Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə22/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#138595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
Узбекистон республикаси олий ва урта

Tayanch iboralar
Marketingni boshqarish, Marketing kompleksini ishlab chiqish, Makromarketing, Mikromarketing, Xalqaro marketing, Eksport marketingi, Tashqi muhit, Ichki muhit, Funktsional boshqarish, Tovarlar tamoyili bo’yicha tashqil etish, Bozor tamoyili bo’yicha tashqil etish.


Nazorat va mulohaza uchun savollar


1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Korxonada marketingni tashqil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?
4. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?
5. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
6. Marketingni qanday turlarini bilasiz?
7. Makro va mikro marketing nima?
8. Marketingni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo’llari nimalardan iborat?
5-Mavzu: MARKETING FAOLIYaTINI AXBOROT TA’MINOTI

1. Axborot-marketingning ‘oydevoridir. Axborot tizimi.


2. Axborot turlari va ularni turkumlash.
3. Axborotni to’plash uslublari.
4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash.


1. Axborot - marketingning poydevoridir. Axborot tizimi

Zamonaviy tadbirkorlik davri o’zining bir qancha xususiyatlariga ko’ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo’layotganligidan ko’rinmoqda.


Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun kurol sifatida shakllanadi. Ularni tashqil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashqil to’ib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashqil etadi.
Axborotni to’plash va undan foydalanish jihatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, marketing tadqiqotchi tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo’lgan ehiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig’i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko’lami va boshqa marketing faoliyatiga bog’liq bo’lgan axborotning o’z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda to’tadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun So’nggida firma do’konidagi savdo zalida har bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va Shunga o’xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu yerda muhim o’rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig’ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo’lgan ehiyojni o’z o’rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bo’lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashqil topadi. Kundalik matbuot (ro’znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo’lgan muloqat natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo’lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo’lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto sha sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQSHda «Market riserch korporeyshn of Amerika» kompaniyasi haftalik jurnalida tovarlar bo’yicha bozordagi ulushining o’zgarishi, tovarlarning narxi va qadoqlashdagi o’zgarishlar, Shartnomalar xususida axborot beradi. «A.K.Nilg’son kom’anii» nafaqat AQSHda, balki Germaniyada ham o’z bo’limiga ega bo’lib, antiqa tovarlar bo’yicha bozor ulushining holati, Chakana narxlar, savdo qilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi. Germaniyadagi «CFH» tadqiqot markazi («CFH» kompaniyasining sho’ba korxonasi) 5000 uy xo’jaliklari iste’molidagi o’zgarishlar bo’yicha axborot beradi.
Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitidagi o’zgarishlar va holatlar xususida to’plangan axborot manbai bo’lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo’sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to’plangan ko’rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig’indisi tashqil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko’rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko’pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag’ sarflanadi. Masalan, mashhur «Prokter end Gembel» kompaniyasi har yili 1000 dan ortiq marketing tadqiqotlarini jahonda barcha bo’linmalari bo’yicha o’tkazadi. Har bir mahsulot guruhi bo’yicha mutaxassislarning kundalik faoliyatlari xaridorlar talabini o’rganish, tashkilot sotuv hajmini oshirish, yangi mahsulotni rejalashtirish va Shu kabi muammolarni hal etish bilan bog’liq bo’ladi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi:
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar o’tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o’zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.)
3. Tashkilot ma’suliyati bo’yicha izlanishlar.
4. Bozor tahlili.
5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o’zgarishlari tahlili, sinov marketingi o’tkazish, sotishni rag’batlantirish tadbirlarini o’rganish bo’yicha va h.k.)
Marketing xususida to’plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo’lishi tabiiydir.

Қарор қабул қилишни қувватловчи қуйи тизим



Статистик тащ-лилий услублар банки
Регрессион тащлил Корреляцион тащлил
Омиллар тащлили Дискриминант тащлил
“Уялар тащлили” “Конжайт Месурмент”

Моделлар банки
Товарлар шакли модели
Нархни аниқлаш модели
Манзилни танлаш модели Медия-микс модели
Реклама бюджети модели

Натижа ва қарорлар

Маркетинг ахбороти





Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə