V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. AYLANMA (SHNEKLI) BURG‘ILASH



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.23-§. AYLANMA (SHNEKLI) BURG‘ILASH
DASTGOHI ASBOBLARI
Aylanib burg‘ilaydigan burg‘i dastgohining burg‘ilovchi asbo-
bi (ochiq usulda qazib olishda) bir necha ketma-ket ulangan shtan-
ga va dolotodan iborat. Sidirg‘asiga kesuvchi qirrali doloto ko‘mir va 
qoplama jinslarni burg‘ilashda ishlatiladi, uning katta uzun kesuvchi 
qirrasi bo‘lib, u 1 sm uzunlikdagi tig‘ga to‘g‘ri keladigan o‘q yo‘na-
lishidagi kuch miqdori oz o‘lchamda bo‘lishi bilan belgilanadi. СВБ-
23-03М2 markali doloto qattiq metall qotishmasi bilan uskunalangan, 
ko‘p mehnat va energiya sarflashni talab etadi (1.14-rasm, 
a
).


64
1.14-rasm. 
Ko‘chma keskichli uzluksiz tig‘li doloto.
Doloto korpusi 35Л markali po‘latdan quyiladi. Dolotoning ke-
suvchi yon qirralari qattiq qotishma BK8 bilan jihozlanadi. Energiya 
sarfiini qisqartirish maqsadida skvajina tubidagi kovlash joyi jinsla
-
rini yemirib ushatish jarayonida skvajina tubidagi jinslarning uzluk-
sizligini yoppasiga uzish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu munosabat 
bilan juda namunali doloto uning ko‘chma keskichidir (1.14-rasm, 
b
).
Har bir doloto olti – sakkizta keskich bilan jihozlanadi. Dast-
gohning burg‘ilash shtangasi buruvchi momentni keskichga uzatadi, 
o‘q yo‘nalishidagi kuchni skvajina tubiga uzatadi va skvajina tubida 
burg‘ilashdan hosil bo‘lgan jinslar bo‘laklarini skvajinadan chiqaradi.
Shtanga (1.15-rasm) metall quvurdan iborat bo‘lib, unga vint 
chizig‘i bo‘yicha metall tasma (polosa) payvandlangan. Burg‘i asbobi 
shnekli spiralining qadami shtanganing aylanish chastotasiga bog‘liq 
holda tanlanadi. Namlangan yumshoq jinslarda burg‘ilash uchun spi-
ral qadami 
l

(0,5 – 0,7)D, bu yerda D – shnek diametri. Quruq va 
o‘rtacha mahkamlikdagi jinslar uchun 
l

(0,86 – 1)D;
1.15-rasm. 

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə