Qisqacha xulosalar Qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish negizida
rivojlantirish hamda samaradorligini yuksaltirish uchun ma’lum miqdorda
moddiy, mablag1 va mehnat sarflar talab etiladi. Ular yordamida ishlar,
xizmatlar bajarilib, turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Bunday sarflar
doimiy va o'zgaruvchan xarajatlardan iborat bo'ladi. Xarajatlar iqtisodiy
elementlar, mahsulot yetishtirish texnologik jarayonlari, muddatlari va boshqa
maqsadlarga ko‘ra turkumlashtiriladi. Ular yalpi va o'rtacha xarajatlardan
tashkil topadi. Qishloq xo'jalik korxonalarida xarajatlami tejash va mahsulot
tannarxini pasaytirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki u korxonaning yil
yakuni bo‘yicha oladigan foydasi summasiga bevosita ta'sir qiladi.
Yalpi va o'rtacha xarajatlar miqdorini kamaytirish maqsadida
tarmoqdagi barcha jarayonlami mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish,
elektrlashtirish natijasida xarajatlami tejash, ekinlar hosildorligini, chorva
hayvonlari mahsuldorligini oshirib, mahsulotlar sifatini yaxshilashga erishish
lozim.
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida xarajatlami
tejash, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, tannarxni pasaytirish evaziga
ichki va jahon bozorida mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish
Inqirozga qarshi choralar dasturining asosiy yo'nalishlaridan biridir.
Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Qishloq
xo‘jaligida
amalga
oshiriladigan
xarajatlar
qanday
turkumlanadi?
2. Jami va o‘rtacha xarajatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Qanday xarajatlami doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar deb atash
mumkin?
4. Xarajatlar elementlari va moddalari haqida qanday tushunchaga egasiz?
5. Mahsulot tannarxi deganda nimani tushunasiz?
6. Mahsulot tannarxining qanday turlari mavjud?
7. Mahsulot tannarxi tarkibiga qanday xarajatlar kiradi?
8. Xarajatlami kamaytirish, tannarxni pasaytirishga qanday chora-tadbirlar
yordamida erishish mumkin?
221 www.ziyouz.com kutubxonasi
9. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tannarxni pasaytirish
bo'yicha qanday tadbirlar amalga oshrilmoqda?
10. Inqirozga qarshi choralar dasturida xarajatlami tejash bo‘yicha qanday
choralar belgilangan?