V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. HAR XIL BURG‘ILASH USULLARINING



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.2-§. HAR XIL BURG‘ILASH USULLARINING 
QO‘LLANISH SOHASI
Aylanma burg‘ilash usuli.
Aylanma burg‘ilashda burg‘i kalla-
gi aylanma harakati natijasida kesish yuzaga keladi, bularga parma 
va dastgohlar kiradi. Bu uskunalar elektr, pnevmatik va gidravlik yu-
ritkichlar bilan harakatga keladi. Shulardan eng ko‘p tarqalgan dast-
gohlar elektr yuritkichli turidir.
Elektr energiyasi pnevmatik energiyaga nisbatan 15–20 marta ar-
zon. Lekin ko‘mir va gazlarni to‘satdan itqitib chiqaradigan ko‘mir 
qatlamlari mavjud bo‘lgan shaxtalarda pnevmatik yuritkichlar qo‘lla-
nish zarurligi o‘z isbotini topgan.
Juda xavfli joylarda, masalan, neft qatlamini yer osti usuli-
da chiqarib olishda chuqur skvajina burg‘ilash zarurati yuzaga kel-
ganida gidravlik yuritkichli dastgohlar qo‘llaniladi. Bunday dast-
gohga suv yuqori bosim bilan quvur orqali nasos yordamida uzatiladi. 
Bunday nasoslar xavfsizlik qoidasida belgilangan joylargagina o‘rna-
tiladi.
Elektr yuritkichdan aylanadigan burg‘i kallagi yumshoq, mahkam 
bo‘lmagan va o‘rtacha mahkamlikdagi (


4) jinslarni burg‘ilash 
uchun qo‘llaniladi. Bunday burg‘i mashinasini qattiq – mahkam 
jinslarni burg‘ilashda ham qo‘llanish mumkinligini aniqlash bo‘yicha 
ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Keskichi shtangaga aylanma (buralma) shaklida bog‘langan shpur 
burg‘ilovchi mashina «parma» deyiladi.
Parmalar qo‘llaniladigan yuritkichlar turiga ko‘ra elektrli (elektr 
parma), pnevmatik va gidravlik turlarga bo‘linadi.
Elektr parma qo‘lda ishlatadigan va kolonkali turlarga bo‘lina-
di. Kolonkali elektr parma mexanik va gidravlik uzatkichlarga ega. 
Barcha elektr parmalarni zavod portlashga xavfsiz shaklda ish-
lab chiqaradi. Konchilik sanoatida keng ko‘lamda tarqalgan elektr 
parma ko‘mir va yumshoq jinslarda (


3, tosh tuzi, slaneslarda) 
shpurlar burg‘ilashda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Shpurlarni elektr 
parma bilan 1,5–3 metrga qadar burg‘ilanadi. Shpurlar diametri esa 
40–45 mm.
Qo‘lda ishlatadigan elektr parmaning og‘irligi 12–24 kg, shpin-
delining aylanish chastotasi 5–20 s
–1
, elektr dvigatelining quvvati
1,6 kW dan yuqori emas. Qo‘lda ushlab burg‘ilaydigan elektr par-


20
maning parmalovchi asbobini kavjoyga ishlatish ishchilar tomonidan 
qo‘lda amalga oshiriladi, uzatishda sarflanadigan kuchlanish miqdori 
200–250 N tashkil etadi. Burg‘ilash tezligi 0,2–1 m/min.
Mahkam va qattiq ko‘mir (antratsit) va jinslarda chuqurligi 10 m 
gacha bo‘lgan shpur va skvajinalar burg‘ilash uchun kolonkali elektr 
parmalar qo‘llaniladi. Bunday elektr parmalarning og‘irligi 28–148 kg 
(kolonka va burg‘i asbobisiz), elektr dvigatelining quvvati 1,4–4,8 kW.
Parma shpindelining aylanish chastotasi, almashtiruvchi shester-
nasi mavjud bo‘lganida, keng diapazonda o‘zgarib, 1–17 s
–1
ni tash-
kil etadi. Hozirgi davr parmalovchi burg‘i mashinasining uzatuvchi 
qurilmasi parmani 16 kN kuchlanish bilan shpur yoki skvajina tubi-
ga uzatadi.
Zavodlar pnevmodvigatelli burg‘i mashinalari ham ishlab 
chiqaradi. Ularning og‘irligi 10–15 kg, shpindeldagi quvvati 1,5– 
2 kW va aylantirish momenti 25–30 N 

m. Bunday parmalarning 
qo‘lda ushlab parmalash va pnevmouzatkichli turlari ham ishlab 
chiqarilmoqda.
Mahkamlilik koeffitsiyenti 
f
< 
8 bo‘lgan jinslarda skvajina 
burg‘ilash uchun aylanma harakatlanuvchi dastgoh qo‘llaniladi. Bun-
day dastgohlar elektr yoki pnevmoyuritkichli bo‘lishi mumkin.
Dastgoh og‘irligi 200–400 kg, shpindelning aylanish chastotasi 
2,5–3 s
–1
. Dvigatelning quvvati 3–8 kW, o‘q yo‘nalishidagi kuchlani-
shi 0,5–1,5 kN. Diametri 60–80 mm bo‘lgan skvajinalarni burg‘ilash 
chuqurligi 60–70 m.
Yumshoq jinslarni keskich bilan burg‘ilash uchun pitrali yoki ol-
mosli har qanday dastgohni qo‘llash mumkin.
Olmos bilan burg‘ilash uchun maxsus dastgoh qo‘llaniladi. 
Bunda yoppasiga yoki kerna olishga mo‘ljallangan va olmos bi-
lan armirovkalangan koronka qo‘llaniladi. U aylanish vaqtida sk-
vajina tubidagi jinslarni yemirib-kemirib ushatadi. Ularni skvajina 
tubidan yer yuzasiga bosimli suv yordamida olib chiqadi. Olmos-
li koronkani skvajina tubiga burg‘i shtangasi yordamida tushiriladi. 
Uni aylantirish va o‘q yo‘nalishidagi joyini o‘zgartirish dastgohdan 
beriladi. Olmos bilan burg‘ilash dastgohi, o‘zining ixchamligi bilan 
farq qilib, katta chastotada aylanadi (7–50 s
–1
). Dvigatelining quv-
vati 2,5–12 kW. Dastgoh og‘irligi 50–300 kg. Bunday dastgoh bilan 
diametri 33–93 mm, chuqurligi 100 m gacha yetadigan skvajinalar 
burg‘ilanadi.


21
Ochiq tog‘-kon ishlarida aylanma kesuvchi burg‘idan foydala-
nilganda kesuvchi koronkali shnekli burg‘i asbobi ishlatiladi. Skva-
jina diametri 115–160 mm. Diametri 115 mm bo‘lgan, yengil odim-
lab harakatlanadigan turdagi dastgoh qo‘llaniladi. Diametri 125–1600 
mm bo‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda 2СБР-125.30, СБР-160А-24 
dastgohlari ishlatiladi. Bu dastgohlarga o‘rmalab harakatlantiruvchi 
moslama o‘rnatilgan. Dastgoh og‘irligi 12 t gacha. Aylanish quvvati 
40 kW, burg‘i asbobining aylanish chastotasi 2–3 s
–1
ga teng.
Konchilik sanoatida keng tarqalgan burg‘ilash usullaridan biri 
pitrali doloto o‘rnatilgan burg‘ilash dastgohi bo‘lib, skvajina tubi 
siqilgan havo bosimi ostida tozalanadi. Ochiq usulda qazib olina-
digan konlarda bunday dastgoh diametri 160–320 mm, chuqurligi 
40 m gacha bo‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda qo‘llaniladi. Bunday 
turdagi dastgoh dolotosining aylanish chastotasi 1–3 s
–1
, dastgoh 
og‘irligi (massasi) 20–130 t. Bunday dastgoh mahkamlik koeffi-
tsiyenti 

= 6 – 18 bo‘lgan portlatiladigan skvajinalarni burg‘ilashda 
keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Zarbalab burg‘ilash usuli amaliyotda rudali foydali qazilma kon-
larini qazib olishda keng tarqalgan burg‘ilash usuli bo‘lib, bunda 
pnevmo-ushlab turuvchi moslama bilan jihozlangan perforatorlar va 
teleskopli perforatorlar qo‘llaniladi. Qo‘l perforatorlari bilan diamet-
ri 30–35 mm, chuqurligi 4 m gacha bo‘lgan shpurlar burg‘ilansa, te-
leskopli perforatorlarda diametri 40–85 mm, chuqurligi 25 m gacha 
bo‘lgan skvajinalar burg‘ilanadi. Mahkamlik koeffitsiyenti 

= 6 – 20 
bo‘lgan jinslarda perforator bilan ham skvajinalar burg‘ilanadi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə