206
www.ziyouz.com kutubxonasi
10-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA XARAJATLAR
VA MAHSULOT TANNARXI, ULARNIPASAYTIRISH
IMKONIYATLARI
• Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlar va ulaming turkumlanishi.
• Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va
aniqlanish tartibi.
• Qishloq xo'jaligida xarajatlami tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish
yo'llari.
10.1. Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlar va ularning turkumlanishi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari turli mahsulotlar ishlab chiqarish,
xizmatlarni bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga
oshiradilar. Masalan, urugTik, mineral va mahalliy o ‘g‘itlar, kimyoviy
vositalar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, yem-xashaklar, asosiy vositalaming eskirish
qiymati, xodimlaming mehnatlariga toTangan haqlar, soliqlar, mahsulotlami
sotish bilan bogTiq boTgan xarajatlar va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqda qilinadigan xarajatlaming
turkumlanishi
1999-yil
5-fevralda
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar,
xizmatlarjni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligida amalga oshiriladigan xarajatlar o‘zgaruvchan va
doimiy xarajatlarga boTinadi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan
mahsulot hajmiga bogTiq boTmagan holda amalga oshiriladi. Mahsulot hajmi
ko‘payishi yoki kamayishi bilan doimiy xarajatlar miqdori o'zgarmaydi.
Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga toTanadigan ijara haqi, asosiy
vositalaming amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga
kiradi. 0 ‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining
o'zgarishi bilan bevosita bogTiqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar
miqdorining ko'payishi o‘zgamvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo
etadi. Ularga urugTiklar,
mineral va mahalliy o‘g‘itlar, yoqiig'i, ozuqa,
mehnatga toTanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar
kiradi.
207
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qishloq xo'jaligidagi doimiy va o'zgaruvchan xarajatlaming harakati
10.1 -chizmada keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |