qanchalik yaxshi bo‘lsa, ulaming mehnat unumdorligi ham shunga yarasha
bo'ladi.
Ijtimoiy infratuzilmaning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning
zarur malakadagi kadrlarga bo‘lgan talabini qondirishni tartibga soladi,
kadrlarni takror ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligiga bog‘lanib ketishiga
ko‘maklashadi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlaydi.
Ijtimoiy infratuzilma bo‘limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ulaming oila
a'zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlami
yaratishda qatnashadi.
Ijtimoiy
infratuzilma
qishloq
xo'jaligi
ishlab
chiqarishining
xususiyatlarini aks ettiradigan o‘ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma
obyektlari qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy resurslari va
tadbirkorlarning pul mablag‘lari hisobiga yoki davlat investitsiyalarini
qishloqlarda turar-joylar, bolalar bog'chalari, maktablar, poliklinikalar, aloqa
tarmoqlari va boshqalar qurilishiga samarali sarflash orqali barpo etiladi.
Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma bo‘limlari nafaqat qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida band ishchilarga, balki qishloq xo‘jaligi korxonasi hududida
yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat ko'rsatadi.
Odatda, qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari xo'jalik hududi
bo'yicha bo‘lib joylashtirilgan bo‘ladi, bu esa ulardan samarali foydalanishni
qiyinlashtiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiylik xususiyati
ijtimoiy infratuzilma bo'limlari va xizmat sohalari ishiga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga
muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo'jaligi korxonasining iqtisodiy
rivojlanganlik darajasiga bogiiq boiadi. Xo‘jaliklar ijtimoiy infratuzilma
boiimlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini
ajratadilar. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirishga
hukumatimiz
tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman
markazlarida ko‘proq joylashgan bo‘lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi
punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati ortmoqda. Xizmat ko‘rsatish
sohalarining rivojlanganlik darajasi
mamlalcatning
taraqqiy
etganligi,
jamiyatning rivojlanganligi va aholining turmush farovonligini ko'rsatuvchi
muhim mezondir.
Dostları ilə paylaş: