Usmon Nosirning “Monolog” she’ri matni ustida ishlash. Reja



Yüklə 23,51 Kb.
səhifə2/2
tarix29.03.2023
ölçüsü23,51 Kb.
#103536
1   2
Amaliy

MONOLOG


Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o’pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko’ksidan,
Kim qalbidan qonlar to’kmagan?
Seni yaxshi bilaman, go’zal,
Petrarkani o’qiganim bor.
Buyuk Rimning Sapfosi azal
Xayolimni oshiqday tortar.
Bilamanki, Tasso bechora
Rohat ko’rmay o’tgan bir umr.
Ey makkora qiz, Leonora ,
Nomi qora bilan yozilgur!..
Balki, guldan yaralgan pari
Tosh ko’ngilli Biatriche:
— Gadosan, — deb qochmasa nari
Dante baxtli bo’lardi picha!
Balki, Hamlet oydin tunlarda
Ofeliyani erkalatardi.
Balki, uzun sochini silab
Azongacha ertak aytardi.
Agar xiyonatni bilmasa,
Ezmasa fojia yuragin!
Yo’q! Yo’q, shoir! Gar shunday bo’lsa,
Shekspirning yo’qdir keragi!
Dezdemona, gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?
Bilaman, Otello, bilaman,
Otello haqimi?.. Shoir — jim!..

Izohlar


Petrarka – qadimgi Rim shoiri.
Sapfo – Qadimgi Rim shoirasi.
Tasso – o’tli ishq-muhabbat kuylangan asarning baxtsiz qahramoni.
Leonora – yana bir adabiy qahramon.
Biatriche – mashhur italyan shoiri Dantening sevgilisi.
Hamlet – mashhur shoir va dramaturg Uilyam Shekspirning shu nomdagi tragediyasining bosh qahramoni.
Ofeliya – Hamletning sevgilisi.
Dezdemona – Shekspirning yana bir tragediyasi “Otello”ning bosh qahramonlaridan biri.


YURAK


Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo’r etding.
Ko’zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko’krak,
Sevinching toshdi qirg’oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen ey, sen — o’ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To’lib qayna, toshib o’yna,
Tirikman, kuyla boringni.
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo’lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o’lsam!..
Yüklə 23,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə