V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. KONLARNI OCHIQ USULDA QAZIB



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.16-§. KONLARNI OCHIQ USULDA QAZIB 
OLISHDA QO‘LLANILADIGAN BOTIRILUVCHI 
PNEVMOZARBALOVCHI BURG‘I DASTGOHI
Ochiq usulda qazib olishda skvajinalarni burg‘ilashda botiriluv-
chi pnevmozarbalagichli burg‘ilash dastgohini qo‘llash qator afzal-
liklarga ega. Shulardan asosiylari quyidagilar:
Burg‘ilash jarayonida jinslarni yemirib maydalashda zarbalovchi 
mexanizm skvajina tubiga katta bosim talab qilmaydi, shu sababli as-
bobni aylantirish uchun zarur bo‘lgan moment ham katta emas, bu 
dastgoh og‘irligini kamroq bo‘lishi va skvajinani minimal qiyshayish 
bilan burg‘ilash imkonini beradi:
– zarbalovchi mexanizm oddiy, ishlashi ishonchli
– burg‘ilash tezligi skvajina chuqurligiga bog‘liq emas;
– burg‘ilash ishini nisbatan qimmat bo‘lmagan asbob bilan amal-
ga oshirish mumkin, xizmat ko‘rsatish qulay.
Zarbali aylanma burg‘ilovchi botiriladigan pnevmozarbalovchi 
dastgohning asosiy o‘lchamlari l.9-jadvalda berilgan.
1.9-jadval
Dastgoh 
turlari
Skvajina 
diametri, 
mm
Skvajinani 
burg‘ilash 
chuqurligi, 
m
Dastgoh 
massasi
Dastgoh
yuritkichi-
ning turi
Jinslarning qattiqlik 
koeffitsiyenti bo‘yicha 
qo‘llanish chegarasi
СБУ-125
100, 125
24
7
dizelli
10–16
СБУ-160
100
32
16
elektrda
12–68
СБУ-200
200
32
32
elektrda
12–18
Tarmoqda siqilgan havo bosimining ortishiga bog‘liq ravishda 
pnevmozarbalovchi bilan burg‘ilash tezligi ham o‘sib boradi, perfo-
ratorda burg‘ilashda ham shunday bo‘ladi. Demak, siqilgan havo qu-
vurida uning bosimi o‘sishi pnevmozarbalovchi mehnat unumdorligi-
ning o‘sishiga to‘g‘ri proporsional ta’sir etadi.
1.17-§. BOTIRILUVCHI PNEVMOZARBALOVCHI BURG‘I 
DASTGOHINING SARFLASH KO‘RSATKICHLARI
Burg‘ilash vaqtida quyidagilar yemiriladi: doloto, pnevmozarba-
lovchi va shtanga.
Sarflanadigan materiallar: siqilgan havo, suv, moylovchi materi
-
allar, elektr energiyasi.


49
Hal qiluvchi omil, bu dolotoning sarflanishi bo‘lib, u eksplua
-
tatsiya qilinayotgan aniq kondagi jinslarning fizikaviy-mexanikaviy 
va texnikaviy sharoitiga bog‘liq. Qattiq jinslarni burg‘ilaganda dolo-
todagi qattiq qotishmali plastina yoki shtiri sinishi mumkin. Bunday 
sharoitda ish unumdorligi kichik bo‘lsa ham, turg‘un mahkam mate-
rialdan yasalgan doloto qo‘llanilishi kerak yoki pnevmozarbalovchi-
ni almashtirish kerak. Pnevmozarbalovchining tashqi diametri, ya’ni 
silindri yuzasi yemiriladi. Silindr ichki tomonining yemirilishi dara-
jasini kamaytirish uchun dastgohga beriladigan suvning va shlang-
ning ichki yuzasi tozaligiga e’tibor berish tavsiya etiladi. Bulardan 
tashqari, gaz-suyuqlik separatori qo‘llaniladi. U suv-havo aralash-
masidan suvni va qattiq zarrachalarni quvur bo‘shlig‘idan tashqariga 
chiqarib tashlaydi. Shunday qilinganida zarbalovchining turg‘unligi 
10–15 % ko‘payadi. Pnevmozarbalovchining xizmat muddati 115–
130 mashina 

soat ishlashga yetadi. Sarflanadigan asosiy materiallar 
1.10-jadvalda keltirilgan.
1.10-jadval

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə