V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. TELESKOPLI PERFORATORLAR



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.8-§. TELESKOPLI PERFORATORLAR
Ishlab chiqarilayotgan teleskopli perforatorlarning zarbalovchi 
chastotasi 36–50 s
–1
. Burg‘ilash paytida burg‘i mashinasi korpusining 
ichiga shlam (loyqa) va suv kiritmaydigan maxsus moslama o‘rnatil-
gan. Shpurni yuvish uchun suv yuboradigan trubkaning diametri ken-
gaytirilgan suv tizimi klapani bilan ta’minlangan. Perforator ishini 
to‘xtatganda buruvchi «buksi»ni siqilgan havo puflab tozalaydi.
ПТ48А teleskopli perforatori (1.4-rasm) ikki qismdan iborat: 
burg‘i kallagi va teleskop qurilmasi. Perforator ПТ48А doimiy puf-
lab turuvchi qurilmaga ega bo‘lib, puflash uchun siqilgan havo oqimi 
burg‘iga maxsus trubkasi orqali beriladi va perforatorning o‘q yo‘na-
lishi bo‘yicha suv trubkasiga konsentrik ravishda o‘tadi.
Perforatorning uzatish qurilmasi, teleskop silindri, shtok uning
yuqorigi uch qismiga manjetlar mahkamlangan. Shtokning past-
ki uchi lahimning tagiga maxsus tirgak bilan tiraladi. Silindrga te-
leskopsimon qurilma perforatorga tortib (siqib) mahkamlovchi bolt 
bilan biriktiriladi. Siqilgan havo oqimi perforatorning burg‘ilovchi 
qismiga va teleskopli uzatkichga – ko‘targichiga bir vaqtda beriladi. 
Ishga tushiradigan kran (jo‘mrak) vositasida uzatiladi.
Uzatish kuchi teleskop dastasi (soni) orqali tartibga solib turila-
di va maxsus kanal silindr bo‘shlig‘ining uch qismini atmosfera bilan 
bog‘laydi.
1.4-rasm. 
ПТ48А teleskopli perforatori:
1
– teleskop silindri; 
2
– ishga tushiruvchi kran; 
3
– xrapovik halqa;
4
klapanli quti
5
– buruvchi vint; 
6
– silindr; 
7
– buruvchi gayka;
8
– porshen; 
9
– yo‘naltiruvchi vtulka; 
10
– stvol; 
11
– zanjirli buksi;
12
buruvchi buksi
13
– boyok; 
14
– qirralangan buksi; 
15
– suv purkovchi 
trubka; 
16
– o‘tkazgich (posadok); 
17
– dastasi (ruchka); 
18
– kallak;
19
– teleskop porsheni; 
20
– shtok; 
21
– tirgak.


36
Dastasini (rukoyatka) burib, holatini o‘zgartirilganda berkituvchi 
igna joyini o‘zgartiradi, bu bilan aylanma tirqishning o‘lchami o‘zga-
radi, natijada oqib o‘tadigan siqilgan havo sarflanish miqdori ham 
o‘zgaradi. Aylanma berkitgichning (zaporning) o‘lchamini o‘zgarti-
rish bilan siqilgan havo uzatish kuchayadi. Teleskop silindridan siqil-
gan havoni tez chiqarib yuborib, perforatorni pastga tushirish uchun 
uning dastasiga o‘rnatilgan tushiruvchi knopka xizmat qiladi. Teles-
kopli perforatorlar ajratilgan boshqarish dastasi bilan ta’minlangan 
bo‘lib, perforator bilan yumshoq bog‘langan, bu operatorni qaltiroq 
kasali bilan kasallanishidan asrasa, shovqin so‘ndirgich quloqlarning 
kasallanishidan muhofazalaydi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə