Ushbu ma`ruzada suffoziya tushunchasi, uning karst jarayonlaridan farqi, suffozion jarayonlarga moyil tog` jinslari, suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari hamda suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari haqida so`z


TEST №1 Yer osti suvlarining` tog` jinslari tarkibidagi birikmalarni eritib olib ketishiga



Yüklə 34,34 Kb.
səhifə2/3
tarix28.12.2022
ölçüsü34,34 Kb.
#97996
1   2   3
11-ma`ruza. Suffozion jarayonlar va relyef shakllari

TEST №1
Yer osti suvlarining` tog` jinslari tarkibidagi birikmalarni eritib olib ketishiga nima deyiladi?
Ishqorlanish
Chirish
Yemirilish
Yuvilish


2-REJA: Suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari
Suffozion varonkalar - yer osti va yer usti suvlari ta’sirida, zarralarning olib ketilishi natijasida hosil bo`lgan bo`shliqlardir. Bu varonkalarning diametri bir necha metrgacha bo`ladi. Bu varonkalar asta-sekin birlashib suffozion jarlarni hosil qiladi, ba’zan esa suffozion o`pirilishlar hosil bo`ladi. Suffozion varonkalar. suffozion jarlar, suffozion o`pirilishlar bo`lsa bu yerlar suffozion dalalar deyiladi. Bunday hodisalar sug`orish orqali ham quruq iqlimli rayonlarda hosil bo`ladi.
Psevdokarst – lyosslarda va doimiy muzlik yerlarda hosil bo`ladi. Ayniqsa, o`lkamizning tog` oldi lyossli tekisliklarida psevdo-karstlarni suffozion karst deb yuritiladi, va xo`jalik yuritishga katta ziyon yetkazadi.
Termokarst hodisasi doimiy muzlik yerlarning erishi oqibatida voronkasimon, yoriq yoki o`pirilish yuzalari tarkib topadi, ularda kichik ko`llar hosil bo`ladi.
Suffoziya voronkalari O`rta dengiz, Qora dengiz sohillarida, Leningrad va Arxangelsk oblastlarida, Uzoq Sharq hamda Ural (Perm shahri) da ko`p. O`zbekistonda Qoratepa tog`ida, Surxon tog`larida, Piskom, Chotqol, Oloy tog`larida ko`p uchraydi. Bu g`orlar paleozoy ohaktoshlari orasida hosil bo`lgan.
Rossiyadagii Kungur g`ori 1730 yillardan beri ma’lum, u Silva daryosining o`ng sohilida joylashgan. Bu g`orning uzunligi 4,6. km. G`op ohaktosh va dolomit jinslari orasida vujudga kelgan, g`orning ichida 30 ga yaqin ko`l bo`lib, eng kattasining maydoni 200 m2; chuqurligi 4—6 m. Ko`l suvi sathining balandligi Silva suvi sathiga bog`liqdir.
TEST №2
Doimiy muzlik yerlarning erishi oqibatida voronkasimon, yoriq yoki o`pirilish yuzalari tarkib topadi. Bu hodisa qanday ataladi?
Termokrast
Psevdokarst
Panora
Ishqorlanish



Yüklə 34,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə