Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Produktiv usul quyidagi afzalliklarga ega



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə26/114
tarix28.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#138391
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat

Produktiv usul quyidagi afzalliklarga ega:
- mantiqiy fikr yuritishga, muammolarni ilmiy, ijodiy echishga o'rgatadi;
-zaruriy bilimlarni mustaqil ijodiy izlanishgao'rgatadi;
- uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etishga o'rgatadi:
-o'quv materiaiini isbotliroq qiladi;
- o'quv materialini chuqurroq va mustahkamroq o'zlashtirishga yordam beradi;
- bilimlar ishonchga aylanishiga ko'maklashadi
-o'qishga nisbatan ijobiy hislarni hosil qiladi:
- bilimga qiziqishni shakllantiradi va rivojlantiradi;
- ijodiy shaxsni shakllantiradi.
Lekin produktiv usullarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun o'qituvchiningpedagogik malakasi yuqoriroq bo'lishi lozim. Muammoviy mashg'ulotni o'tkazish uchun ham, uni tayyorlash uchun ham ko'proq pedagogik mehnat talab qilinadi.
Izlanuvchan yondashuvning maqsadi o'quvchilarda muammoni hal etish. Yangi tajribani mustaqil o'zlashtirish, ta'sir etishning yangi yo'llarini yaratish qobiliyallarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir.
O'quv jarayoniga texnologik yondashish yuqoridagi kamchiliklaridan xolibo'lib, o'quv maqsadlarining aniq belgilanishi, yakuniy natijalarini kafolatlanishi,o’quv jarayonining takrorlanuvchanligini ta'minlashi va tezkor qaytaruvchi aloqaningmavjudligi bilan tavsiflanadi.Texnologik yondashuvda o'quvchi dars jarayonida faol qatnashadi.
Ta'limga tizimli yondashuv"Tizim" so'zi - tuzilma, qismlardan tuzilgan. bitta yaxlitnarsa yoki hodisama'nolarini anglatadi. Shuningdek kibirnetik tizim, axborotlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qo'llaniladi. 'Tizimliyondashuv" tushunchasi ko'pincha 'tizimli metod". ''tizimli tahlil usuli" tushunchalari bilan uzviy bog'liq. Chunki tizimli tahlil usullari ham ob'ektni yaxlit tizim sifatida o'rganishni nazarda tutadi, u ob'ektning turli qismlarini, qismlarning o'zaro bog'liqligini, tizimning chegaralari va uning atrof-muhit bilan bog'liqligi, aloqadorligini ta'minlaydi. Tizimli yondashuvda bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalaniladi. Liar tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday qoida-printsiplar qatoriga quyidagilar kiradi: mavhumlikdan aniqlikka qarab borish. analiz bilan sintez. mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi; ob'ektda bog'lanishlar va o'zaro ta'sirlarning turlichaligi; ob'ektning tuzilishi. vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va hokazolar.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə