V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. GIDRAVLIK PERFORATORLAR



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.6-§. GIDRAVLIK PERFORATORLAR
Keyingi o‘n yilliklarda burg‘ilash ishlari sohasida ko‘plab il miy-
tekshirish ishlari olib borilishi natijasida gidravlik perforatorlarni 
qo‘llash zarurati kengayib bormoqda. Buning asosiy sababi pnevma-
tik perforatorlarning quvvatini yanada oshirish imkonining cheklan-


28
ganligidir. Bu bilan perforatorlarning o‘lchamlari va massasi tez ortib 
bormoqda. Pnevmatik silindrning diametri ortib, burg‘ilash asbobi-
ning turg‘unligi keskin kamayib bormoqda.
Gidravlik perforator pnevmatik perforator bilan bir xil o‘lcham va 
og‘irlikda burg‘i asbobiga 2–3 barobar ortiq quvvat qo‘shishga imkon 
beradi va mehnat unumdorligini 1,5–2 barobar ko‘paytiradi. Gidrav-
lik burg‘i zarbasining ta’siri natijasida samaraliroq impulslar va kuch-
lanish hosil qiladi. Natijada burg‘ilash asbobining turg‘unligi – mah-
kamligi ortadi.
Gidravlik perforatorning afzalligi shundaki, bu perforatorlar qim-
mat turadigan pnevmatik (siqilgan havo) energiya o‘rniga nisbatan an-
cha arzon elektr energiyasida ishlaydi, shovqini ham kamroq (15 dB), 
bu perforatorlar ishlaganida kavjoyda moylovchi material tumani ho-
sil bo‘lmaydi.
1960-yilgacha gidravlik energiya faqat aylanma burg‘i mashi-
nalaridagina shpur va skvajinalar burg‘ilashda foydalanilgan. Bir 
vaqt ning o‘zida gidravlik perforatorlarni konchilik ishlarida ham 
qo‘llanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida ilmiy izlanishlar olib 
borildi. 1970-yilda ko‘p ilmiy va amaliy izlanishlar natijasida ish-
ga qobiliyatli gidravlik zarbalovchi, ta’sir etuvchi burg‘i kallagi yu-
zaga keldi. 1980-yilga kelib, gidravlik zarbalovchi, zarba chastotasi 
ravon bir tekis ishlashini tartibga solib, boshqariladigan konstruksiya 
yaratildi. Bir vaqtning o‘zida uning aylantirgichi uzatuvchisi va ma-
nipulatorlari ham takomillashtirilib borildi.
Hozirgi vaqtda gidravlik burg‘i kallagini 20 dan ortiq firmalar 
ishlab chiqarmoqda, 50 dan ortiq kallak modellari ma’lum. Ko‘pchilik 
burg‘u kallaklari gazli akkumulatorlar bilan ta’minlangan, ular vaq-
ti-vaqti bilan inert gaz «azot» bilan to‘ldirib turiladi.
Burg‘i kallagi diametri 32–102 mm bo‘lgan shpur va skvajinalarni 
burg‘ilash imkonini beradi. Zarbalovchi energiyasi 180–500 J, zarba 
chastotasi 30–150 Hz, burg‘i asbobining aylanish chastotasi 0–5 s
–l

buruvchi momenti 200–500 N 

m, shpur yoki skvajinani yuvadigan 
suv bosimi 0,5–1 MPa, suvning sarflanishi 30–60 
l
/min.
Gidroperforatorlarni zarbalovchi mexanizmi, odatda, 14–16 MPa 
bosimda, aylantirish mexanizmi esa 5–10 MPa, uzatuvchi mexanizm 
4–8 MPa bosimda ishlaydi. Zarbalovchi mexanizm suyuqlik sarfla-
shi 60–100 
l
/min, aylantiruvchi mexanizm – 20–60 
l
/min, uzatuvchi 
mexanizm – 5–20 
l
/min.


29
1.
2-
jadv
al

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə