V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. YER OSTI KONCHILIK ISHLARI UCHUN



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.15-§. YER OSTI KONCHILIK ISHLARI UCHUN 
PNEVMOZARBALOVCHI BURG‘ILASH DASTGOHI
Yarim avtomatlashtirilgan HKP-100MA burg‘ilash dastgohi 
dia metri 85–105 mm, chuqurligi 50 m gacha bo‘lgan skvajinalarni 
burg‘ilash imkonini beradi. Dastgohning ikki sharnirli o‘rnatiladigan 
moslamasi skvajinalarni istalgan tomonga qaratib burg‘ilash imkoni-
ni beradi. HKP-100MA burg‘ilash dastgohini qo‘llaganda (1.6-rasm) 
burg‘i bo‘laklarini tushirib, chiqarish ishlari mexanizatsiyalashtiril-
gan, shtanganing rezbalovchi bog‘lanishini yechish ishlari ham yarim 
mexanizatsiyalashtirilgan.
Diametri 63,5 mm bo‘lgan burg‘ilash shtangasida katta o‘lcham-
li kovak bo‘lib, undan o‘tadigan siqilgan havo dastgohning yuqori
unumdorlik bilan ishlashini ta’minlaydi.
Dastgoh uzatilayotgan patronning pnevmotutkichi reduktor, dvi-
gatel, boshqaruv pulti, tirgak kolonkasi, burg‘i bo‘laklari, pnevmo-
zarba uzatuvchilar bilan uskunalangan.


45
1.6-rasm. 
HKP-100MA burg‘ilovchi dastgohi:
1
– uzatuvchi patron; 
2
– boshqaruv pulti; 
3
– qo‘lda ishlatiladigan lebyodka;
4
– to‘siqli shit; 
5
– uzatuvchi silindr; 
6
– to‘suvchi shitcha; 
7
– burg‘ilovchi 
po‘lat; 
8
– pnevmozarba uzatuvchi; 
9
– elektr dvigateli;
10
– rolikli chana (salazka); 
11
– reduktor.
Dastgohning asosiy tuguni reduktor pnevmotutkich bilan; unga 
dastgohning yuqorida ko‘rsatilgan hamma bo‘laklari mahkamlana-
di. Pnevmotutkich shtanga bo‘lagini aylantiradi va uzatuvchi patron
shtangasidan ajralganda, uni yangi joyda qayta o‘tishi uchun tutib 
turadi. Reduktor pnevmotutkich bilan planetar reduktor bir pog‘onali 
tishli uzatkichdan, siquvchi qurilma, shlitsali val va oxiridagi klapan-
lar (to‘g‘riga va orqaga yurituvchi)dan iborat.
Uzatadigan patron burg‘i asbobiga burovchi momentni uzatadi. 
Chap va aylantiradigan burg‘ilash paytida yoki skvajinadan chiqa-
rib olishga mo‘ljallangan. Patron pnevmouzatkich yordamida ikki 
tomonga qarab joyini o‘zgartiradi. Harakatlanuvchi changak uzati-
layotgan va reduktor pnevmotutkich bilan dvigateldan buruvchi mo-
mentni shtanga bo‘lagiga bog‘laydi. Uzatuvchi patron bir pog‘onali 
reduktor bo‘lib, pnevmatik siquvchi qurilmaga ega.
Dastgohning boshqaruv pultida quyidagilar mavjud: uzatish-
ni boshqaruvchi kran, avtomatik qurilma, stop-kran (to‘xtatish kra-
ni), bosimni tartibga soluvchi regulator, pnevmozarba beruvchini 
boshqaradigan suv ventili va krani, puflashni tartibga soluvchi regu-
lator (regulator obduva). Burg‘ilashdan hosil bo‘lgan shlam (loy-


46
qa)ning dastgoh mexanizmlariga tushishidan saqlash uchun burg‘i
shlangasini puflab tozalab turiladi. Dastgohni odatda ikki silindr bi
-
lan ekspluatatsiya qilinadi (HKP-100M va HKP-100МРA o‘zgartiril
-
gan turlari).
Chuqur tiklanuvchi (vosstayushchiy) skvajinalarni burg‘ilash 
zarur bo‘iganida, qo‘shimcha ikkita uzatuvchi silindr o‘rnatiladi. 
HKP-100MBA va НКР-100МПВА o‘zgartirilgan turlari. Dastgoh 
o‘rnatilgan chana (salazka) dastgohni kon lahimlarida tortib yurish 
imkonini beradi. Zarurat yuzaga kelsa, dastgohning elektr dvigateli 
pnevmatik dvigatel bilan almashtirilishi mumkin.
Kolonkalar burg‘ilovchi dastgohni ish joyiga o‘rnatishga va
skvajinalarni kerakli yo‘nalishda burg‘ilash uchun mahkamlashga 
xiz mat qiladi.
Gorizontal va salgina qiya skvajinalarni burg‘ilashda gorizontal 
yo‘nalishda burg‘ilashga mo‘ljallangan kolonkalar qo‘llaniladi. Tik 
skvajinalar burg‘ilashda esa tik burg‘ilashga mo‘ljallangan kolonkalar 
qo‘llaniladi. Kolonkalar o‘zaro metall quvur ustunlarining uzun-qis-
qaligi bilan farq qiladi. Qo‘l lebyodkasi dastgohni o‘rnatishda uni jo-
yiga ko‘tarish va balandligini o‘zgartirishga xizmat qiladi.
Burg‘i stavi (o‘zgartirilgan qismi) bir-biriga burab kiritilgan 
shtangalardan iborat bo‘lib, skvajinadagi pnevmozarbalagichga 
siqilgan havo oqimini o‘tkazishga va burish momentini yaratishga 
mo‘ljallangan. Skvajinaning chuqurlashishi davomida stav (uzay-
tirgich) uzaytirilib, asboblarning skvajinada aylanayotgan staviga
shlang ulab, undan suv-havo aralashmasini pnevmozarbalagichning 
muftasi orqali skvajina tubiga ishlatish uchun yuboriladi.
Burg‘ilash uchun HKP-100MH burg‘i dastgohi kameraga o‘rna-
tiladi. Gorizontal va salgina qiya joylashadigan skvajinalarni HKP-
100MA dastgohi bilan burg‘ilash balandligi 2,2 m va kesimi 2,8x2,8 
m bo‘lgan kameradan olib boriladi. Tik skvajinalar burg‘ilashda 
kamera balandligi 2,5x2,9 m bo‘lishi kerak. Agar skvajina balandli-
gi katta bo‘lgan lahimda turib burg‘ilansa, kolonka gorizontal o‘rna-
tilishi mumkin. Ish boshlashdan oldin kameraning shift qismi va de-
vorlari turg‘unligini sinchiklab tekshirib chiqish kerak bo‘ladi, agar 
zarurat bo‘lsa, mustahkamlanganidan keyin ishga kirishiladi. Shun-
dan so‘ng kameraga elektr energiyasi, siqilgan havo quvuri va suv kel-
tiriladi. Burg‘ilash kamerasiga shamollatish uchun kamida 6 m
3
/min 
toza havo oqimini yuborib turish zarur. Skvajina burg‘ilashda hosil 


47
bo‘lgan shlamni kameradan ariqcha bilan yoki drenaj skvajinasi orqa-
li chiqarib yuboriladi. Eng muhimi, burg‘i shlarnining shtanga ichi-
ga va pnevmozarbalagich klapaniga kirib qolish ehtimolidan saqlash. 
Shtangalar toza stellajga tik holatda o‘rnatiladi. Asboblarni skvaji-
nadan ko‘tarishda maxsus «svechi» taglikka joylashtiriladi. Burg‘ilash 
asbobini almashtirgandan so‘ng, burg‘i snaryadi yana skvajinaga kiri-
tiladi. Shtanganing oxiri uzatuvchi patrongacha tushirilganidan so‘ng, 
snaryadni tushirish to‘xtatiladi va yangi «svechi» uzaytiriladi va yana 
skvajinaga tushiriladi. Mazkur operatsiya pnevmozarbalagich skvaji-
na tubiga yetgunicha qaytadan davom etadi.
Shtanga tushirilganidan so‘ng, muftaga burab kirgiziladi va 
agregatni ishga tushirib burg‘ilash ishini davom ettiriladi. HKP tu-
ridagi dastgohlarning texnikaviy xarakteristikasi 1.8-jadvalda kel-
tirilgan.
1.8-jadval
Ko‘rsatkichlari
Burg‘ilovchi dastgohlar turi
HKP-
100MA
HKP-
100MBA
HKP-
100МПА
HKP-
100МПВ
Burg‘ilanuvchi skvajina diametri, 
mm

105


Skvajinani burg‘ilash chuqurligi, m
50
80
50
80
Uzatish kuchi, kN
6
12
6
12
Uzatish yo‘li

0,365
0,365

Dvigatel turi
Elektrli 
4A100
Elektrli 
4A05
Pnevmatik 
ДАР-14М

Burg‘i dastgohining aylanish 
chastotasi, s
–1
1,3

2

Buruvchi momenti, N 

m

330


Shtanga uzunligi, m

1,2


Siqilgan havo sarfi, m
3
/min
9

15

Suv sarflanishi, 
l
/min

15–20


Dastgoh uzunligi, m

1,8
Dastgoh kengligi, m

0,7
Og‘irligi, kg
425
450
420
445
ЛПС-ЗА burg‘ilash stanogi diametri 150 mm va chuqurligi 35 m 
bo‘lgan skvajinalarni hamma yo‘nalishlarda burg‘ilaydi.


48

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə