoriga elektr 
uzatish, yo‘1 xo‘jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar 
rivojlangan davlatlardagi kabi davlat tasanufida boTib qolishi maqsadga 
muvofiqdir. Chunki bozor munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda 
faoliyat yurituvchi yirik korxonalar soni kam boTadi va ular xususiylashtirilsa, 
yirik monopolistlar paydo boTishi mumkin.
136
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi
7.3-chizma
Qishloq 
xo'jaligi 
korxonalari 
faoliyatida 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasining bir turi bo‘lgan aloqa xizmatining o‘mi va ahamiyati juda 
muhimdir. Chunki, qishloq xo'jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda 
aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo'jalikning ichki tizimida 
bo‘layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali xabardor b o iib turish 
hamda yuzaga kelgan muammolami o‘z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi.
137
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlami sotishda bozor konyunkturasini 
o‘rganish va baholaming o‘zgarib turishidan xabardor bo‘lish jarayonida ham 
aloqa xizmati zarur bo'ladi. Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan 
foydalanish qishloq xo'jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri 
tashkil etish va xarajatlami tejashga ko'maklashadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo‘l 
xo‘jaligidir. Qishloq xo'jaligida eng ko‘p tarqalgan va asosiy tarmoq avtomobil 
yo'llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan yoMlar qishloq 
xo'jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’molchilargacha yetkazish kabi 
keng koMamli va salmoqli vazifalami bajaradi. Xo‘jalik ichidagi yoMlar 
mahsulot ishlab chiqarish bilan bogMiq boMgan barcha faoliyatlarga xizmat 
qiladi. Qishloq xo‘jaligida yoMlaming joylashishi, asfaltlanganlik darajasi va 
tekisligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda o‘z ta'sirini ko'rsatadi.
Mamlakatimizda 
Prezident 
Islom 
Karimov 
rahnamoligida 
mustaqilligimizning dastlabki yillaridan dunyo bozoriga yangi yoMlar ochish, 
yurtimizni boshqa davlatlar, mintaqalar bilan bogMaydigan transport 
kommunikatsiyalari barpo etish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. 
Qamchiq dovoni orqali Farg'ona vodiysini, “Navoiy-Uchquduq-Sulton 
Uvaystog‘-Nukus” temir yoMi orqali shimoliy mintaqalarni mamlakatimizning 
markaziy hududlari bilan bog‘lashga erishildi. Amudaryo uzra bunyod etilgan 
mahobatli ko‘prik QoraqalpogMston va Xorazm vohasini mamlakatimizning 
boshqa viloyatlari bilan tutashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Temir yo‘l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining asosiy qon 
tomiri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk tashishning qariyb 70 
foizi, eksport va import uchun yuk tashish umumiy hajmining esa 80 foizi temir 
yo‘1 orqali amalga oshirilmoqda.
Mustaqillikning 16 yilligi arafasida qurib bitkazilgan “Toshguzar- 
Boysun-Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi yagona milliy temir yo‘l tizimini 
yaratish 
borasida 
amalga 
oshirilgan 
navbatdagi 
muhim 
bosqichdir. 
Qashqadaryo viloyatining Toshguzar qishlog'idan boshlanib Surxondaryo 
viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani markazigacha davom etadigan, dengiz 
sathidan 1800 metr balandlikdagi Hisor tog‘ tizmalarini kesib o'tgan bu yangi 
temir yo‘lning loyiha qiymati 447 mln. AQSh dollariga teng bo'lib, uni 
rejalashtirish va amalga oshirishda Yaponiyalik hamkorlarimiz yaqindan 
yordam berdilar.
Uzunligi 223 kilometrdan iborat bu temir yo‘1 qisqa davrda, hammasi 
boMib 33 oyda, muddatidan ikki oy oldin ishga tushirildi va mazkur temir yo‘1 
mamlakatimizning janubiy mintaqalari va poytaxtimiz orasidagi yuk va 
yoMovchi tashish masofasini 170 kilometrga qisqartirdi.
Mazkur temir yoMning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun quyidagi 
ijobiy ta’sirlari bor:
138
www.ziyouz.com kutubxonasi


- respublikamizning janubiy mintaqasi — Qashqadaryo va Surxondaryo 
vohalarini boshqa hududlar bilan bog'laydi. Vatanimizning janubiy hududlarini 
har tomonlama keng qamrovli va ishonchli, mustahkam va samarali yo‘l bilan 
bog‘laydi;
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chetda qolib kelayotgan boy 
gaz, rangli metall, ko‘mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa foydah 
qazilmalarini o‘zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi;
- temir yo‘1 qatnovining yo‘lga qo'yilishi bu yerda iqtisodiyot boshqa sohalari 
va infratuzilma obyektlari rivojlanishiga imkon yaratadi. Tog‘-kon sanoati, 
qurilish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan ijobiy o‘zgarishlar hisobiga 
tegishli mintaqalaming ishlab chiqarish quwatlarini izchil rivojlantiradi;
- bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi shu mintaqada yashaydigan 
aholini ish bilan ta’minlashga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Temir yo‘1 transporti 
tizimida, uning korxona va tashkilotlarida, joylarda tashkil etilayotgan 
infratuzilma obyektlarida ko‘plab yangi ish o'rinlari ochish imkoni yuzaga 
keladi;
- bu yo‘1 0 ‘zbekistonning chet davlatlarga, aw alo Transafg‘on temir yo‘l 
koridori orqali yaqin kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hind okeani, Janubiy va 
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, 
shu bilan birga, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini 
keskin oshiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri elektr 
ta'minoti tizimidir. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq 
xo'jaligida ham elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligida elektr energiyasi asosan 
yoritish, isitish, suv ko‘tarib beruvchi nasos stansiyalarni elektrlashtirish, 
statsionar va lco'chma sug‘orish agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda, 
issiqxonalarda hamda chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va 
boshqalar uchun ishlatiladi.
Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi 
obyektlar qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo‘lsa, nafaqat 
qishloq xo'jaligi, balki, xalq xo‘jaligining barcha sohalari samarali faoliyat 
ko‘rsatishi ta'minlanadi. Bu tarmoqning qishloq xo‘jaligidagi o‘mi juda 
muhimligi shundaki, u birinchidan, ekinlami sug‘orish bilan bogTiq boTgan 
jarayonlarda suv ko‘tarish qurilmalari uzluksiz ishlashi, ikldnchidan, 
yetishtirilgan ayrim mahsulot turlarini omborxonalar va sovutgichlarda 
buzilmasdan saqlanishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, elektr uzatish tarmog‘i 
chorvachilik sohasi yoki parrandachilik tarmoqlarida elektr energiyasidan 
foydalanish jarayonida yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishda 
o‘z ta'sirini ko'rsatadi.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish 
korxonalarning xo'jalik faoliyati keskin rivojlanishiga olib keladi. Qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish mehnat ummidorligini oshiradi, 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Masalan, g‘allachilikda elektr 
energiyasidan foydalanish mehnat unumdorligini oshiradi. G‘allani tozalashda 
«OS-l», «OS-3», «OB-10» markali g ‘alla tozalash mexanizmlaridan 
foydalanish mehnat sarfini 20-25 foiz, mahsulot tannarxini esa 15-35 foiz 
kamaytiradi.
Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini keskin 
kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish fermadagi bir qator 
ishlar, shu jumladan, suv bilan ta’minlash, ozuqalami hayvonlarga berish, 
sigirlami sog'ish, yuklarni tashish, qo‘y junlarini qirqish, sutga dastlabki ishlov 
berish, inkubatsiya va hokazo ishlami mexanizatsiyalar yordamida bajarish 
imkonini beradi.
Yem-xashakni molga berish oldidan tayyorlash ishlarida elektr 
energiyasidan foydalanish mehnat sarfini 75-90 foizga kamaytiradi, ozuqa 
sifatini yaxshilaydi. Chorva mollarini sog‘ishni elektrlashtirish katta 
ahamiyatga ega. Sigir sog'ish apparatlari 
yordamida sog‘ilganda mehnat 
sarfigina tejalib qolmay, balki sog'uvchilarning mehnati ham yengillashadi. 1 
sentner sut qo‘lda sog‘ilganda 4,4 kishi-soat sarflangani holda, sog'ish apparati 
yordamida sog‘ilganda 2,5 kishi-soat, sog‘ish zalida sog‘ilganda esa 1,8 kishi- 
soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish sut sog'ib 
olish mehnatini tejabgina qolmay, balki sog'iladigan sutning tozalik darajasini 
ham oshiradi.
Qo‘y junini mexanizmlar bilan qirqish mehnat unumdorligini 3-4 
barobar oshiradi. Qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo'ladi.
Parrandachilik femialarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish 
natijasida tovuq va o'rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga ko‘payadi. 
Elektr energiyasidan xo‘jalikdagi yordamchi tarmoqlarda, jumladan, ustaxona, 
tegirmon, yog‘och arralash va hokazo ishlarda foydalanish katta iqtisodiy 
samara beradi.
Qishloq 
xo'jaligida 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasining 
yirik 
tarmoqlaridan yana biri transport xo‘jaligi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida 
transport xizmati yordamida korxonalar bir-biri bilan bog‘lanib, ishlab 
chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 
Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni 
realizatsiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlami kamaytiradi, vaqtni 
qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va pirovard natijada mahsulot 
tannarxini pasaytiradi.
Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo‘jaligida yoTlar 
qurish, ulaming yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mirlash ishlarini muntazam
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


ravishda olib borish, yo‘l xo'jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va 
ulardan unumli foydalanishni talab etadi. Kuzatishlar avtomobilning yuk 
ko'tarish qobiliyati qattiq qoplamali yo‘llarda qattiq qoplamasiz yo‘llardagiga 
nisbatan 25-80 foiz, tezligi 2-3 marta oshishini, yonilg‘i sarfini esa 2 marta 
kamayishini ko‘rsatadi. Shuning uchun xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi 
yo'llami rekonstruksiyalash va o‘z muddatida ta'mirlash, yo‘l qurilishini 
kengaytirish va qishloq xo‘jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun real 
sharoitlar yaratadi.
Qishloq 
xo‘jaligida 
transport 
vositalaridan 
foydalanish 
xalq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu 
xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
- qishloq xo'jaligi mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni 
tashish bir qator qiyinchiliklami keltirib chiqaradi;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yuk 
tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo'lmaydi, ayrim 
hollarda katta miqdordagi yuklami qisqa vaqt ichida tashish zarurati paydo 
bo‘ladi;
- turli xil transport vositalari talab etiladi;
- tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko‘ra turlicha boiadi;
- yuk tashish masofasi odatda uzoq boiadi.
Qishloq xo‘jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu 
xususiyatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari 
miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, transport xarajatlari 
don mahsulotlari tannarxida 26 foizni, makkajo'xori tannarxida 15 foizni 
tashkil etadi.
Yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchilargacha 
bo‘lgan uzluksizhgini ta'minlashga ishlab chiqarish inffatuzilmasining yana bir 
yirik tarmog‘i - mahsulotlami saralash, tayyorlash, saqlash va sotish bilan 
bog‘liq bo‘lgan sohalar xizmat qiladi. Xo‘jaliklarda mahsulot ishlab 
chiqarilgandan so‘ng uni saralash va tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, mahsulotlami saqlash uchun tayyorgarlik ko'rishga imkon yaratadi. 
Chunki saralash jarayonida mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab. 
saqlash dasturi ishlab chiqiladi. Mahsulotning bir qismini qayta ishlashga 
topshirish, ikkinchi bir qismini esa saqlash masalasi hal etiladi. Mahsulotlami 
saralash ishlari olib borilmasa yoki saralash jarayonidagi e'tiborsizlik va 
kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo‘l qo'yilishi mumkin. Saralangan 
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari ulaming sifatiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Qishloq xo'jaligining ayrim mahsulotlariga, ayniqsa, meva va 
sabzavotlarga tez va soz xizmat ko‘rsatilsa, ma'lum qismi tayyorlov 
tashkilotlariga sotilsa, nobudgarchilikka yo‘l qo'yilmaydi. Qishloq xo‘jaligi 
korxonalarida yetishtiriladigan meva, sabzavot va don mahsulotlarini saqlash,
141
www.ziyouz.com kutubxonasi


birinchidan, xo'jaliklar moliyaviy holatining yaxshilanishiga ta’sir ko'rsatsa, 
ikkinchidan, iste'molchilaming ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabini yil 
davomida doimiy qondirish imkonini beradi. Chunki, ushbu mahsulotlar 
insonlaming oziq-ovqatga va turli vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini qoplashda 
juda muhim ahamiyatga egadir.
Ma'lumki, respublikamiz qishloq xo'jaligida g‘alla maydonlari va 
hosili yildan-yilga oshib bormoqda. Yetishtirilgan hosilning davlatga 
sotilganidan qolgan qismi xo‘jalik ixtiyorida boiadi. Uning bir qismi iste’mol 
va urugiik uchun omborxonalarda m aium vaqtgacha saqlanadi. Don va don 
mahsulotlarini saqlashda yetrali sharoitlar yaratib berilmasa nobudgarchilikka 
y o i qo'yilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jaliklar uchun zarardir.
Meva va sabzavotlami saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish 
muhim ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud 
boiganda mahsulot yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va sabzavotlaming 
gaz muhitini boshqarib saqlash Angliya, Fransiya, Gollandiya, AQSh, 
Germaniya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qoilaniladi. 
Bunda mahsulotlar sifati 7-8 oygacha buzilmasdan saqlanishi mumkin. Bundan 
tashqarii asrlar davomida ajdodlarimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
saqlash bo‘yicha orttirgan tajribalaiidan ham unumli foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
Chorvachilik mahsulotlarining ko‘pgina turlari ham tez buziluvchi 
boiib, ularni m aium muddat maxsus sovutiladigan inshootlarda saqlashni 
talab etadi. Masalan, sut, go‘sht, tuxum va boshqa shu kabi mahsulotlami 
maxsus inshootlarda saqlab, uni sotishni y o ig a qo'yish qishloq xo‘jalik 
korxonasining daromadlari ko‘payishiga xizmat qiladi. Chunki ulaming tez 
buziluvchanligi sababli qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu mahsulotlami arzon 
baholarda b o isa ham tezroq sotishga harakat qiladi, ayrim hollarda esa ushbu 
mahsulotlarning sifati buzilishi katta miqdordagi zararlami keltirib chiqaradi. 
Shu sababli chorvachilik tarm ogida ham tayyorlash va saqlash xizmatini 
ko‘rsatuvchilarga ehtiyoj mavjud.
Umuman, qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning turiga 
qarab, ulami saqlash uchun zamonaviy omborxonalar va sovutgichlar 
qurilishini tashkil etish kerak. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining baholari shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining har bir 
tarmog‘ini yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy holatlarda investitsiyalami jalb 
etish kerak. Mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini rivojlantirish 
davr talabidir. Ishlab chiqarish infratuzilmasining har bir tarmog‘ini eng 
samarali va jahon talablariga javob beradigan texnik jihozlar bilan ta'minlash 
hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalaning yechilishi qishloq 
xo'jaligi korxonalari ishlab chiqarish jarayonini rivojlantiradi hamda aholining
142
www.ziyouz.com kutubxonasi


oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkonini 
yaratadi.
Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma. Qishloq xo'jaligi 
korxonalarining samarali faoliyati ishchi-xodimlar-ga zarur shart-sharoitlar 
yaratishni talab etadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari bu vazifani bajarishga 
yo‘naltirilgan.
Maqsadli yo‘nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra ijtimoiy infratuzilma obyektlari va 
xizmat sohalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin (7.4-chizma).

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə