Узбекистон республикаси олий ва урта


-chizma. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə23/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#138595
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Узбекистон республикаси олий ва урта

3-chizma. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi.

Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axboroti qayta ishlash jarayonida mukammalashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular ko’lami juda keng bo’lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashqil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab ko’p yoki kam ko’llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko’plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmoqdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bo’lib bormoqda.


Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo’lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot ko’lami va miqdorning nihoyat ko’pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo’l qo’yiladi.


2.Axborot turlari va ularni turkumlash

Marketing tadqiqoti uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlar ko’lami juda keng bo’lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko’ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko’rish samarali hisoblanadi.


Marketing xususidagi to’plash manbalarini Shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashqil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo’lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalluqli bo’lish yoki bo’lmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va tashqi turlarga bo’linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlar zahiralari, iste’molchilar ko’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o’z imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat o’lchov birliklarida sotuvchi hajmi, narxlarning yil davomida o’zgarishi, xaridorlarning joylashuv xaritasi, tovar zahiralarining o’zgarishi va Shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o’zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo’llanilishi turli davlatlar tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratish mumkin.
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar o’z mohiyatiga ko’ra ikki kichik guruhga bo’linadi.
a). Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, shaharlar va h.k.lar kiradi. «AQSH bo’yicha qisqacha statistik sharh», «Shaharlar va okruglar bo’yicha statistik yo’riqnoma», «Amerika sanoati istiqbollari» sharhnomasi kabilar Shular jumlasidandir. «Marketing axboroti yo’riqnomasi» oylik maxsus nashr bo’lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan aholining o’sishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning o’zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo’yicha esa o’zgarishlar, qo’shni shtatlar bilan qiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.
v). Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat o’zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega bo’lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo ‘alatalari, maxsus sohalar bo’yicha (elektronika, sotish yo’nalishlari bo’yicha o’z a’zolari uchun axborotlarni to’pladi va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi», «Chakana savdo milliy assotsiasi» kabi tashkilotlar va boshqalar Shular jumlasidandir.
2. Marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati ko’rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
Ko’pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan institutlar: GFK, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika», «Simmons market riserch byuro», «A.S.Nilg’sen» kabi tashkilotlarning bashorotlari, o’z muammo yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to’lov evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi.
Masalan, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika» firmasi oilalarning haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim Chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market riserch byuro» firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o’zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo’yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi.
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo’yicha jurnallar, ro’znomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo’lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida Shaxsga taalluqli bo’lishi mumkin. AQSHda mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro’znomalar, «Biznes uik», «Forchun», «Forbs», «Garvard biznes revyuu», «Jornal of markiting», «Jornal of marketing riserch», «Advertayzing eydj», «Seylz end marketing menejment» va boshqa Shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi.
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo’riqnomalar va Shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o’zaro raqobatda bo’lgan firmalar ham ko’p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko’ratish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo’ladi.
Ma’lumki, har bir yirik aktsionerlik jamiyati va o’ta yuqori savdo oborotiga ega bo’lgan ma’suliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, ‘ros’ektlarni ommaviy nashr qiladilar. So’nggi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiyki, bunday hisobotlarda o’z aksini to’moqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aktsionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo’riqnomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi.
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalqaro iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda Yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o’zgarishlar, siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Germaniyaning jahonga mashhur bo’lgan «Xandelsblat», «Virtshafsvoxe» iqtisodiy ro’znomalari Amerika kompaniyalari faoliyati to’g’risida hamda ularni qiziqtirayotgan bozorlar xususida ma’lumotlarni chop etiladi. Bu esa o’z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo’lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruktsiya banki va Shu kabilar o’zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma’lumotlardan xalqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo’lib - elektron ma’lumot banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida yetkaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida uzatilayotgan, to’planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va yuqoridagilardan farq qiladi. Masalan, Germaniyada BLISS, FITT, PRODUKT kabi kompyuter uchun ma’lumotlar kabi banki «GBI» firmalar tomonidan, Buyuk Britaniyada PROMT, PTSMARS, FOREKAST, kabi ma’lumotalar banki «Informeyshn Aksel kom’anii» tomonidan taqdim etiladi. AQSHda DIALOG, STN, ORBIT SAYRI SERVIS kabi firmalar kompyuterlar uchun ma’lumotlar bankini tuzadilar va o’z mijozlariga ayirboshlaydilar.
Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida ildam rivojlanmoqda. Hozirgi kunga kelib dunyoda 6000 dan ziyod ma’lumotlar bankining turlari yaratilgan bo’lib, so’nggi o’n yil davomida u qariyib 2 marotabaga ortdi. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha axborotlarni yig’ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan tashkilotlarga yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni to’plash bo’yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish bo’yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, Shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo’lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, Ko’plab iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.
Bizning mamlakatimizda axborot yig’ish manbalari bir muncha o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo’yicha axborot olish manbalari va ushbu soha bo’yicha mutasaddi tashkilotlarning tashqiliy bo’ysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O’zgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo ‘alatalari marketing xususida ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha faoliyatlarning hozirgi holati, ularni guruhlarga ajratishda alohida yondoshishni talab qiladi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə