Ushbu ma`ruzada suffoziya tushunchasi, uning karst jarayonlaridan farqi, suffozion jarayonlarga moyil tog` jinslari, suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari hamda suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari haqida so`z


-REJA: Suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari



Yüklə 34,34 Kb.
səhifə3/3
tarix28.12.2022
ölçüsü34,34 Kb.
#97996
1   2   3
11-ma`ruza. Suffozion jarayonlar va relyef shakllari

3-REJA: Suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari
Yer osti suvlari ta’sirida tog` jinslari massividan mayda mineral (xlorli, sulfat, karbonat tuzlar va b.) zarrachalarining mexanik ravishda yuvilish jarayoni. Suffoziya ko’proq qumli, lyossli va boshqalar dispers jinslarda sodir bo’ladi. Suffoziya massivning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi darzliklardagi bir jinsli bo’lmagan to’ldirgichlarda; tog` jinslarining ulanish joylarida va sun’iy inshootlar (filtr, drenaj va b.)dan to’kilgan materiallarda rivojlanadi.
Tog` jinslari granulometrik tarkibining turlilik darajasini kupayishi, yer osti suvlari harakati tezligining oshishi suffoziyani vujudga kelishiga imkon tug`diradi. Suffoziya tog` jinslari tarkibi va strukturasining o’zgarishiga, ularning g`ovakliligi va suv o’tkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishiga olib keladi. Natijada ustki qatlam cho’kib, yuqorida diametri 10 m gacha, ba’zan 100—500 m gacha bo’lgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil bo’ladi.
Suffoziya natijasida yumshagan jinslar tog` yon bag`irlarida ko’chki hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Inshootlar asosidagi tog` jinslarda Suffoziya ularning notekis cho’kishiga, shaklini o’zgartirishiga va buzilishiga olib keladi. Yer osti suvlarining ishi bu tog’ jinslarini eritish, uni oqizib olib borib ma’lum joylarga yotqizishdan iboratdir. Bu jarayonni - suffoziya deb ataladi.
Suffoziya ikki xil kuch yordamida amalga oshiriladi:
1) mexanik;
2) eritish yo’li orqali.
Mexanik va eritish xollari yer osti suvlarida bir vaqtning o’zida bir muhitda o’tishi mumkin. Biroq mexanik usul mustaqil holda ham bo’lishi mumkin.
Yer osti suvlari mexanik kuch ta’sirida tog’ jinslarni oqizib olib ketish bilan ko’pincha qum-gilli, qum-shag’al tuproqli muhitlarda uchraydi va shu xildagi joylarda o’ziga xos rel’yefni hosil kiladi. Rel’yefning paydo qilishda yer osti suv o’zanining og’ish burchagi o’ziga xos ahamiyatga ega, agar qancha og’ish burchagi tik bo’lsa, mexanik kuchning foydali koeffitsienti sezilarli bo’ladi, aksincha og’ish burchagi kichik unda oqish kuchi bo’lmaydi, yer osti suvlari zaxob shaklida qolishadi. Birinchi holatga tog’ yonbag’ridagi jarlarni| misol qilib keltirsa bo’ladi.
Tekis bo‘lgan joylarda, suffoziya jarayoni ta’sirida turli xildagi relyeflar hosil buladi, bularni xar tomondan o’ragan "xovuzchalar", "taqsimsimon" cho’kishlardir. Bu shakllarning hosil bo‘lgan maydondagi tog’ jinslarni tekshirib chiqilganda, ular asosan yumshok, tez erib ketuvchi jinslardan tuzilganligini shohidi bo’lamiz. Bundan shuni xulosa qilish kerakki relyef hosil qiluvchi suffoziya jarayonining rivojlanishi tog’ jinslarining yumshoq yoki qattiqligiga bog’liqdir.
Suffoziya ayniqsa, relyef tuzishda ohaktosh, tuz gillari, tuztosh, qum va qumtosh jinslari keng tarqalgan viloyatlarda yaxshi rivojlanadi va uning ta’sirida turli xil shakllari uchraydi. Atmosfera suvlari yog’gan yer sathi kam og’ish burchagiga ega bo’lsa, joylarda yomg’ir-suvning singishi sekin-asta o’tadi va o’zi bilan birga mayda zarracha tog’ jinslarini yer qa’riga olib ketadi. Bu jarayonda yer osti suvlari o’zanida gorizontal harakat qilib eritilgan mayda jinslar bilan, suv o’tadigan yo’llarni berkitadilar, ya’ni fil`tratsiyani susaytiradilar, buning oqibatida tog’ jinslari orasidagi mayda kovaklar bekitilib, tovoqsimon Relyef shakldagi pastliklar xosil qiladilar. Vakt o’tishi bilan tovoqsimon Relyef shakllarda suv to’ldiriladi va ular sekin-asta, botqoqliklarga, ko‘llarga aylanadilar. Bu esa suffoziya jarayoni susayishi holatiga keladi.
TEST №3
Suffoziya necha xil kuch yordamida amalga oshiriladi?
Ikki
Uch
To’rt
Besh
Yüklə 34,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə