V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PNEVMOZARBALOVCHI DASTGOH BILAN



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.14-§. PNEVMOZARBALOVCHI DASTGOH BILAN 
SKVAJINALAR BURG‘ILASH
Skvajinalarni zarba ta’sirida botib boruvchi pnevmatik mashina 
yordamida burg‘ilash uchun 1949-yili prof. Y. G. Kaplun rahbarligi-
da burg‘ilash agregati qurilgan bo‘lib, u aylanib ta’sir etadigan va 
qo‘poruvchi bolg‘a ОМСП-5 bilan uskunalangan dastgohdan iborat. 
Burg‘ilash diametri 110 mm va aylanish chastotasi 5,3 s
–1
bo‘lgan 
xoch shaklidagi koronka bilan amalga oshirilgan. Bir yildan so‘ng,
skvajinada ishlatish uchun pnevmozarba uzatuvchi, uning aylantiruv-
chisi esa skvajina tashqarisida, ya’ni kon lahimida joylashtirilgan 
bo‘lib, pnevmozarba uzatuvchi va burg‘i shtangasining katta buruv-
chi moment olishiga imkoniyat vujudga keldi.


44
Bu uskunani ko‘p marta modernizatsiyalash natijasida pnev-
mozarba uzatuvchi Ю-16 burg‘ilash mashinasi БМК-2 bilan bir
-
ga barpo etildi. Shu vaqtda G.G. Yamkov rahbarligida pnevmo-
zarba uzatuvchi agregat ПУ-8 aylantirgich БЭС-2М bilan bir vaqtda 
yaratildi.
1953-yilga kelib БА-100 dastgohi pnevmozarba uzatkichi Ml900 
ishlab chiqarildi.
Yarim avtomatlashtirilgan burg‘ilash dastgohi HKP-100MA 
1959-yili yaratildi. Bu dastgoh hozirgi vaqtda yer ostida skvaji-
nalarni burg‘ilashda keng qo‘llanilmoqda. Siqilgan havo va suv 
aralashmasini botiruvchi pnevmozarba uzatkich bilan birga qo‘lla-
nilishi burg‘ilash vaqtida hosil bo‘ladigan changni bostirish im-
konini berdi.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda quyidagi burg‘ilash dast-
gohlaridan foydalanish mumkin: СБУ-100Н-35; СБУ-1005-35; 
СБУ-125-24; СБУ-125У-52; СБУ-1-Н-35 dastgohi yer osti sharoitida 
ham qo‘llanishi mumkin.
Skvajinani kengaytirgich bilan burg‘ilash sinovidan СБП-
155/320С dastgohi o‘tdi. Bundan tashqari, 1БП-160; БП-100С; ВП-
160С burg‘i dastgohlari amaliyotda sinovdan o‘tmoqda.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə