Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə42/114
tarix28.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#138391
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat

Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Qisqa bayonli suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi hamda ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga “ha” yoki “yo‘q” tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Suhbatlar, shuninigdek, unga shaxslarning jalb etilishiga ko’ra ham muayyan turlarga bo’linadi. Ular (7-rasm):


Tushuntirisho‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi.

Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, u qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi


Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob’yektlar,


jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlarham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud (8-rasm):




Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə